Ushbu taomni, ayniqsa, bahor fasliga xos bo‘lgan vitamin yetishmovchiligida iste’mol qilish tavsiya qilinadi.

Foto: Lifehacker

Buning uchun quyidagi mahsulotlar kerak bo‘ladi:

  • Gulkaram — xohishga qarab
  • Pishloq — 200 gr
  • Tuxum — 2-3 dona
  • Non bo‘laklari
  • Un — 130 gr
  • Tuz, murch — ta’bga ko‘ra
  • O‘simlik yog‘i — 2 osh qoshiq
  • Shivit

Tayyorlanish jarayoni:

  • Gulkaramni suvda qaynatib oling.
  • Pishganidan so‘ng go‘sht maydalagichdan chiqaring.
  • Gulkaramga tuxum, pishloq, tuz, murch, non bo‘lagi va ko‘katlarni qo‘shib aralashtiring.
  • Aralashmani kotlet shakliga keltiring.
  • Kotletlarni unga bulab, o‘simlik yog‘ida qovurib oling.
  • Mazkur taomni istalgan sous bilan bezash mumkin.

Yoqimli ishtaha!