O‘zbekiston 2025-yilga kelib tabiiy gaz eksportini to‘xtatishi mumkin. Bu haqda O‘zbekiston bosh vaziri Abdulla Aripov 18-yanvar kuni O‘zLiDeP siyosiy kengashining yig‘ilishidagi ma’ruzasi davomida aytib o‘tdi.
“2025-yilga kelib O‘zbekiston tabiiy gaz eksportini va uni to‘liq qayta ishlashni to‘xtatish, shuningdek qo‘shilgan qiymatli mahsulotlar ishlab chiqarishni kengaytirish choralarini ko‘radi”, — dedi hukumat rahbari.
Bosh vazirning ta’kidlashicha, muqobil energiya manbalaridan keng foydalanishga alohida e’tibor qaratiladi. Bundan tashqari, 2020-yil oxirigacha barcha iste’molchilar uchun elektron gaz va elektr hisoblagichlari o‘rnatiladi.
“Bu energiya sarfini kamaytiradi va to‘lovlarni hisoblash bilan bog‘liq muammolarning oldini oladi”, — deya ta’kidladi O‘zbekiston hukumati rahbari.
O‘zbekistonda 2030-yilga borib elektr energiyasi ishlab chiqarishni qariyb 2 baravar, neft mahsulotlari ishlab chiqarishni 1,8 baravar, tabiiy gaz ishlab chiqarishni 1,2 baravar, ko‘mir ishlab chiqarishni 3,3 baravar oshirish rejalashtirilgan.
Izoh (0)