AQSh Kongressi vakillar palatasi spikeri Nensi Pelosi qonun chiqaruvchilar bu hafta prezident Donald Trampning Eronga qarshi harbiy vakolatlarini cheklash to‘g‘risidagi qarorni ko‘rib chiqishini aytdi, deb xabar berdi “Kommersant”.
Ushbu bayonot vakillar palatasi spikeri saytida e’lon qilindi.
“Bu haftada palata Trampning Eronga nisbatan harbiy vakolatlarini cheklash uchun harbiy vakolatlar to‘g‘risidagi rezolyutsiyani taqdim etadi va ovoz beradi” — deyiladi bayonotda.
Pelosining so‘zlariga ko‘ra, prezident ma’muriyatining eronlik general Qosim Sulaymoniyning o‘ldirilishi haqidagi harakati provokatsion va nomutanosib edi. Uning fikricha, Trampning qo‘llayotgan choralari AQSh fuqarolarining xavfsizlik darajasiga salbiy ta’sir ko‘rsatadi.
Sulaymoniyning o‘limidan so‘ng, Iroq askarlarni mamlakatdan olib chiqish masalasini ko‘tardi va Eron yadroviy bitim bo‘yicha majburiyatlarni bekor qilishni e’lon qildi.
Izoh (0)