“Gazprom” Ukrainaning “Naftogaz” kompaniyasiga Stokgolm arbitraji qaroriga binoan 2,9 milliard dollar to‘lab berdi. Bu haqda Meduza xabar bermoqda.
Rossiya kompaniyasi joriy yil 20-dekabrdagi ikki uchrashuv yakunida erishilgan kelishuvlarga binoan to‘lovni amalga oshirmoqda.
“Gazprom” to‘lovni amalga oshirganidan so‘ng Ukraina tomoni jami 12 milliard dollar miqdoridagi da’volari, shuningdek, Rossiya kompaniyasi aktiv va mulklarini xatlash to‘g‘risidagi talablarini qaytarib olishi lozim.
Mazkur kelishuvlarga asosan Rossiyaning Ukraina orqali gaz tranziti yana besh yilga uzaytiriladi.
Izoh (0)