• Profilga Kirish
  • 1751972643_633.png 1751972643_245.png 1751959824_218.svg 1751959824_520.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12653.48
    • RUB159.75
    • EUR14871.64
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +40°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    O‘zbekiston

    Hukumat a’zolari YeOII bilan hamkorlik masalalari bo‘yicha deputatlarning savollariga javob qaytardi

    Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputatlari 10-aprel kuni o‘tkazilgan “Hukumat soati”da hukumat a’zolaridan O‘zbekistonning Yevrosiyo iqtisodiy ittifoqi bilan hamkorligiga oid masala yuzasidan o‘zlarini va jamoatchilikni qiziqtirgan savollarga javob oldi. Bu haqda parlament Qonunchilik palatasi matbuot xizmati xabar qildi.

    Foto: Parlament Qonunchilik palatasi matbuot xizmati

    Foto: Parlament Qonunchilik palatasi matbuot xizmati

    O‘zbekiston Respublikasi bosh vazirining o‘rinbosari — investitsiyalar va tashqi savdo vaziri S.Umurzoqov, moliya vaziri T.Ishmetov, bosh vazir maslahatchisi K.Rashidov va Vazirlar Mahkamasining bir qancha mas’ul xodimlari, boshqa bir qancha vazirliklar, tashkilotlar va muassasalar mas’ul xodimlari, mutaxassislar va ekspertlar masofadan ishtirok etgan “Hukumat soati”da YeOII bilan integratsiyalashuv jarayoni kechgan taqdirda tashqi savdo, bojxona-tarif tizimini tartibga solish, budjet, bank va moliya sohasi, bandlik, ta’lim, tibbiyot, makroiqtisodiy barqarorlikni ta’minlash masalalarida qanday ijobiy yoki salbiy o‘zgarishlar ro‘y berishi masalalariga to‘xtab o‘tilgan.

    Xususan, “Milliy tiklanish” DP fraksiyasi rahbari A.Qodirovning YeOII bilan munosabatlar ittifoqqa a’zo bo‘lmagan – Tojikiston va Turkmaniston bilan iqtisodiy va siyosiy munosabatlarimizga qanday ta’sir qilishi tahlil qilinganmi, degan savoliga bosh vaziri o‘rinbosari, investitsiyalar va tashqi savdo vaziri S.Umurzoqov quyidagicha javob qaytardi:

    Foto: Parlament Qonunchilik palatasi matbuot xizmati

    Foto: Parlament Qonunchilik palatasi matbuot xizmati

    “Ta’kidlash joiz, ushbu ikki qo‘shni mamlakat bilan amaldagi ikki tomonlama va Mustaqil Davlatlar Hamdo‘stligi doirasidagi keng qamrovli kelishuvlar doirasida hamkorlik olib borilmoqda. Iqtisodiy, siyosiy munosabatlarimiz rivojlanishida tizimli ishlarning davom ettirilishi, albatta, biz uchun ustuvor yo‘nalishlardan biridir. Shu o‘rinda alohida aytib o‘tish lozim, masalan, Tojikiston 2015-yildan beri YeOII integratsiyalashuv masalasini o‘rganib kelmoqda. Shu bilan bir paytda Tojikiston YeOII davlatlari tomonidan tashkil etilgan Yevrosiyo taraqqiyot banki bilan faol hamkorlik qilib keladi. Turkmaniston bilan ham biz juda yaqin savdo-iqtisodiy, investitsiyaviy, umuman, har tomonlama munosabatlarni davom ettirishga harakat qilyapmiz. Turkmaniston tomonidan ham hozirgi paytda dunyoda tarkib topayotgan integratsion tashkilotlar bilan turli ko‘rinishdagi hamkorlikni rivojlantirishga qaratilgan harakatlar olib borilayotganini ta’kidlash lozim. Ana shu omillarni inbatga olib, YeOII bilan hamkorlik qilmoqchi bo‘lgan yo‘nalishimiz bo‘yicha rejalarimiz mazkur davlatlar bilan munosabatlarimizga keskin salbiy ta’sir ko‘rsatmasligiga ishonamiz”, — dedi Umurzoqov.

    Shuningdek, “Hukumat soati”da Iqtisodiyot tarmoqlari va sohalari rivojlanishiga oid vazirliklar, davlat qo‘mitalari, tashkilotlar, yetakchi ilmiy-tadqiqot muassasalari va mahalliy ekspertlar tomonidan olib borilayotgan ishlar, ko‘rilayotgan chora-tadbirlar va bildirilgan taklif va xulosalar muhokama qilindi.

    Bundan tashqari, YeOII bilan hamkorlikning chuqurlashish darajasini hisobga olgan holda iqtisodiyotning yirik tarmoqlari, jumladan, tashqi raqobatdan nisbatan himoyalangan sanoat tarmoqlarining o‘rta va uzoq muddatda rivojlanish ssenariylari va ularning oqibatlarini baholashga oid hukumat vakillari tomonidan amalga oshirilgan tahlillar natijalariga e’tibor qaratildi. Siyosiy partiyalar fraksiyalari va qo‘mitalar a’zolari tomonidan ijtimoiy tarmoqlarda YeOII bilan hamkorlik masalasi bo‘yicha aholi (elektorat) bilan doimiy muloqotlar olib borilayotgani hamda aholining ushbu masalalarga qiziqishi ortib borayotgani aytib o‘tildi.

    Muhokamalardan so‘ng O‘zbekiston Respublikasi bosh vazirining investitsiyalar va tashqi iqtisodiy aloqalar masalalari bo‘yicha o‘rinbosari S.Umurzoqov hamda moliya vaziri T.Ishmetovning deputatlarning savollariga javoblari ma’lumot uchun qabul qilindi hamda O‘zbekistonning Yevrosiyo iqtisodiy ittifoqi bilan integratsiyalashuvning tashqi savdo, bojxona-tarif tizimini tartibga solish, budjetga ta’sirini chuqur tahlil qilish, hamkorlikning bank va moliya sohasi, makroiqtisodiy barqarorlikni ta’minlash, iqtisodiyot tarmoqlarini yanada rivojlanishi istiqbollarini har tomonlama o‘rganish, shuningdek, ushbu masala bo‘yicha ilg‘or xorijiy ekspertlar va mutaxassislarning asoslantirilgan xulosalarini umumlashtirish vazifalari yuklatildi.

    Majlisda deputatlarning faol ishtirokida Oliy Majlis Qonunchilik palatasida O‘zbekistonning Yevrosiyo iqtisodiy ittifoqi bilan hamkorligiga oid masala yuzasidan bahslar, muhokamalarni davom ettirish qayd etildi. Yaqin kunlarda ushbu masala bo‘yicha parlament quyi palatasida “Parlament eshituvi”ni o‘tkazish ham rejalashtirilgan, deyilgan xabarda.

    Avval O‘zbekiston Senati YeOII bilan hamkorlik masalasini o‘rganishga kirishgani, “Adolat” SDP fraksiyasi maxsus ishchi guruhi O‘zbekistonning YeOIIga a’zo bo‘lishining ijobiy va salbiy jihatlari haqidagi dastlabki xulosalarida ittifoqqa kirishdan mamlakatimiz sanoati 2 milliard dollar yo‘qotishini taxmin qilgani,  “Milliy tiklanish” demokratik partiyasi fraksiyasi a’zosi Jahongir Abdurasulov O‘zbekistonning Yevrosiyo iqtisodiy ittifoqi bilan hamkorlik qilish masalasida o‘z fikrlarini bildirgani hamda ittifoqqa a’zo bo‘lish tarafdorlari taqdim qilgan chalg‘ituvchi raqamlardan ehtiyot bo‘lish kerakligini bildirgani haqida xabarlar berilgan.

    Mavzuga doir: 

    • Shavkat Mirziyoyev — Yevrosiyo iqtisodiy ittifoqi bilan hamkorlik haqida: “Xalq vakillari nima desa shu bo‘ladi”
    • O‘zbekiston YeOIIga kuzatuvchi-davlat maqomida qo‘shiladi
    • Abdulla Aripov O‘zbekistonning YeOIIga a’zo bo‘lishi ehtimoli yuzasidan fikr bildirdi
    • Rossiyadagi o‘zbek muhojirlari yuristi: “YeOIIga qo‘shilish o‘zbekistonliklar uchun ko‘proq salbiy tarafdan kuchli ta’sir qiladi”

    11.04.2020, 07:45   Izoh (0)   47088
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    Buxoroda transportdan foydalanish huquqini beruvchi maxsus ruxsatnomani qalbakilashtirgan haydovchiga jinoyat ishi qo‘zg‘atildi

    11.04.2020, 07:03

    O‘zbekistonda karantin vaqti donorlar soni kamayib ketgani sababli harbiy xizmatchilar og‘ir bemorlar uchun qon topshirdi

    10.04.2020, 23:07

    Toshkentda yog‘gan qor qariyb 7 mingta daraxtga zarar yetkazdi (foto)

    10.04.2020, 22:37

    Koronavirus bo‘yicha maxsus komissiyaning qarorlari nima uchun to‘liq e’lon qilinmayapti? Adliya vazirligi izoh berdi

    10.04.2020, 22:13

    Qarshidagi “Vatanparvarlar” bog‘i xodimlarining oylik-maoshi to‘lab berildi

    10.04.2020, 22:06

    Komil Allamjonov OAV va blogerlarga soliq imtiyozlari berishni taklif qildi

    10.04.2020, 21:57
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    Navoiy innovatsiyalar universiteti 2 milliard so‘mlik grant dasturini e’lon qildi 


    Visa Kapitalbank bilan Xitoyga: WeChat Pay va Alipay orqali naqd pulsiz to‘lovlar – erkin, oson va xavfsiz


    “Biznesni rivojlantirish banki” BMT Taraqqiyot Dasturi bilan hamkorlik qiladi


    “Euromoney” talqinida “O‘zsanoatqurilishbank” O‘zbekistonning eng yaxshi banki deb e’tirof etildi


    “O‘zbekinvest” sug‘urta kompaniyasi 2025-yilning I yarim yilligi yakunlarini eʼlon qildi


    OKMKda yangi sulfat kislota sexi qurilmoqda


    Mobiuz — 8 milliondan ortiq abonentlar tanlovi 


    Biznes va tadbirkorlik oliy maktabi magistratura dasturlariga qabul jarayonlari davom etayotganini ma’lum qiladi


    “Biznesni rivojlantirish banki” 2025 yilda 138 mingdan ortiq fuqaro bandligini ta’minladi


    Sug‘urta sohasidagi uzoq kutilgan islohotlar: manfaatlar qonun himoyasida 


    Yandex Music’da jazirama kayfiyat uchun maxsus “Chilla” bo‘limi paydo bo‘ldi


    Kia Sonet va ADM Global: O‘zbekiston avtomobil klasterini mahalliylashtirilishiga qariyb 260 mln AQSH dollari miqdorida sarmoya


    O‘zbekistonda tibbiy sug‘urta nima uchun zarur: shifokor qarashi va Neo Insurance tajribasi


    Mirzo Ulug‘bek tumanida joylashgan yirik ko‘chmas mulk auksionga qo‘yildi


    Vaqt sinovidan o‘tgan tarmoq: 33-yillik faoliyat, 12 million foydalanuvchi tanlovi va mobil aloqaning yangi arxitekturasi

     

    Tavsiya etamiz

    Audio Icon

    Andijoncha hotamtoylik: “Dunyo sadolari”ga sarflanayotgan milliardlar va shubhali shartnomalar

    24 iyul, 21:25

    “Rossiya allaqachon katta og‘alik maqomini yo‘qotib bo‘ldi”. Ukraina urushi postsovet hududida nimalarni o‘zgartirdi?

    24 iyul, 15:15

    Nildan Frot daryosigacha: maxfiylikdan tobora reallikka aylanib borayotgan “Katta Isroil” konsepsiyasi

    22 iyul, 12:22

    KGB soxtalashtirgan jinoyat – SSSR parchalanishi arafasida o‘lim jazosi berilgan qariya kim edi?

    21 iyul, 21:06
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Studiyada jihozlash ishlari olib borilgan — Navoiydagi zaharli tutun haqidagi reportajdan keyin jonli efirlar to‘xtab qolganiga izoh berildi

    O‘zbekiston | 26 iyul, 15:01

    “Britaniya o‘t ochish to‘xtatilgandan so‘ng Falastin davlatini tan olishi mumkin” — Starmer

    Dunyo | 26 iyul, 14:51

    Qayiq ustida raqsga tushgan indoneziyalik bola internet yulduzga aylandi (video)

    Layfstayl | 26 iyul, 14:30

    Sudyalar oliy kengashi qarori bilan 27 nafar nomzod ilk bor sudyalik lavozimiga tayinlandi

    O‘zbekiston | 26 iyul, 14:21

    Tadbirkorning taklifi yoki buyurtma asosida bosh rejaga o‘zgartirish kiritilmaydi — Qurilish vazirligi

    O‘zbekiston | 26 iyul, 13:39

    “Real” Vinisius o‘rniga to‘purar hujumchi olib keladi — Cadena Ser

    Sport | 26 iyul, 13:35

    Issiqda ehtiyotkorlik bilan iching: qahva yozda organizmga qanday ta’sir qiladi?

    Layfstayl | 26 iyul, 13:25
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.