• Profilga Kirish
  • 1751972643_633.png 1751972643_245.png 1751959824_218.svg 1751959824_520.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12692.42
    • RUB158.44
    • EUR14511.24
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +26°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    O‘zbekiston

    Shavkat Mirziyoyev farmatsevtika tarmog‘ini rivojlantirish bo‘yicha yig‘ilish o‘tkazdi

    O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 15-noyabr kuni farmatsevtika tarmog‘ini rivojlantirish hamda aholini dori vositalari bilan ta’minlash borasidagi ishlar tahlili va galdagi ustuvor vazifalar muhokamasiga bag‘ishlangan yig‘ilish o‘tkazdi. Bu haqda Prezident matbuot xizmati xabar berdi.

    Foto: Prezident matbuot xizmati

    Foto: Prezident matbuot xizmati

    Qayd etilishicha, davlat rahbarining 2017-yil 7-noyabrdagi “Farmatsevtika tarmog‘ini boshqarish tizimini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi farmoniga muvofiq Sog‘liqni saqlash vazirligi huzurida Farmatsevtika tarmog‘ini rivojlantirish agentligi tashkil etilgan edi. Tadbirkorlarni qo‘llab-quvvatlash maqsadida dori vositalari va tibbiyot buyumlarini ro‘yxatdan o‘tkazish muddati qisqartirildi. Mahalliy ishlab chiqaruvchilar xomashyo va texnologik uskunalarni import qilishda bojxona to‘lovlaridan ozod etildi.

    Bularning natijasida so‘nggi ikki yilda 41 ta yangi farmatsevtika korxonasi tashkil etilib, jami korxonalar soni 191 taga yetdi. Joriy yilda ishlab chiqarish hajmi o‘tgan yilgiga nisbatan 1,5 barobarga o‘sdi.

    Farmatsevtikaga ixtisoslashgan 8 ta erkin iqtisodiy zonada qiymati 84 million dollarlik 18 ta yangi quvvat ishga tushirilib, 600 turdagi dori va 50 dan ortiq tibbiy buyum ishlab chiqarish yo‘lga qo‘yildi.

    Ta’kidlanishicha, bu quvvatlar hali yetarli emas, mahalliy farmatsevtika mahsulotlarining assortimenti ham tor. Shu bois ichki bozor ehtiyojlari to‘liq qondirilmayapti va import qilishga to‘g‘ri kelyapti.

    Mamlakat farmatsevtika bozori hajmi bir milliard dollardan ziyod bo‘lib, unda mahalliy ishlab chiqaruvchilar hissasi yuqori emas. Dori vositalari harakatining to‘liq siklini kuzatish — markirovka tizimi joriy etilmagani oqibatida ularning sifati va narxini nazorat qilish qiyin kechmoqda. Masalan, o‘tgan ikki yilda respublikaga sifat standartiga javob bermaydigan 123 milliard so‘mlik dori-darmonlarni olib kirish holatlari aniqlangan.

    Foto: Prezident matbuot xizmati

    Foto: Prezident matbuot xizmati

    Bunday sharoitda aholi salomatligini muhofaza qilishning eng ishonchli va samarali yo‘li — mamlakatda yetishtirilgan tabiiy toza, dorivor o‘simliklar asosida yuqori sifatli mahsulotlar ishlab chiqarish ko‘lamini kengaytirish, deyiladi xabarda.

    Yig‘ilishda Prezident Shavkat Mirziyoyev ana shu jihatlarga alohida e’tibor qaratib, aholi va sog‘liqni saqlash muassasalarini arzon hamda sifatli dori vositalari, tibbiyot buyumlari va texnikalari bilan ta’minlash borasidagi ustuvor vazifalarni belgilab berdi.

    2025-yilgacha ichki bozorda dori vositalari iste’mol hajmining kamida 50 foizini mahalliylashtirish, jumladan, o‘zlashtirilgan dori nomlarini hozirgi 2,5 mingdan 4 mingtaga yetkazish uchun imkoniyatlar yetarli ekani ta’kidlandi.

    Farmatsevtika tarmog‘ini rivojlantirish agentligi, Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligiga yangi turdagi mahsulotlar ro‘yxatini shakllantirib, Hindiston, Rossiya, Ukraina, Xitoy, Vengriya, Bolgariya va Slovakiyaning yirik farmatsevtika korxonalari bilan hamkorlikda istiqbolli loyihalarni ishlab chiqish vazifasi qo‘yildi.

    Mutasaddilarga yaqin besh yilda mahalliy original dori vositalari sonini kamida 100 taga yetkazish hamda sanoat usulida ishlab chiqarish, shu maqsadda korxonalar va ilmiy tekshirish institutlari hamkorligida Qibray tumanida zamonaviy texnopark hamda Buyuk Britaniyaning nufuzli oliy ta’lim dargohi filialini tashkil qilish bo‘yicha ko‘rsatmalar berildi. Zamon talabiga mos kadrlar tayyorlash, soha mutaxassislarining xorijda malaka oshirishini tashkil etish masalalariga ham e’tibor qaratildi.

    Moliya vazirligi hamda Farmatsevtika tarmog‘ini rivojlantirish agentligiga dorilarni maxsus markirovkalash va harakatini nazorat qilish bo‘yicha dasturiy ta’minot yaratib, 2020-yil yakuniga qadar amaliyotga joriy etish topshirildi. Bu kontrafakt dori vositalari aylanishiga chek qo‘yish va dorilarga bo‘lgan real talabni onlayn rejimida kuzatib borish imkonini beradi.

    Mamlakatdagi tarmoq korxonalarida Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti tavsiya etgan GMP standarti joriy qilinmoqda. Aholini sifatli mahsulotlar bilan ta’minlash maqsadida, import qilinayotgan xorijiy dori vositalarini ro‘yxatga olishda ham mazkur standartga muvofiqligini majburiy tekshirish tartibini o‘rnatish bo‘yicha tavsiyalar berildi.

    Yig‘ilishda yana bir muhim masala — sog‘liqni saqlash muassasalarini arzon va sifatli dori-darmonlar bilan to‘liq ta’minlash holati ko‘rib chiqildi. Bu borada shaffoflik va oshkoralikni ta’minlash maqsadida endilikda davlat tibbiyot muassasalari uchun dorilar xaridi, ularni saqlash va yetkazib berish yangi tartibda amalga oshirilishi belgilandi.

    Ya’ni, Sog‘liqni saqlash vazirligi markazlashgan xaridlar bo‘yicha tenderlar tashkil etadi va xaridlar shaffofligini ta’minlaydi. Tender g‘oliblari dori vositalarini markazlashgan xarid qilish, saqlash va davlat tibbiyot muassasalariga yetkazib berish xizmatlarini amalga oshiradi.

    Dori vositalari bozorida korrupsiyani bartaraf etish, sog‘lom raqobat muhitini rivojlantirish, ijtimoiy dorixonalarni sifatli va arzon mahsulotlar bilan uzluksiz ta’minlash yuzasidan topshiriqlar berildi.

    Sohada olib borilayotgan islohotlar ahamiyatini ommaviy axborot vositalari orqali tushuntirish, xalqqa yetkazish muhimligi ta’kidlandi.

    Farmatsevtika tarmog‘ini rivojlantirish bo‘yicha besh yillik konsepsiya ishlab chiqish vazifasi qo‘yildi.

    Yig‘ilishda muhokama qilingan masalalar bo‘yicha mutasaddilarning axboroti eshitilib, zarur chora-tadbirlar belgilandi.

    15.11.2019, 20:50   Izoh (0)   21554
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    Markaziy Osiyo davlatlari rahbarlarining maslahatlashuvi Toshkentda 29-noyabr kuni bo‘lib o‘tadi

    15.11.2019, 20:34

    Xotin-qizlar qo‘mitasi: Oilaviy ajrashuvlarga erkaklarning migratsiya ta’siriga tushib qolayotgani ham sabab bo‘lmoqda

    15.11.2019, 20:04

    Farg‘onada shahar hokimligi tadbirkor mulkini tortib olmoqchi edi. Oliy sud xususiy tadbirkor foydasiga qaror chiqardi

    15.11.2019, 19:48

    Pishiriqlar ichidan chiqayotgani noma’lum tabletkalar haqidagi videoga munosabat bildirildi (video)

    15.11.2019, 19:48

    Qirg‘izistondan qariyb 130 mln so‘mlik noqonuniy mahsulot olib kirilishining oldi olindi

    15.11.2019, 19:17

    Next City samarqandlik tadbirkor Jamshid Shomurodovning vajlari noo‘rin ekanligini bildirdi

    15.11.2019, 18:47
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    Avvallari xufiyona iqtisodiyotda faoliyat yuritgan eshitish va gapirishda muammosi bor insonlar endi rasmiy sektorga qo’shilib, Poytaxt Parking jamoasining bir qismiga aylandi


    Aqlli diversifikatsiya: nima uchun kerak va kapitalni qanday taqsimlash lozim?


    STEM va biznes yo‘nalishidagi qizlar uchun TBC Bank’dan ta’lim grantlari — O‘zbekistonda gender tafovutini kamaytirish yo‘lida yangi qadam


    “Biznesni rivojlantirish banki” BMT Taraqqiyot Dasturi bilan hamkorlik qiladi


    Qo‘ng‘iroqlardan mobil internetga: Toshkent mobil aloqadan foydalanish modelini qanday o‘zgartirmoqda


    BYD SEALION 7: Flagman elektr SUV — shahar ko‘chalarida yangi yetakchi 


    OKMKda mahalliy dumpkarlardan foydalaniladi 


    American University of Technologyʼda bakalavrlar uchun ochiq eshiklar kuni


    AKFA energiya tejovchi romlari: iqlimga moslashtirilgan, qulaylikni ko‘zlagan 


    Endi Ucell ilovasida Yandex Music’ni tinglash mumkin 


    ZARMED Universiteti: 200 ta grant sizni kutmoqda


    InfinBANK va Kwikpay: uyingizga komissiyasiz va mehr bilan xalqaro pul o‘tkazmalari


    AVO bank aloqa markazi: innovatsiyalar va yangi xizmat darajasi 


    Toshkentda CRYPTO O₂ forumi bo‘lib o‘tdi: Texnologiya, fintech va tartib‑qoidalar muhokama qilindi 


    SonetUzStyle tanlovida ishtirok etish uchun arizalar qabuli 15-avgustgacha uzaytirildi

     

    Tavsiya etamiz

    Trampning Falastinga nisbatan noxolis siyosati: AQSH YUNESKO a’zoligidan nega chiqyapti?

    2 avgust, 18:35

    Kamchatkadagi hodisa yagona emas: so‘nggi 120 yilda ro‘y bergan eng kuchli megazilzilalar

    1 avgust, 18:20

    Tramp uchun xavotirlar: AQSH prezidenti taniqli shaxslarga yosh qizlarni sotgan Jeffri Epshteynning mijozi bo‘lganmi?

    29 iyul, 17:19

    Bir kechada oddiy ofitsiantdan millionerga aylangan ayol: lotereyadan yutilgan 10 mln dollar mashmashasi

    27 iyul, 09:25
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Quyosh faolligi oshdi: 24 soat ichida 15 ta chaqnash kuzatildi

    Dunyo | 2 avgust, 23:50

    “Har qanday xatoga qarshi raketalar bilan javob qaytaramiz” — Hindiston Pokistonga ogohlantirish berdi

    Dunyo | 2 avgust, 23:25

    Superliga. “Dinamo” “Navbahor”ga qarshi bahsda g‘alabani qo‘ldan chiqardi

    Sport | 2 avgust, 23:20

    Davlat byudjetidan nafaqalarga xarajat qisqarib, subsidiyalar ko‘paytiriladi

    O‘zbekiston | 2 avgust, 23:16

    BAA banklari Rossiya kompaniyalarining hisoblarini ommaviy ravishda bloklashga kirishdi

    Dunyo | 2 avgust, 22:55

    Qurollar faqat mustaqil Falastin davlati barpo etilgandagina topshiriladi — HAMAS

    Dunyo | 2 avgust, 22:30

    Superliga. “Bunyodkor” “Neftchi”dan, “Nasaf” “So‘g‘diyona”dan ustun keldi

    Sport | 2 avgust, 22:21

    O‘z joniga qasd qilish, o‘zidan qoniqmaslik va kuchli stress. Ijtimoiy tarmoqlarga bo‘lgan qaramlik nimasi bilan xavfli (foto, video)

    O‘zbekiston | 2 avgust, 22:00
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.