AQShning Nyu-York shtatida yashovchi ayol karantin tufayli uydan ishlamoqda. U har kuni uyida yangi oqshom libosini kiyib ishlaydi, uy ishlarini qiladi va sport bilan shug‘ullanadi. Ayolning ushbu harakatlari Metro nashri e’tiborini tortdi.
32 yoshli Lyusi Rojers odatiy yumushlarni to‘y va bayramona ko‘ylaklar kiyib bajarib, Instagram’ga surat joylaydi.
Masalan, suratlardan birida u uzun qora ko‘ylakda divanda ishlab o‘tirganini ko‘rish mumkin. Ikkinchi suratda u vannaxonada katta bantli ko‘k ko‘ylakda ko‘rinish bergan. Boshqa suratda u gulli ko‘ylakda sport bilan shug‘ullanmoqda.
Amerikalik ayol izolyatsiya vaqtida zerikmaslik uchun ijtimoiy tarmoqda akkaunt ochganini aytgan.
Uning so‘zlariga ko‘ra, ko‘ylaklarni ijaraga olib kiyadi hamda har kuni folloverlari bilan yangi suratlarini bo‘lishadi.
“Menga shoshilinch tibbiy yordam bo‘limida ishlaydigan insonlar har kuni ko‘ylaklarimni ko‘rish uchun Instagram’ga kirishlarini aytib, xat yozishdi”,— deydi Rojers.
Izoh (0)