Daryo

Buxoroda 27-aprel shamolidan so‘ng Qorako‘l va Olot tumanlari bilan aloqa uzilib qolgan

Ijtimoiy tarmoqlarda Qorako‘l tumanida aloqani ta’minlovchi teleminora qulagani aks etgan fotosuratlar tarqalgan edi

1 daqiqa o‘qish88 062 ko‘rishlar0 izoh0

Davomi: Shavkat Mirziyoyev Olot va Qorako‘lda tabiiy ofat oqibatlarini ko‘zdan kechirdi. Olotda Prezident ishtirokida uchrashuv o‘tkazilmoqda

Buxoro viloyatining Qorako‘l va Olot tumanlari bilan 27-aprel oqshomida kuzatilgan kuchli shamoldan so‘ng aloqa uzilib qolgan. Bu haqda Bosh prokuratura matbuot xizmati “Daryo”ga ma’lum qildi. “Qorako‘l va Olot tumani bilan aloqa uzilib qolganligi sababli tegishli xizmatlardan iborat guruh shakllantirilib, hodisa joyini o‘rganish va uning oqibatlarini bartaraf etish uchun yuborilgan”, — deyiladi Bosh prokuratura axborotida.

Qorako‘l tumanida bo‘lib turgan Feruz Muhammad aloqaga chiqdi.

Avvalroq 27-aprel oqshomida kuzatilgan kuchli shamoldan so‘ng Buxoro viloyatida elektr ta’minotida uzilishlar yuz bergani haqida xabar berilgan edi. Ijtimoiy tarmoqlarda Qorako‘l tumanida aloqani ta’minlovchi teleminora qulagani aks etgan fotosuratlar tarqalgan edi.

Mavzuga doir: “Avval ustiga daraxt ag‘darilgan, so‘ng bo‘yniga elektr simi o‘ralashib qolgan”. Buxoroda kuchli shamol qurboniga aylangan fuqaro o‘limining tafsilotlari ma’lum qilindi

Telegram kanal@daryoObuna bo‘lish

Siz qanday fikrdasiz?

Avval fikringizni yozing. Yuborishda hisobingizni tasdiqlaysiz.

O‘xshash yangiliklar