Daryo

Tovuq filesidan sosiska tayyorlaymiz

Uni o‘z qo‘lingiz bilan tayyorlasangiz yanada mazali tuyuladi

1 daqiqa o‘qish29 152 ko‘rishlar0 izoh0
Foto: Getty Images

Sosiska buterbrod, sendvich, shuningdek, garnirlar bilan qo‘shib yeyish uchun yaxshi variant hisoblanadi. Uni o‘z qo‘lingiz bilan tayyorlasangiz bormi, yanada mazali tuyuladi. E’tiboringizga tovuq filesidan tayyorlanadigan sosiska retseptini havola qilamiz.

Foto: Getty Images
Kerakli mahsulotlar:
  • Tovuq filesi — 600 gr
  • Sut — 250 ml
  • Xantal — 1 choy qoshiq
  • Sarimsoq piyoz
  • Tuz va ziravorlar —​ ta’bga ko‘ra​
Tayyorlanish jarayoni:
  1. Tovuq filesini go‘sht maydalagichdan chiqaring.
  2. Fileni sutga solib blender yordamida bo‘tqa holiga keltiring.
  3. Filega sarimsoq piyoz, xantal, tuz va ziravorlar qo‘shing.
  4. Folga qog‘ozni kerakli shaklda kesib, qiyma soling va o‘rang.
  5. O‘ralgan sosiskalar 180 darajada qizigan duxovkaga qo‘ying.
Sosiskani kartoshka, guruch yoki sabzavotlar bilan qo‘shib yeyish tavsiya qilinadi. Yoqimli ishtaha! Mavzuga doir:
Telegram kanal@daryo_lotinObuna bo‘lish

Siz qanday fikrdasiz?

Avval fikringizni yozing. Yuborishda hisobingizni tasdiqlaysiz.

O‘xshash yangiliklar