• Profilga Kirish
  • 1751972643_633.png 1751972643_245.png 1751959824_218.svg 1751959824_520.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12502.99
    • RUB155.94
    • EUR14484.71
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +24°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    O‘zbekiston

    Kuchli shamol Buxoro va Qashqadaryoda neft va gaz korxonalarining ishi to‘xtab qolishiga sabab bo‘ldi

    Buxoro, Navoiy va Qashqadaryo viloyatlari hududida 27-aprel kuni kechqurun kuzatilgan kuchli shamol va yog‘ingarchilik “O‘zbekneftgaz” kompaniyasi tizimidagi ishlab chiqarish korxonalari faoliyatiga ham salbiy ta’sir ko‘rsatdi. Bu haqda kompaniya tomonidan ma’lum qilindi.

    Foto: “O‘zbekneftgaz”

    Foto: “O‘zbekneftgaz”

    Xabar berilishicha, 27-aprel kuni soat 20:20 da kuchli shamol oqimi kelishi natijasida Qashqadaryo viloyatida joylashgan “Muborak neft va gaz qazib chiqarish boshqarmasi”ga qarashli “Alan” konining siquv kompressor stansiyasidagi ikkita gaz haydash agregati va “Ko‘kdumaloq” konining 2-yig‘ish joyidagi bitta gaz haydash agregati avariya holatida to‘xtab qolgan.

    Shu kuni soat 21:55 da “Ko‘kdumaloq” konining 2-yig‘ish joyidagi gaz haydash agregati, soat 22:00 da esa “Alan” konining siquv kompressor stansiyasidagi to‘xtab qolgan ikkita gaz haydash agregatining biri ishga tushirildi. 28-aprel kuni soat 01:45 da esa “Alan” konidagi to‘xtab qolgan ikkinchi gaz haydash agregatining faoliyati ham qayta tiklandi.

    Buxoro viloyatida joylashgan “Gazli neft va gaz qazib chiqarish boshqarmasi”ga qarashli “Uchqir” gazni oltingugurtdan tozalash qurilmasining beshta texnologik tarmog‘i va “Uchqir” qurilmasiga yuqori bosimli bug‘ yetkazib beruvchi qozonxonadagi beshta qozon 27-aprel kuni soat 20:35 da avariya holatida to‘xtab qolgan.

    Ma’lum qilinishicha, hozirga qadar elektr ta’minotidagi uzilishlar sababli “Gazli neft va gaz qazib chiqarish boshqarmasi”ga qarashli qurilmalar faoliyati tiklangani yo‘q.

    Shuningdek, 27-aprel soat 21:37 da “Sho‘rtan neft va gaz qazib chiqarish boshqarmasi”ga qarashli stansiyalarda sakkizta gaz haydash agregati ishlashdan to‘xtagan. 28-aprel kuni soat 03:50 ga qadar “Sho‘rtan neft va gaz qazib chiqarish boshqarmasi”ga qarashli barcha texnologik qurilmalarning ish faoliyati qayta tiklangan va ular bir maromda ishlamoqda.

    Ta’kidlanishicha, “O‘zbekiston milliy elektr tarmoqlari” kompaniyasi tasarrufidagi filial hamda yuqori kuchlanishli podstansiyalarda xizmat vazifasini olib boruvchi mutaxassislar bilan hamkorlikda elektr ta’minotini tiklash hamda kuchli shamol oqibatida yetkazilgan zarar oqibatlarini bartaraf etish ishlari olib borilmoqda.

    Eslatib o‘tamiz, Buxoroda yuz bergan kuchli shamol oqibatida bir kishi halok bo‘ldi, 41 kishi jarohatlandi. Kuchli shamoldan so‘ng Buxoro, Navoiy, Sirdaryo va Samarqanddagi salkam 140 ming xonadon gazsiz qoldi. Buxoro kuchli shamoldan so‘ng elektr ta’minotida eng katta talafot ko‘rgan hudud bo‘lib turibdi. Bosh prokuratura Buxorodagi kuchli shamol oqibatlari bo‘yicha tergovga qadar tekshiruv o‘tkazmoqda.

    O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Buxoroda yuz bergan kuchli shamol oqibatlarini ko‘zdan kechirish uchun viloyatga tashrif buyurdi hamda Olot va Qorako‘lda tabiiy ofat oqibatlarini ko‘zdan kechirdi.

    Ma’lum bo‘lishicha, 27-aprel shamolidan so‘ng Qorako‘l va Olot tumanlari bilan aloqa uzilib qolgan. Internetda traktor tirkamasida Buxoro shahri tomon ketayotgan qorako‘lliklar videosi paydo bo‘ldi. Favqulodda vaziyatlar vazirligi mazkur videoga izoh berdi. Unga ko‘ra, Qorako‘l va Olotda toshqin haqida asossiz mish-mish tarqalgan.

    Bundan tashqari, Buxoroda kuchli shamoldan so‘ng 415 ta avtomobilga jiddiy zarar yetgani ma’lum qilindi.

    Mavzuga doir: “Avval ustiga daraxt ag‘darilgan, so‘ng bo‘yniga elektr simi o‘ralashib qolgan”. Buxoroda kuchli shamol qurboniga aylangan fuqaro o‘limining tafsilotlari ma’lum qilindi

    28.04.2020, 19:08   Izoh (0)   47232
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    Buxoro hokimligi toshqin va evakuatsiya haqidagi xabarlarni asossiz va yolg‘on deb atadi

    28.04.2020, 18:55

    FVV: Qorako‘l va Olotda toshqin haqida asossiz mish-mish tarqalgan. Aholi yashash joylariga qaytarilmoqda

    28.04.2020, 18:30

    Koronavirusga chalingan qashqadaryolik birinchi bemor ham sog‘aydi

    28.04.2020, 18:09

    Shavkat Mirziyoyev Olot va Qorako‘lda tabiiy ofat oqibatlarini ko‘zdan kechirdi. Olotda Prezident ishtirokida uchrashuv o‘tkazilmoqda

    28.04.2020, 18:04

    Internetda traktor tirkamasida ketayotgan qorako‘lliklar videosi paydo bo‘ldi

    28.04.2020, 17:47

    Toshkentda koronavirusga chalingan 2 nafar chaqaloq tuzaldi. O‘zbekistonda tuzalganlar soni 958 kishiga yetdi

    28.04.2020, 17:38
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    Chery O‘zbekistonda sotuvlar bo‘yicha mutlaq rekord o‘rnatmoqda


    BYD SEALION 7: Flagman elektr SUV — shahar ko‘chalarida yangi yetakchi 


    Avgust sovg‘alari: Centrum Air 155 ta aviachiptani tortiq qiladi!


    Ellipse International School – farzandingiz kelajagi boshlanadigan joy!


    Toshkent Farmatsevtika Instituti — Farmatsiya sohasida xalqaro darajadagi sifatli ta’lim


    STEM va biznes yo‘nalishidagi qizlar uchun TBC Bank’dan ta’lim grantlari — O‘zbekistonda gender tafovutini kamaytirish yo‘lida yangi qadam


    30-iyul kuni Toshkentda BYD innovatsion mobil moduli o‘z faoliyatini boshladi


    Hayot Bank “Yashil yurak” nomli keng ko‘lamli ekologik tashabbusni e’lon qildi. Avgust oyidan boshlab O‘zbekiston bo‘ylab Hayot Bankning har bir yangi omonatchisi uchun bitta daraxt ekiladi


    BYD rasmiy dileri Beni Motors Samarqandda BYD Sealion 7 flagman krossoverini taqdim qildi


    ZARMED Universiteti: 200 ta grant sizni kutmoqda


    Oliy ta’lim yetakchilari Toshkentda birinchi QS Eurasia Forum’da birlashadi


    AVO bank aloqa markazi: innovatsiyalar va yangi xizmat darajasi 


    BI Group biznes-toifa xonadon yutuqli o‘yini:Toshkentdagi mavsumning asosiy tadbiri qanday o‘tdi


    Avvallari xufiyona iqtisodiyotda faoliyat yuritgan eshitish va gapirishda muammosi bor insonlar endi rasmiy sektorga qo’shilib, Poytaxt Parking jamoasining bir qismiga aylandi


    Aqlli diversifikatsiya: nima uchun kerak va kapitalni qanday taqsimlash lozim?

     

    Tavsiya etamiz

    Pora, neft va terrorchilik: nega Qatar amiri shov-shuvlar markazidan tushmayapti?

    5 avgust, 11:20

    Trampning Falastinga nisbatan noxolis siyosati: AQSH YUNESKO a’zoligidan nega chiqyapti?

    2 avgust, 18:35

    Kamchatkadagi hodisa yagona emas: so‘nggi 120 yilda ro‘y bergan eng kuchli megazilzilalar

    1 avgust, 18:20

    Tramp uchun xavotirlar: AQSH prezidenti taniqli shaxslarga yosh qizlarni sotgan Jeffri Epshteynning mijozi bo‘lganmi?

    29 iyul, 17:19
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Sun’iy intellekt tahdid yoki moliyaviy rag‘batdan keyin batafsilroq javob berishi aniqlandi

    Dunyo | 7 avgust, 00:15

    Iyunda O‘zbekiston dunyo bo‘yicha eng ko‘p oltin xarid qildi

    O‘zbekiston | 6 avgust, 23:59

    Efiopiyada birinchi marta odam savdogarlari o‘lim jazosiga hukm qilindi

    Dunyo | 6 avgust, 23:55

    Superliga. 6 ta gol kiritilgan bahsda “Dinamo” kambek amalga oshirib, “Mash’al”ni mag‘lub etdi

    Sport | 6 avgust, 23:51

    Xitoyda komadagi qiz universitetga qabul qilinganligi haqidagi xabarni eshitgach, o‘ziga keldi

    Dunyo | 6 avgust, 23:41

    Zelenskiy Tramp bilan tinchlik istiqbollarini muhokama qildi

    Dunyo | 6 avgust, 23:27

    Isroil bosh vaziri G‘azo sektoridagi operatsiya tufayli Bosh shtab rahbari bilan kelishmovchilikka bordi

    Dunyo | 6 avgust, 23:20

    Dunyo bo‘ylab plyajlar yo‘qolib ketish xavfi ostida — FT

    Dunyo | 6 avgust, 23:10
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.