Turkiyada yirik antiterroristik operatsiya doirasida 147 kishi qo‘lga olingan. Bu haqda Anadolu nashriga tayanib, “Kommersant” xabar berdi.
Ma’lumotlarga ko‘ra, qo‘lga olinganlar IShIDga aloqadorlikda gumonlanmoqda. Operatsiya Turkiyaning 10 ta hududida, shu jumladan, Anqara va Istanbulda o‘tkazilgan.
Xabar berilishicha, qo‘lga olinganlar orasida 60 nafardan ortiq iroqlik, ikki nafar suriyalik va bir nafar marokashlik bor. Yaqin vaqt ichida yana 50 kishini qo‘lga olish rejalashtirilmoqda. Ularning ko‘pchiligini xorijlik fuqarolar tashkil qiladi.
Avvalroq Turkiya ichki ishlar vaziri Sulaymon Soylu 2019-yilda Turkiya IShID tarafdori bo‘lgan 800 nafar xorijlikni o‘z vataniga deportatsiya qilgan.
IShID ekstremistik guruhi jahonning bir qator mamlakatlari va xalqaro tashkilotlar tomonidan “terrorchilik tashkiloti” deb topilgan.
Izoh (0)