Shimoliy Koreya xalqining turmush darajasini oshirish va iqtisodiyotni rivojlantirishga intilishi lozim. Bu haqda KXDR yetakchisi Kim Chen In Mehnat partiyasi Markaziy qo‘mitasining plenumida ma’lum qildi, deya xabar beradi “Kommersant”.
Kim Chen In mamlakat suvereniteti va xavfsizligi kafolatlanishi zarurligini bildirdi.
U mamlakatning iqtisodiy mustaqilligini mustahkamlash va xalq xo‘jaligi asosiy sohalaridagi holatni imkon boricha tezroq yaxshilashni topshirdi. Atrof-muhitni himoya qilish va tabiiy ofatlarning oldini olish choralarini ko‘rishga chaqirdi.
Shuningdek, Kim Chen In qattiq intizom o‘rnatish va qishloq xo‘jaligi, fan, ta’lim va sog‘liqni saqlash sohalarida o‘zgarishlarga erishish lozimligini ta’kidladi.
Izoh (0)