Rossiyaning Polshadagi elchisi Sergey Andreyev mamlakat Tashqi ishlar vazirligiga chaqirtirildi. Bu haqda Meduza xabar bermoqda.
Elchi Polsha TIV Sharqiy departamenti direktori bilan uchrashgan. Suhbat “qattiq, ammo quyushqondan chiqmagan holda” kechgan.
“Gap Rossiya prezidentining MDH sammiti va Mudofaa vazirligi kollegiyasidagi chiqishlari haqida bo‘ldi. Biz hech kimni nasihat qilishiga yo‘l qo‘ymaymiz. Tarix bilan bog‘liq siyosat haqida ham aytadiganlarimiz bor”, — dedi Sergey Andreyev.
Ma’lumot uchun, Vladimir Putin 24-dekabr kuni Polshaning natsistlar Germaniyasidagi elchisi Yuzef Lipskiyni tanqid qilgandi. Rossiya prezidentiga ko‘ra, u Gitlerning yahudiylarni Afrikaga surgun qilish haqidagi fikrlariga qo‘shilgan.
Izoh (0)