Daryo

Iftorlikka qovurma manti tayyorlang

Tayyor mantilarni qatiq yoki suzma bilan dasturxonga tortish mumkin

1 daqiqa o‘qish68 978 ko‘rishlar0 izoh0
24EDA

Iftorlik dasturxonini tansiq taom bilan bezashni istagan, ammo nima pishirishga boshi qotganlar uchun qovurma manti retseptini havola etamiz.

Foto: “Chayxona.uz”
Quyidagi mahsulotlar kerak bo‘ladi:
  • Go‘sht — 500 gr
  • Piyoz— 300-400 gr
  • Tuz va ziravorlar —ta’bga qarab
Xamiriga:
  • Iliq suv — 1 piyola
  • Un — 500-600 gr
  • Tuz
Tayyorlanish jarayoni:
  • Xamir uchun kerakli mahsulotlarni qo‘shib xamir qoring, ustini yopib 1 soat tingani qo‘ying.
  • Piyoz va go‘shtni mayda to‘g‘​rab, tuz va murch qo‘shib aralashtiring.
  • Xamirni mantiga kerakli shaklda yoying.
  • Xamir bo‘laklarini go‘shtli aralashma bilan to‘ldiring.
  • Tovaga yog‘ solib qizdiring. Yog‘, mantilar tovaga solinganida ustini qoplashi kerak.
  • Yaxshilab qovurib olgach, ustini yopib past olovda dimlang.
  • Tayyor mantilarni qatiq yoki suzma bilan dasturxonga tortish mumkin.
Yoqimli ishtaha! Mavzuga doir:
Telegram kanal@daryo_lotinObuna bo‘lish

Siz qanday fikrdasiz?

Avval fikringizni yozing. Yuborishda hisobingizni tasdiqlaysiz.

O‘xshash yangiliklar