• Profilga Kirish
  • 1744009905_435.svg 1744009905_642.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12917.1
    • RUB160.14
    • EUR14460.69
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +20°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    Dunyo

    NATOning Liviyada nima qasdi bor edi? Yangi yilda AQSh Turkiya bilan, Isroil Iordaniya bilan yarashadimi? Jahon matbuoti sharhi

    “Daryo” o‘tayotgan haftada dunyo matbuotida keng yoritilgan, ko‘pchilikning qiziqishiga sabab bo‘lgan maqolalar sharhiga to‘xtalib o‘tadi.

    Isroil – Iordaniya: tinchlik tugaydimi?

    Isroilliklar Iordaniya borasida ulkan rejalarga ega. Ammo ular rejalariga Iordaniya qiroli Abdulla II ni qo‘shmoqchi emas.

    So‘nggi paytlarda Isroil hukumatining tarafkashlari bo‘lgan ko‘plab jurnalistlar, siyosiy sharhlovchilar chop etgan maqolalar tahlillari Tel-Aviv Iordaniya bilan tinchlik davriga nuqta qo‘yishga intilyapti degan xulosalar yasashga imkon beradi, deb yozadi The Haaretz nashri.

    Foto: Google Photos

    Foto: Google Photos

    Aftidan, Binyamin Netanyaxuning taktik tejasi bir o‘q bilan ikki quyonni o‘ldirishga jazm qilganini ko‘rsatmoqda: Iordan daryosining g‘arbiy qirg‘og‘ini bosib olish va shu bilan Iordaniya Isroil tinchlik bitimiga barham berish hamda strategik maqsad – Iordaniyadagi Hoshimiylar sulolasini taxtdan ag‘darish.

    Isroillik o‘nglar xoh u Bibi tarafdorlari bo‘lsin, xoh amaldagi Likud partiyasining raqibi Gideon Saar bo‘lsin, “Iordaniya bu Falastin” degan qarashni o‘ta ishtiyoq bilan qo‘llab-quvvatlamoqda. Hattoki Gideon Saarning o‘zi ham mazkur qarashni yoqlaydi. Isroillik o‘nglar qirol Abdullani yoqtirmaydi va unga “qirol darajasiga ko‘tarilgan xizmatkor, takabbur arab” deb yorliq bosadi. O‘nglar nazarida Hoshimiylar mintaqada inglizlar tufayligina hokimiyat tepasiga kelgan, shuning uchun ularning salatanati noqonuniy va ajnabiydir.

    Bu nafrat Abdulla Isroil Iordan vodiysini anneksiya qilishiga qarshi chiqishi zamiriga qurilgan. Isroil esa qirol Abdullani qanday tiyib turishni biladi. Abdulla Isroilga qarshi tursinchi, isroilliklar Iordan vodiysini suv ta’minotidan mahrum qilib, xalqning nafratini Abdullaga qarshi qarata oladi.

    Tramp loyihasi uchun yorliq

    Isroil tarafi Iordan bahori kelishini, Iordaniyadaga barcha falastinliklar Iordan ko‘chalariga chiqib, norozilik uyushtirishini va inqilob amalga oshishini istaydi. Abdulla taxtdan ag‘darilsa, falastinliklar Iordaniyada hukumatni qo‘lga oladi va shundagina ehtimol Falastin Iordaniyasi va Ga‘rbiy qirg‘oq Falastin ma’muriyati o‘rtasida o‘ziga xos konfederatsiya tuzish mumkin bo‘ladi. Balki bu falastinliklar Isroilga intilishini to‘xtatib qolar. Reja shunday bo‘lib turganda Abdulla II g‘oya amalga oshishiga xalaqit bermoqda. Iordaniya bilan tinchlik bitimi bartaraf etilsa, reja amalga oshadi.

    Muqaddas tog‘lardagi isroillik yahudiylarning status-kvo holati ham o‘nglarda xavotir uyg‘otadi. Isroilliklar eng kamida bu hududda emin-erkin ibodat qilishi imkoniyatiga ega bo‘lishi, eng ko‘pi bilan esa al-Aqso masjidi o‘rnida yahudiylar sinagogasi qad rostlashi kerak. Iordaniya Vaqf tashkiloti esa isroilliklar uchun yana bir to‘siq. Bu tashkilot Muqaddas tog‘larni nazorat qiladi. Bir vaqtlar bu yerda yahudiy ibodatxonasi bo‘lib, ibodatxona rimliklar tomonidan buzib tashlangan va keyinchalik bu yerda Umar va al-Aqso masjidlari barpo etilgan.

    Abdulla II ning Sofar va Naxaraim yerlari ijarasi shartnomasini uzaytirmaslik qarori isroillik o‘nglarga qo‘l kelmoqda. Balki shuning uchun ham bosh vazir Binyamin Netanyaxu shartnoma bandlarini qayta ko‘rib chiqish uchun tish-tirnog‘i bilan harakat qilmayotgandir. Tinchlik sulhi buzilishi kerak-da. Isroil tarafi esa mintaqada isyon chiqarishni, tinchlik buzilishini xohlamoqdaki, balki bu sotqin Itshoq Rabinning sharmandali Oslo kelishuviga nuqta qo‘yar.

    Dubay dunyoning eng aqlli shahri bo‘lishga da’vogar

    Dunyodagi barcha yirik megapolis shaharlar bugun dunyoning eng aqlli shahri bo‘lish uchun raqobat qilmoqda. Aqlli shahar bo‘lish bir tugmani bosish orqali davlat taklif qilayotgan xizmatlardan foydalanish demakdir. Ular orasida Dubay ham bor, deb yozadi Euronews axborot nashri.

    Foto: Google Photos

    Foto: Google Photos

    Bugun Dubayda ko‘plab davlat xizmatlari internet yordamida foydalanuvchlarga xizmat qilmoqda. Avtomobilni sug‘urta qilish, bolani maktabga berish yoki kvratirani ijaraga olish kabi xizmatlar bugun Dubayda real voqelikka aylangan; internetdan foydalanuvchilar o‘z muammolarini bir necha lahzada hal qila oladi.

    Dubaydek shaharning oddiy shahar toifasidan aqlli shahar maqomiga erishish jarayonlari qanday ketmoqda? Dubayda o‘tkazilayotgan yuqori texnologiyalar ko‘rgazmasida Singularity guruhining vakili sifatida qatnashayotgan Ben Gersel nazarida, “aqlli shahar barpo etish uchun ko‘plab kichik detallar kerak bo‘ladiki, bular sirasiga yo‘l harakati talillaridan tortib zamonaviy aqlli elektr tizimigacha ishlab chiqishga to‘g‘ri keladi”.  Shaharlar raqamli texnologiyalarni rivojlantirar ekan, ular kelajakdagi aqlli shaharlarni yaratish uchun o‘zaro aloqadorlikda faoliyat yuritishi talab etiladi.

    Bugun Dubayni aqlli shaharga aylantirish dasturida “Dubay bugun” dasturi xizmati beqiyos bo‘lib, u o‘zida barcha davlat xizmatlarini birlashtira olgan.

    Dubay bugun ko‘plab xizmatlar qatori oddiygina muammolarga yechim bermoqda va dubayliklarning vaqtini tejamoqda. Misol uchun, Dubayda avtomobil haydamoqchimisiz, buning uchun avvalo haydovchilik guvohnomasini olish kerak. Haydovchilik guvohnomasiga o‘qish xususiy maktablarda amalga oshiriladi, ammo haydovchilik guvohnomasini berish bu davlatning vakolatida. So‘ng avtomobil xarid qilasiz va uni davlat reyestridan o‘tkazishingizga to‘g‘ri keladi. Bularning barchasi “Dubay bugun” dasturi orqali telefonda bajariladi.

    “Dubay bugun” dasturi bugun nafaqat davlat tashkilotlarining, balki xususiy korxonalarning ham xizmatlarini qamrov doirasiga olish borasida ishlarni boshlab yuborgan, deydi loyiha bosh direktori Oisha bin Bishr.

    Raqamli imzolar barcha davlat tashkilotlari tomonidan tan olinadi. Siz dastur yordamida mulk oldi-sotdi shartnomalarini imzolashingiz, mulkka egalik huquqini tasdiqlashingiz mumkin bo‘ladi.

    Dastur foydalanuvchilari bugun milliondan oshdi. Demak, foydalanuvchilar bir dastur yordamida taklif qilinayotgan keng ko‘lamdagi xizmatlardan foydalanishi mumkin. Kommunal to‘lovlar, jarimalar, mehmonxonalarni ushbu dastur yordamida to‘lash, oldindan band qilib qo‘yish xizmatlari mavjud.

    Albatta, dasturdan foydalanuvchilar to‘lov qilishi haqida gap ketar ekan, ularning mablag‘i xavfsizligini ta’minlash ham ustuvor vazifa. Shaxsiy xavfsizlikni ta’minlash, pul xavfsizligini ta’minlashda loyiha umumqabul qilingan axloqiy normalarga suyanadi, shaxsiy daxlsizlik huquqidan foydalanadi, dubayliklarning hamda mintaqa aholisining manfaatlari xavfsizligini ta’minlaydi.

    Qolaversa, aqlli shaharlarning asosiy tamoyili raqamli elektron tizimidir. Bu esa qog‘ozbozlikning asosiy kushandasi.  Dasturni bir paytda millionlab foydalanuvchilar ishlatadi, bu tizimda yuklamalarni yuzaga keltiradi. Shunday ekan, tizim foydalanuvchilari uchun odatdagidan besh barobar yuqori bosimda ishlashga moslashgan tizimga ehtiyoj tug‘iladi. Shu maqsadda Dubay elektr va suv ta’minoti boshqarmasi loyihaga 2 milliard dollar ajratdi. Elektr energiya yo‘qotishlari esa 3,3 foizga qisqardi.

    Bugun Dubayda minglab aholi quvvati 106 megavatt bo‘lgan quyosh batareyalarini o‘z xonadonida o‘rnatib oldi. Ular milliy elektr tarmog‘iga ulangan bo‘lib, iste’molchilar ortiqcha elektr manbaini sotishi ham mumkin. Bu ularga ham elektr energiyasini, ham mablag‘ni tejab qolishga yordam beradi.

    Ammo tizimning noqulayliklari ham mavjud. Markazlashgan tizim boshqaruvi hamda nazoratning bo‘lishi o‘ta muhim.

    NATO Qaddofiyni nega o‘ldirdi?

    Qaddofiy o‘limidan so‘ng bugun Liviya qabilaviy urushlar ketayotgan mamlakatga aylanib qoldi. Nima uchun NATO bu mamlakatdagi ixtilofga aralashib, uni musht bilan ushlab turgan Qaddofiyni o‘ldirdi, deb yozadi Sözcü nashri.

    2009-yilda Erdo‘g‘on Liviyaga tashrif buyurdi. Ikki mamlakat o‘rtasida sakkizta shartnoma imzolandi. Ularning umumiy qiymati 10 milliard dollardan, savdo hajmi esa 2 milliarddan oshdi. O‘sha kezlarda turk rahbariyati ikki mamlakat o‘rtasidagi savdo hajmini 5 yildan so‘ng 10 milliard dollarga yetkazmoqchi edi.

    Liviyaga borgan barcha yuqori turk mulozimlari ishtirokida Liviya investitsiya kengashi tuzildi. Bu Turkiyaga Afrika qit’asiga Liviya portlari orqali chiqish imkonini bergan edi.

    Turkiya – Liviya munosbatlarida iliqlik kuzatilar, ammo, shu bilan birga, Liviyada o‘zgacha bahor havosi hukm surar edi. 2010-yilda Tunisdagi yong‘in butun arab dunyosiga “arab bahori” nomi ostida tarqaldi. Tunis ortidan Misr, Liviya, Suriya, Bahrayn, Iordaniya va Yamanda arab bahori quloch yozdi.

    Yetti oy davom etgan qo‘zg‘olonlardan so‘ng NATO ham mamlakatdagi nizolarga aralashdi. O‘sha yil avgustida Qaddofiyning 42 yillik hukmronlik davri nihoyasiga yetdi. Rahnamo Sirtdagi urushlar davomida yarador bo‘lib, asirga olindi. So‘ngra Misratga olib kelindi va boshiga ko‘p xo‘rliklar tushdi, oxiri o‘ldirildi. Bularning barchasi Liviyaning neftga boy zaxiralari sababli edi.

    Qaddofiyning o‘limidan so‘ng bugun Liviya fuqarolar urushi iskanjasida. Tripolida Milliy rozilik hukumati, Tobrukda general Xalifa Haftar qo‘shinlari urushmoqda. Fransiya, Rossiya, Iordaniya, BAA, Italiya Xalifa Haftarni qo‘llab-quvvatlayotgan bir vaziyatda Qatar Tripoli hukumatiga ko‘mak bermoqda.

    Liviyadagi neft zaxiralarining 48 milliard barrel ekani-yu tabiiy gaz zaxirasi 1,54 trillion kub metrni tashkil qilishini hisobga olsak, Liviya kulfatlarining sababi aniqlashadi.

    Turkiya – AQSh munosabatlari qanday kechadi?

    Tramp 2020-yildagi qayta saylanish ishi bilan ovora ekan, Turkiya – AQSh munosabatlari yangi yilda bugungiday taranglashib turaveradi, deb yozadi Al Monitor nashri.

    Foto: Google Photos

    Foto: Google Photos

    Turk rasmiylari Donald Tramp bilan bog‘liq impichment jarayonini diqqat bilan kuzatmoqda. Impichment masalasi Amerika – Turkiya munosabatlariga qanday ta’sir qilishi borasida taxmin qilmoqda. Basharti Trampga nisbatan impichment e’lon qilingudek bo‘lsa, u holda Tramp Turkiyani Kongressdan himoya qila olmay qoladi. Impichment Turkiyaning iqtisodiy va harbiy xavfsizligiga ham dahl qilishi mumkin. Ayni paytda AQSh va Turkiya o‘rtasida hal qilinmay qolayotgan masalalar mavjud: ulardan biri Turkiyaning ruslarga tegishli bo‘lgan havo hujumidan mudofaa tizimini sotib olishga intilayotgani bo‘lsa, boshqasi rasmiy Anqara oktabr oyi boshlarida AQSh ittifoqchilari bo‘lgan kurd milliy mudofaa otryadlariga qarshi boshlagan amaliyoti bo‘lib qolmoqda. Anqara uni rus havodan mudofaa tizimlarini sotib olishga AQSh majbur qilganligini aytmoqda. Sababi, AQSh tarafi o‘z vaqtida zamonaviy mudofaa tizimlarini Turkiyaga sotmagan edi.

    Endilikda mavjud “Amerika dushmanlariga sanksiyalar yordamida ta’sir qilish” haqidagi qarorga ko‘ra, Turkiya rus harbiy uchoqlarini sotib olishi Anqaraga F-35 qiruvchi uchoqlarini sotishni yo‘qqa chiqaradi. Ustiga ustak, iqtisodiy jazo choralari ko‘rilishini nazarda tutadi. Ammo shu paytgacha Tramp Turkiyaga nisbatan jazo choralari qo‘llanilishini paysalga solib, bunda hattoki Obama hukumatini ham ayblab ko‘rdi.

    Bundan tashqari, Kongress Turkiyaga nisbatan g‘azabda ekanini armanlar genotsidini e’tirof etib ham ko‘rsatib qo‘ydi. Rezolyutsiyada Usmonli saltanati arman millati qirg‘inida aybdorligi ta’kidlanadi, ammo Turkiya hukumati bu ayblovga raddiya berib keladi.

    AQSh Kongressidagi Tramp tarafida turgan senatorlar impichment masalasini kun tartibidan olib tashlashga muvaffaq bo‘lsa, u holda Tramp senatorlar oldida majburiyat olishga majbur bo‘lib qoladi va oxir-oqibat Anqaraga nisbatan iqtisodiy jazo choralari qo‘llanilishiga rozilik berishi mumkin.

    Bundan tashqari, Turkiya hukumati Kongressga qarshi kurashda amerikalik yahudiylar yordamiga ham tayanib kelayotgan edi. Ammo Erdo‘g‘on Isroil rahbariyatini istehzoli tanqid qilishi va HAMAS guruhini qo‘llab-quvvatlashi Turkiyani bu yordamdan benasib qildi.

    Mazkur vaziyat 2020-yilda ham Turkiya – AQSh munosabatlari tarang bo‘lib qolishini ko‘rsatmoqda.

    Jahongir Ergashev tayyorladi.

    29.12.2019, 15:11   Izoh (0)   30843
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    Putinning chiqishlaridan so‘ng Rossiya elchisi Polsha TIVga chaqirtirildi

    29.12.2019, 08:26

    “Gazprom” Ukrainaga Stokgolm arbitraji qaroriga binoan 2,9 mlrd dollar to‘lab berdi

    28.12.2019, 20:10

    Somali poytaxtida bomba portlatilishi oqibatida o‘nlab odamlar halok bo‘ldi

    28.12.2019, 17:12

    AQShda maktab o‘quvchilariga “fuqarolik faolligi” uchun darsga kelmaslik ruxsati berildi

    28.12.2019, 12:24

    Qozog‘istonda aviahalokatga uchragan Bek Air samolyoti qurbonlarining oilalariga 4 million tangadan mablag‘ ajratildi

    28.12.2019, 08:50

    Qosim-Jo‘mart To‘qayev Qozog‘istondagi barcha aviakompaniyalarni tekshirishni buyurdi (video)

    28.12.2019, 07:54
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    Uzbekistan Airways Islomobodga parvozlarni yo‘lga qo‘ymoqda


    Nega aynan bugun farzandingizga sarmoya kiritish muhim ahamiyatga ega?


    Jahon banki O‘zbekistonda elektr taʼminotini yaxshilash uchun 100 mln dollar ajratdi


    Central Asian University ta’lim va tibbiyot yangi ekotizimiga 350 million dollarlik sarmoya kiritmoqda


    “A.M. Best Company” xalqaro reyting agentligi “O‘zbekinvest” kompaniyasi reytinglarini “Barqaror” prognoz bilan “b”/“bb” darajasida tasdiqladi


    “Trastbank”dan kichik biznes egalari uchun 500 mln so‘mgacha kredit!


    BI Group Toshkent BI Botanika Saroyi turar-joy majmuasini belgilangan muddatdan oldin foydalanishga topshirdi va sifat hamda muddatga sodiqligini tasdiqladi


    Hyundai Uzbekistan sizni Before Service tadbiriga taklif etadi


    TENET: Sodiq Azimov ko‘chasidagi Stellar Residence premium rezidensiyalari galereyasi


    Silk Avia kattalarsiz sayohat qilayotgan bolalarga hamrohlik qilish xizmatini taklif etadi 


    “Otang bozor, onang bozor”, qurilish do‘koni ochmoqchi bo‘lsang, Tashkent INDEX’ga bor


    M-Clinic’da UZD bo‘yicha yetakchi mutaxassislar ishtirokida birinchi telemeditsina maslahati o‘tkazildi 


    Biznesni rivojlantirish banki Londonda kelishuvlarga erishdi


    O‘zbekistonda token chiqarish bo‘yicha pilot loyihani amalga oshirish rejalashtirilgan


    Toshkent mineral suvi: Iskandar Zulqarnayndan hozirgi kungacha

     

    Tavsiya etamiz

    “Yovuzlik imperiyasi zaminimizga hech qachon qaytmasligi uchun” — jamoatchilik o‘roq-bolg‘ali qizil bayroq va qora-olovrang lentani taqiqlashni so‘ramoqda

    13 may, 22:22

    Ular doim dunyoda eng yaxshilaridan bo‘lgan — pokistonlik harbiy uchuvchilar haqida

    12 may, 21:30

    Si va Putin tandemi: Rossiya va Xitoyning “chegarasiz do‘stligi” Markaziy Osiyodagi muvozanatga qanday ta’sir qiladi?

    12 may, 19:00

    “AQSH yordam bermaganida, g‘alabaga erisha olmasdik” — Ikkinchi jahon urushida SSSR yutug‘ini ta’minlagan yashirin haqiqatlar

    10 may, 15:00
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Zelenskiy Rossiya urushni tugatish uchun “noreal” shartlar qo‘yayotganini aytdi

    Dunyo | 18 may, 23:55

    Rossiyadagi koloniyadan tunnel qazib qochgan 5 nafar o‘zbekistonlikka hukm o‘qildi

    O‘zbekiston | 18 may, 23:25

    Superliga. “Paxtakor” yirik hisobda g‘alaba qozondi

    Sport | 18 may, 23:15

    Dunyoda 300 mln odam ochlikdan o‘lishi mumkin

    Dunyo | 18 may, 23:00

    Superliga. “Xorazm” “Mash’al”ni yirik hisobda mag‘lub etdi

    Sport | 18 may, 22:18

    Video: 105 yashar otaxonni haj safariga kuzatayotgan Namangan hokimi

    O‘zbekiston | 18 may, 22:17
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.