• Profilga Kirish
  • 1751972643_633.png 1751972643_245.png 1751959824_218.svg 1751959824_520.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12581.97
    • RUB157.75
    • EUR14698.26
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +24°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    O‘zbekiston

    Toshkentda yog‘gan qor qariyb 7 mingta daraxtga zarar yetkazdi (foto)

    Toshkent shahrida 8-aprel, chorshanba kuni, kuzatilgan kuchli shamol va qor 6968 ta daraxtga zarar yetkazdi. Bu haqda shahar Obodonlashtirish boshqarmasiga tayanib, “Gazeta.uz” xabar berdi.

    Foto: “Daryo”/Madina Nurman

    Ma’lum qilinishicha, shahar bo‘ylab 745 ta daraxt ildizi bilan qulagan bo‘lsa, 6223 ta daraxtning shoxlari singan.

    Eng ko‘p shikastlangan daraxtlar Yunusobod tumanida aniqlangan. Tumandagi 2504 ta daraxtning shoxlari singan, 244 ta daraxt qulab tushgan. Mirzo Ulug‘bek tumanida 763 ta, Yashnobod tumanida 633 ta, Olmazor tumanida 560 ta, Chilonzor, Uchtepa, Shayxontohur va Mirobod tumanlarida 400 tadan ortiq daraxt zarar ko‘rgan. Bektemir tumanida 68 ta, Yakkasaroyda 118 ta va Sergeli tumanida 252 ta daraxtga zarar yetgan.

    Tozalash ishlari hozircha faqat magistral yo‘llarda davom etmoqda, mahallalarda tozalash endi boshlanadi. Karantin sababli Toshkent viloyatida istiqomat qiladigan xodimlarning poytaxtga kira olmasligi sababli 10 ming nafar ishchidan faqat 70 foizi tozalash ishlariga jalb qilingan.

    8—9-aprel kunlari mahallalarda va 8-aprel kuni magistral yo‘llarda shikastlangan daraxtlar haqida ma’lumot.

    8—9-aprel kunlari mahallalarda va 8-aprel kuni magistral yo‘llarda shikastlangan daraxtlar haqida ma’lumot.
    Manba: Toshkent shahar ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish boshqarmasi va Obodonlashtirish boshqarmasi

    Bundan tashqari, boshqarma avtotransport harakatlanishiga qo‘yilgan cheklovlar sababli qiyinchiliklarga duch kelmoqda. Kommunal xizmat ko‘rsatuvchi tashkilotlar maxsus xizmat avtotransportidan foydalanishi mumkin, lekin xodimlarning shaxsiy avtomobillari harakatlanishiga ruxsat berilmagan.

    Toshkent shahar ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish boshqarmasi inspektorlari ham shu kabi qiyinchiliklarga duch kelmoqda. Ma’lum qilinishicha, Boshqarma hozirda to‘liq rejimda faoliyat olib bormayapti.

    Boshqarma boshlig‘i Nodir Yunusovning ma’lum qilishicha, ko‘plab xodimlar uydan turib ishlamoqda. Shahar bo‘yicha 59 ta inspektordan 37 tasi hozir ish faoliyatini davom ettirmoqda, lekin avtotransportlarda harakatlanishga ruxsat berilmaganligi bois qiyinchiliklar yuzaga kelmoqda.

    Uning so‘zlariga ko‘ra, inspektorlar fuqarolar murojaatlari bo‘yicha joylarga yetib borishga harakat qilmoqda, ba’zi hollarda piyoda borishga to‘g‘ri kelmoqda. Fuqarolar @EcoControl_bot Telegram boti orqali o‘z murojaatlarini yuborishlari mumkin. Tadbirkorlar uchun esa “e-ekologiya.uz” tizimi ishga tushirilgan.

    Nodir Yunusovning ma’lum qilishicha, singan daraxt shoxlari va qulagan daraxtlar obodonlashtirish boshqarmasida yig‘iladi. Hisobot tuzilgach, daraxtlar boshqarma balansiga o‘tkaziladi.

    Foto: Toshkent shahar ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish boshqarmasi

    Foto: Toshkent shahar ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish boshqarmasi

    Foto: Yunusobod tuman hokimligi

    Foto: Toshkent shahar hokimligi

    Foto: Mirobod tuman hokimligi

    Foto: Yunusobod tuman hokimligi

    Avvalroq 8-apreldan 9-aprel kuniga o‘tar kechasi kuchli qor yog‘ishi Toshkent shahrining 5 ta tumanida ichimlik suvining vaqtincha uzilishiga sabab bo‘lgani hamda O‘zbekistonda kuchli shamol oqibatida kamida 63 ming xonadon elektr ta’minotisiz qolgani haqida xabar berilgan edi.

    Mavzuga doir:

    • O‘zbekistonda 12—14-aprel kunlari shiddatli shamol esib, kuchli yomg‘ir yog‘ishi kutilmoqda
    • O‘zbekistonda aprel oyida qanday ob-havo kuzatiladi? O‘zgidromet javob berdi
    • Foto: Aprel qori Toshkent ko‘chalarini qulagan daraxtlarga to‘ldirdi

    10.04.2020, 22:37   Izoh (0)   45517
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    Koronavirus bo‘yicha maxsus komissiyaning qarorlari nima uchun to‘liq e’lon qilinmayapti? Adliya vazirligi izoh berdi

    10.04.2020, 22:13

    Qarshidagi “Vatanparvarlar” bog‘i xodimlarining oylik-maoshi to‘lab berildi

    10.04.2020, 22:06

    Komil Allamjonov OAV va blogerlarga soliq imtiyozlari berishni taklif qildi

    10.04.2020, 21:57

    Shavkat Mirziyoyev: “Xavf hali o‘tib ketgani yo‘q. Hali oldinda juda katta sinovlar kutmoqda”

    10.04.2020, 21:50

    Shavkat Mirziyoyev Turkiy kengash sammitida epidemiologik holatni prognozlash bo‘yicha doimiy faoliyat yurituvchi tizim yaratishni taklif etdi

    10.04.2020, 21:39

    Shavkat Mirziyoyev Turkiy kengashning navbatdan tashqari sammitida ishtirok etdi. Tadbir videoanjuman tarzida o‘tkazildi

    10.04.2020, 21:18
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    Onix 100 million so‘m keshbek aksiyasini qayta yo‘lga qo‘ydi 


    Yengillik kuch bilan birlashganda: 2025-yilning talabalar uchun mo‘ljallangan to‘rtta ASUS noutbuki 


    HONOR talabalarni qo‘llab-quvvatlovchi aksiyani e’lon qildi 


    Way II kompaniyasidan ikkinchi dividend to‘lov


    “Bog‘ibaland”da anjir sayli: Samarqandda milliy meva bayrami bo‘lib o‘tdi 


    IMZOning Engelberg premium derazalari Niderlandiyaga eksport qilindi


    Uzbekistan Airways bilan Istanbulga foydali parvoz qiling!


    Central Asian University xalqaro Vasiylik kengashi tashkil etilganini e’lon qiladi 


    Suvchilar maktabi — Prezident tashabbusining amaliy natijasi


    Namangan, Farg‘ona va Andijon Pepsi Music Fest quvvati bilan birlashdi!


    #BirBirimizga: O‘zbekistondagi e’lonlar xizmati qanday qilib har bir narsaga ikkinchi umr beruvchi kampaniyani ishga tushirdi


    “Yangi O‘zbekiston” bog‘i yo‘llari yopilgani haqidagi xabarlar asossiz 


    Way II kompaniyasi o‘z investorlariga dividend to‘lovlarini amalga oshirdi


    “Omad mavsumi” UZCARD bilan: uch bosqich, uchta sayohat va bosh sovrin — elektromobil 


    APEX BANKdan biznes uchun individual xizmat ko‘rsatish — bu qulaylik bilan biznes yuritish demakdir

     

    Tavsiya etamiz

    Audio Icon

    “U imperiyani qutqarishi kerak edi” Tarixdagi eng yirik va qudratli jangovar kema – Yamato haqida

    15 avgust, 09:15

    Arash mojarosi: bir o‘zbek undan pulini ololmay sarson, boshqasi esa ko‘p pul bermoqda

    14 avgust, 21:02

    “Stalinning barmog‘i” — Zangezur yo‘lagi Ozarbayjon uchun qanchalik muhim?

    14 avgust, 14:19

    Toshkentda issiqlik ta’minoti va issiq suv tariflari yana oshirilishi mumkin

    13 avgust, 09:46
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Ilon Maskning foto va video yaratish uchun mo‘ljallangan neyron tarmog‘i bepul bo‘ldi

    Dunyo | 15 avgust, 23:40

    Ota-onalarga OTM kontraktini to‘lashda beriladigan soliq imtiyozida endi yosh farq qilmaydi

    O‘zbekiston | 15 avgust, 23:35

    Tramp Lukashenko bilan 1300 nafar mahbusni ozod qilishni muhokama qildi

    Dunyo | 15 avgust, 23:20

    Qoraqalpog‘istonni rivojlantirish uchun 200 mln dollargacha xorijiy mablag‘ jalb etiladi

    O‘zbekiston | 15 avgust, 23:07

    Xitoy BMTning Eronga nisbatan zudlik bilan sanksiyalar kiritishiga qarshi chiqdi

    Dunyo | 15 avgust, 22:51

    O‘zbekiston va Qozog‘iston o‘rtasida aviaqatnovlar soni ko‘payadi

    O‘zbekiston | 15 avgust, 22:35

    “Rossiya Ukraina bilan o‘t ochishni to‘xtatishga rozi bo‘lish imkoniyatiga ega bo‘ldi” — Germaniya kansleri

    Dunyo | 15 avgust, 22:18
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.