Qozog‘iston prezidenti Qosim-Jo‘mart To‘qayev Olmaota shahri yaqini yuz bergan aviahalokat tufayli yig‘ilish o‘tkazdi va mamlakatdagi barcha aviakompaniyalarni tekshirish bo‘yicha topshiriq berdi. Bu haqda “Tengrinews” xabar tarqatgan.
To‘qayev majlis davomida samolyot halokatini keltirib chiqargan vaziyat va sharoitlarni xolis tarzda sifatli o‘rganib chiqish, “Qozog‘iston aviatsion administratsiyasi” AJ faoliyatiga malakali mutaxassislarni jalb qilish hamda mamlakatdagi barcha aviakompaniyalar va aviatsiya infratuzilmalarini tekshiruvdan o‘tkazib ulardagi xavfsizlik talablarini me’yorga keltirish yuzasidan topshiriqlar bergan.
Mavzuga doir:
Qozog‘iston bosh prokuraturasi va ichki ishlar vazirligi ochilgan jinoyat ishining surishtiruvi tergov ishlarini olib borish davomida avihalokat sabablarini aniqlash, aybdorlarga nisbatan qonunchilikda belgilangan tartibda jazo tayinlash, shuningdek, Olmaota aeroporti yaqini obyekt qurilishining qay darajada to‘g‘ri yoki noto‘g‘ri ekanini o‘rganish vazifasi yuklangan.
Bek Air aviakompaniyasining samolyoti 27-dekabr kuni Qozog‘iston mahalliy vaqti bilan tongi soat 7 da halokatga uchragan. Layner bortida besh nafar ekipaj a’zosi, 93 nafar yo‘lovchi, jumladan, 89 nafar Qozog‘iston fuqarolari, ikki nafar Ukraina, bir nafar Qirg‘iziston va bir nafar Xitoy fuqarosi bo‘lgan. O‘zbekiston tashqi ishlar vazirligi halok bo‘lganlar orasida o‘zbekistonliklar yo‘qligini bildirgan.
Aviahalokat oqibatida 15 nafar odam, xususan, samolyot komandiri halok bo‘ldi. Rasmiy manbalar aviahalokat qurbonlari sonining 12 nafar ekanini ma’lum qilgan. Olmaotadagi turli tibbiyot muassasalariga jami 49 nafar odam yotqizilgan.Shavkat Mirziyoyev Olmaotadagi aviahalokat munosabati bilan Qozog‘iston prezidentiga ta’ziya bildirgan.
Izoh (0)