Turkiyaning Qirqlareli provinsiyasida yashovchi 37 yoshli erkak 6-aprel kuni tana haroratining ko‘tarilishidan shikoyat qilib, xususiy kasalxonalardan biriga yotqizilgan edi, deb xabar berdi “Anadolu” agentligi.
Shifoxonada zarur muolajalarni olgan bemor besh kundan so‘ng koronavirusga test topshirgan. Test natijalari ijobiy chiqqan. Shundan so‘ng bemorga uyiga javob berilgan. Xursang bo‘lgan erkak shifoxonani tark etayotganida tibbiyot xodimlari bilan birga pingvin raqsini ijro etdi.
Izoh (0)