Somali poytaxti Mogadishoda avtomobilga o‘rnatilgan bombaning portlashi oqibatida o‘nlab odamlar halok bo‘ldi, deya xabar bermoqda Meduza.
Portlash 28-dekabr tongida gavjum nazorat-o‘tkazish punktida yuz bergan. Associated Press agentligi Somali hukumati vakiliga asoslanib xabar berishicha, hodisa oqibatida kamida 30 kishi halok bo‘lgan, yana 60 ga yaqin odam yaralangan. “Al-Jazira” telekanali 100 ga yaqin odam jarohatlanganini ta’kidlamoqda.
BREAKING: Car bomb explodes along busy road on the outskirts of Somalia's capital Mogadishu; dozens feared dead pic.twitter.com/Omi2tFaQ8J
— BNO News (@BNONews) December 28, 2019
Somali parlamenti a’zosi Abdurazzoq Muhammad Twitter‘dagi sahifasida qoldirgan ma’lumotga ko‘ra, portlash oqibatida 90 kishi — 17 nafar politsiyachi, 73 nafar mahalliy aholi vakili va to‘rt nafar chet ellik halok bo‘lgan. Ushbu ma’lumotlar hozircha rasman tasdiqlangani yo‘q.
Izoh (0)