Daryo

Buxoroda kuchli shamol oqibatida tan jarohati olganlar soni 41 nafarga yetdi

“Shundan, 32 nafariga yengil, 7 nafariga o‘rta va 1 nafar fuqaroga og‘ir tan jarohati yetdi”, — deyiladi Buxoro viloyati hokimligi axborotida

1 daqiqa o‘qish110 700 ko‘rishlar0 izoh0

Buxoro viloyati Sog‘liqni saqlash boshqarmasining bergan ma’lumotiga ko‘ra, 28-aprelga o‘tar kechasi kuzatilgan kuchli shamol oqibatida 41 nafar fuqaroga tan jarohati yetgan.

“Shundan, 32 nafariga yengil, 7 nafariga o‘rta va 1 nafar fuqaroga og‘ir tan jarohati yetdi”, — deyiladi Buxoro viloyati hokimligi axborotida.

Yengil va og‘ir tan jarohati yetgan 8 nafar fuqaro tibbiyot muassasasiga yotqizilgan. 32 nafariga birinchi tibbiy yordam ko‘rsatilib, uyga javob berildi.

Viloyat Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi boshlig‘i o‘rinbosari Dilmurod Yangiyevning “Daryo”ga ma’lum qilishicha, tan jarohati olgan fuqarolarning 50 foizi Buxoro shahridan, 20—25 foizi Olot va Qorako‘l tumanlaridan.

Avvalroq jabrlanuvchilardan biri vafot etgani haqida xabar berilgan edi.

Toshkentdanman. Nizomiy nomidagi O‘zbekiston Milliy pedagogika universiteti Chet tillar fakultetini tamomlaganman. “Daryo”da 2019-yildan beri Mahalliy xabarlar bo‘limida muharrir lavozimida ishlayman va O‘zbekistonda ro‘y berayotgan voqealarni kuzatib, yoritib boraman. Tavsiyalarga ko‘ra kino va filmlar ko‘raman. Kitoblardan Charlz Dikkensning “Devid Kopperfild” romanini aynisa qiziqish bilan o‘qiganman.

Telegram kanal@daryoObuna bo‘lish

Siz qanday fikrdasiz?

Avval fikringizni yozing. Yuborishda hisobingizni tasdiqlaysiz.

O‘xshash yangiliklar