Hindistonning texnologik startaplari uchun 2019-yil jalb qilingan investitsiyalar hajmi bo‘yicha rekord qayd etgan yil bo‘ldi. Mazkur yilda ular 14,5 milliard dollar miqdorida investitsiya jalb qildi. Bu haqda “Kommersant” xabar berdi.
Eng faol investorlar qatoridan Sequoia Capital kompaniyasi joy olgan bo‘lib, u 50 dan ortiq hind startapiga investitsiya kiritgan. Shuningdek, eng faollar qatoridan Steadview Capital va Venture Catalysts kompaniyalari ham joy olgan.
2016-yilda jalb qilingan investitsiyalar miqdori 4,3 milliard dollar bo‘lgan bo‘lsa, 2017-yilda bu ko‘rsatkich 10,4 milliard dollarga yetgan. 2018-yilda startaplar 10,6 milliard dollar jalb qilishga muvaffaq bo‘lgan.
Izoh (0)