Toshkentda 18-yanvar kuni bo‘lib o‘tgan O‘zLiDeP Siyosiy kengashining majlisida chiqish qilgan O‘zbekiston bosh vazir Abdulla Aripov hukumatning yaqin muddatga va uzoq istiqbolga mo‘ljallangan harakatlar dasturini taqdim etdi.
Aripovning ta’kidlashicha, ishlab chiqarishni mahalliylashtirish dasturini amalga oshirish, importni qisqartirish va eksportni kengaytirish masalalari hukumatning asosiy e’tiborida bo‘ladi.
Bu yo‘nalishda 2020—2021-yillarda 3 937 ta mahalliylashtirish loyihalari amalga oshirilishi va 5,7 milliard dollarga teng import o‘rnini bosuvchi mahsulotlar ishlab chiqarilishi kutilmoqda.
Eksportbop mahsulotlar ishlab chiqarishni kengaytirish va eksportyor korxonalarni qo‘llab-quvvatlash borasida amalga oshirilayotgan ishlar natijasida 2020-yilda 20,2 milliard dollarga teng mahsulot va xizmatlar eksport qilinadi.
Izoh (0)