• Profilga Kirish
  • 1751972643_633.png 1751972643_245.png 1751959824_218.svg 1751959824_520.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12502.99
    • RUB155.94
    • EUR14484.71
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +31°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    O‘zbekiston

    “Daryo” oqshomi: Tabletkali pishiriqlar vahimasi, Lolani qoralagan Bositxonova, deportatsiyani kutayotgan o‘zbekistonlik IShIDchilar va 15-noyabrning boshqa muhim xabarlari

    O‘zbekiston Sog‘liqni saqlash vazirligi pishiriqlar ichidan chiqayotgani noma’lum tabletkalar haqidagi videoga munosabat bildirildi. Videodagi ma’lumotlarga ko‘ra, bunday pishiriqlarni iste’mol qilganlar falaj bo‘lib qolayotganmish. Vazirlikdan ma’lum qilishlaricha, 15-noyabr holatiga ko‘ra shifoxonalarga yuqoridagi kabi mahsulotlar bilan zaharlanish yoki kasallik alomatlari bilan aholi tomonidan hech qanday murojaat bo‘lmagan.

    O‘zbekiston Xotin-qizlar qo‘mitasi raisi Elmira Bositxonova xonanda Lolaning “Sevgingni menga ayt 2” klipini qoraladi. Uning aytishicha, Lola “atlasni masxaraboz kiyimi, ma’naviyat so‘zini esa o‘yinchoq qilib qo‘ygan”. Ijtimoiy tarmoqlarda xonandaning bu klipini ko‘pchilik qo‘llab-quvvatlayotgani, Bositxonovaning fikricha, “afsuslanarli”.

    Elmira Bositxonova (o‘rtada).

    Elmira Bositxonova (o‘rtada).
    Foto: Madina Nurman / “Daryo”

    O‘zbekiston Oliy Majlisi Qonunchilik palatasiga ko‘rsatilishi kutilayotgan deputatlikka nomzodlarning mutaxassisligi, ma’lumoti va yoshi haqida ma’lumot berildi. Masalan, ularning 32 foizdan ortig‘i 40 yoshdan kichik, 41,3 foizi ayollar, 43 nafarining nomzodi qaytadan deputatlikka ko‘rsatilmoqda.

    O‘zbekiston Markaziy banki bank kartalarini ogohlantirishsiz bloklanish holatlariga izoh berdi. Birinchidan, bu, Markaziy bankning fikricha, “mijozlarga xizmat ko‘rsatishdagi insofsizlik”, ikkinchidan esa Markaziy bank bank kartalarini bloklanish holatlari yuzasidan mijozlarga bir ish kunidan kechiktirmagan holda xabarnoma yuborish majburiyatini yuklagan.

    Davlat bayrog‘i qabul qilingan sana — 18-noyabr munosabati bilan Toshkentda 54 ta avtobus yo‘nalishiga vaqtincha o‘zgartirish kiritiladi. Bunga tarixiy sana munosabati bilan tashkil etiladigan bayram tadbirlari sabab. Bundan tashqari, Yunusobodda metro qurilishi sabab yana bir qator avtobuslarning yo‘nalishlari 22-noyabrgacha boshqacha bo‘ladi.

    Ayanchli YTHlar. Jizzaxda yuk mashinasi bilan sodir bo‘lgan YTH oqibatida Cobalt yonib ketib, ikki kishi halok bo‘ldi — qurbonlardan biri 3 yoshda. Farg‘onada ham “Kamaz” Nexia’ni urib yuborishi oqibatida ikki kishi halok bo‘ldi. “Qamchiq” dovonida esa Isuzu yuk mashinasi ag‘darilib ketdi — qurbonlar yo‘q, yaxshiyamki.

    Jizzaxdagi YTH oqibatida yonib ketgan Cobalt.

    Jizzaxdagi YTH oqibatida yonib ketgan Cobalt.
    Foto: IIV Tergov departamenti

    O‘zbekistonda yana nima yangiliklar? 2020-yilda ishsizlik nafaqasi ikki barobarga ko‘payadi. Dafn etish uchun nafaqa davlat budjetidan ajratiladi. Aeroportlar xususiylashtirilishi mumkin. Qashqadaryoda 7 kishi, jumladan, besh bola pomidor-bodring konservasidan zaharlandi. Toshkent chorrahalarida “vafli chiziqlari”dan so‘ng vazifasi uniki bilan bir xil bo‘lgan yana bir yo‘l chizmasi sinovdan o‘tkazilmoqda. Buxoroning Markaziy dehqon bozorida pista po‘chog‘i va sigareta qoldiqlarini belgilanmagan joyga tashlaganlar jarimaga tortildi. Tadbirkorning mulkini tortib olmoqchi bo‘lgan Farg‘ona shahar hokimligi Oliy sudda yutqazdi.

    O‘zbekiston va dunyo. Turkiya IShIDning 959 a’zosini deportatsiya qiladi — ular orasida 82 nafar o‘zbekistonlik ham bor. Turkmanistonda yuzlab odamlar O‘zbekiston vizasini olish uchun navbat kutmoqda. Moskvada komaga tushgan 22 yoshli o‘zbekistonlik talaba vafot etdi. Sankt-Peterburgda o‘zbekistonlik muhojirni pichoqlagan 3 o‘smir hibsga olindi. Turkuaz egasi O‘zbekistondan 180 million dollar talab qilgan edi — Xalqaro arbitraj sudi uning 90 foiz da’vosini rad etdi.

    Dunyoda nima gap? Tramp Kongressdagi impichment bo‘yicha muhokamalar tufayli amerikaliklarga murojaat qildi. AQShda o‘quvchi 16 yoshga to‘lgan kuni maktabda otishma uyushtirdi — 2 kishi halok bo‘ldi, 3 kishi jarohatlangan. Livanda sobiq moliya vaziri hukumat rahbariga aylanishi mumkin. Germaniya xorijga 7 milliard dollarlik qurol-aslaha eksport qilgan. Fransiyada zilzila tufayli Kryua atom elektr stansiyasi bir oyga to‘xtatib qo‘yildi. Venetsiyada misli ko‘rilmagan toshqinlar tufayli favqulodda holat joriy etildi. Iroqda 60 nafardan ortiq politsiya ofitseri namoyishlarda fuqarolarga nisbatan kuch ishlatgani uchun sud qilindi.

    O‘qish tavsiya etiladi: Josuslikda ayblangan xalq. 14-noyabr – mesxeti turklar deportatsiya qilingan kun. Imkon bo‘lsa, yordam bering: “Davlatdan nogironlik uchun beriladigan 286 ming so‘mga yashaymiz”. Mehribonlik uyida katta bo‘lgan Furqatjon yaxshi insonlar yordamiga muhtoj.

    15.11.2019, 21:00   Izoh (0)   31713
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    Shavkat Mirziyoyev farmatsevtika tarmog‘ini rivojlantirish bo‘yicha yig‘ilish o‘tkazdi

    15.11.2019, 20:50

    Markaziy Osiyo davlatlari rahbarlarining maslahatlashuvi Toshkentda 29-noyabr kuni bo‘lib o‘tadi

    15.11.2019, 20:34

    Xotin-qizlar qo‘mitasi: Oilaviy ajrashuvlarga erkaklarning migratsiya ta’siriga tushib qolayotgani ham sabab bo‘lmoqda

    15.11.2019, 20:04

    Farg‘onada shahar hokimligi tadbirkor mulkini tortib olmoqchi edi. Oliy sud xususiy tadbirkor foydasiga qaror chiqardi

    15.11.2019, 19:48

    Pishiriqlar ichidan chiqayotgani noma’lum tabletkalar haqidagi videoga munosabat bildirildi (video)

    15.11.2019, 19:48

    Qirg‘izistondan qariyb 130 mln so‘mlik noqonuniy mahsulot olib kirilishining oldi olindi

    15.11.2019, 19:17
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    Oliy ta’lim yetakchilari Toshkentda birinchi QS Eurasia Forum’da birlashadi


    30-iyul kuni Toshkentda BYD innovatsion mobil moduli o‘z faoliyatini boshladi


    Hayot Bank “Yashil yurak” nomli keng ko‘lamli ekologik tashabbusni e’lon qildi. Avgust oyidan boshlab O‘zbekiston bo‘ylab Hayot Bankning har bir yangi omonatchisi uchun bitta daraxt ekiladi


    “Yandex Uzbekistan” informatika o‘qituvchilari uchun ta’limda sun’iy intellekt etikasiga oid intensiv kurslar tashkil etdi


    STEM va biznes yo‘nalishidagi qizlar uchun TBC Bank’dan ta’lim grantlari — O‘zbekistonda gender tafovutini kamaytirish yo‘lida yangi qadam


    BYD rasmiy dileri Beni Motors Samarqandda BYD Sealion 7 flagman krossoverini taqdim qildi


    BI Group biznes-toifa xonadon yutuqli o‘yini:Toshkentdagi mavsumning asosiy tadbiri qanday o‘tdi


    Aqlli diversifikatsiya: nima uchun kerak va kapitalni qanday taqsimlash lozim?


    Ellipse International School – farzandingiz kelajagi boshlanadigan joy!


    Avgust sovg‘alari: Centrum Air 155 ta aviachiptani tortiq qiladi!


    ZARMED Universiteti: 200 ta grant sizni kutmoqda


    Toshkent Farmatsevtika Instituti — Farmatsiya sohasida xalqaro darajadagi sifatli ta’lim


    BYD SEALION 7: Flagman elektr SUV — shahar ko‘chalarida yangi yetakchi 


    AVO bank aloqa markazi: innovatsiyalar va yangi xizmat darajasi 


    Chery O‘zbekistonda sotuvlar bo‘yicha mutlaq rekord o‘rnatmoqda

     

    Tavsiya etamiz

    Nega atom bombasi portlaganidan keyin yerda insonlar izi qolib ketgan? Olimlar izohi

    7 avgust, 15:57

    O‘zbekistonda “tonirovka” uchun yozda arzonlashtirilgan narx joriy etilishi mumkin

    7 avgust, 15:45

    Pora, neft va terrorchilik: nega Qatar amiri shov-shuvlar markazidan tushmayapti?

    5 avgust, 11:20

    Trampning Falastinga nisbatan noxolis siyosati: AQSH YUNESKO a’zoligidan nega chiqyapti?

    2 avgust, 18:35
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    AQSHda o‘zini Xudoning elchisi deb tanishtirgan firibgarlar 91 yoshli erkakni 60 mln dollarga chuv tushirdi

    Dunyo | 7 avgust, 20:49

    “Eterna” O‘zbekistonda: Kinopoisk qanday qilib mamlakat manzaralarini afsonaviy shahar-davlatga aylantirdi

    O‘zbekiston | 7 avgust, 19:30

    Pokistonda politsiya mashinasi portlashi oqibatida 2 nafar xodim vafot etdi

    Dunyo | 7 avgust, 20:35

    Ukraina va Rossiya yetakchilari o‘rtasida uchrashuvlarning turli formatlari ko‘rib chiqilmoqda

    Dunyo | 7 avgust, 20:25

    Eng ko‘pi Samarqandda: 2025-yilning 6 oyida O‘zbekistonda qancha oila qurilgani maʼlum qilindi

    O‘zbekiston | 7 avgust, 20:15

    Samarqandda ham maktab “remontiga” o‘qituvchilar jalb etildi

    O‘zbekiston | 7 avgust, 20:10

    Qirg‘iziston ommaviy axborot vositalariga chet el ta’sirini chekladi

    Dunyo | 7 avgust, 20:06

    Otasidan erta ayrilgan, e’lon yopishtirib kun ko‘rgan, vazirning qiziga uylangan Yorqinxo‘ja Umarov 33 yoshda

    Madaniyat | 7 avgust, 20:00
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.