O‘ldirilgan eronlik general Qosim Sulaymoniyning qizi Zaynab otasining dafn marosimida AQSh va uning ittifoqdoshi Isroil uchun “qora kunlar” kelganini ma’lum qildi, deb xabar berdi “Kommersant”.
“Aqldan ozgan Tramp, otamning shafqatsizlarcha o‘ldirilishidan so‘ng hammasi tugadi, deb o‘ylamang”, — deydi Zaynab Sulaymoniy.
Eslatib o‘tamiz, 3-yanvar kuni Pentagon Bag‘dod xalqaro aeroporti yaqinidagi marraga aviazarba berdi. Hujum oqibatida Eronning eng nufuzli generali Qosim Sulaymoniy halok bo‘ldi.
Izoh (0)