Issiq kunlarda yog‘li taomlar bilan qo‘shib tanovul qilishga ayrondan yaxshisi yo‘q. Ayniqsa, iftorlik vaqtida muzdekkina ayron ayni muddao.
Ayron tayyorlash uchun sizdan ko‘p narsa talab qilinmaydi. Shunchaki quyidagi uch mahsulot uyingizda bo‘lsa yetarli:
- qatiq — 2 piyola;
- gazsiz, mineral suv — 2 piyola;
- ta’bga ko‘ra tuz.
- Ayronni qancha ko‘p tayyorlamoqchi bo‘lsangiz, qatiq va suvni 1:1 qo‘shishga harakat qiling, ya’ni 3 piyola qatiqqa 3 piyola suv, 4 bo‘lsa 4, shu singari davom etaveradi.
- Qatiqni idishga solib, yaxshilab aralashtirib oling, quyqalari qolmasdan bir massaga kelsin.
- Mineral suv qo‘shing va aralashtirishda davom eting.
- Ta’bga ko‘ra tuz qo‘shishni unutmang, ayron sho‘rroq bo‘lsa, mazali bo‘ladi.
- Istagingizga qarab ayronga rayhon yoki ko‘katlar qo‘shishingiz mumkin.
- Aralashtirishda davom eting, qancha ko‘p aralashtirsangiz, shuncha mazali bo‘ladi.
- Tayyor ayronni muzlatkichga qo‘yib sovuting.
Mavzuga doir:
Izoh (0)