O‘zbekistonda 2025-yilning 6 oyida qancha oila qurilgani maʼlum qilindi. Bu haqda Milliy statistika qo‘mitasi xabar qildi.
Qayd etilishicha, yanvar-iyun oylarida respublika bo‘yicha 95,3 mingta nikoh holatlari FHDY organlarida qayd etilgan.
Eng ko‘p oila qurilgan viloyat 10,5 mingta nikoh holati bilan Samarqand bo‘ldi, eng kami esa 2,4 mingta turmush qurilgan Sirdaryo viloyatidir.

Ro‘yxatga olingan nikohlarning O‘zbekiston hududlari bo‘yicha taqsimoti quyidagicha:
Samarqand viloyati — 10,5 ming;
Farg‘ona viloyati — 9,8 ming;
Qashqadaryo viloyati — 9,6 ming;
Toshkent shahri — 9,4 ming;
Surxondaryo viloyati — 8,0 ming;
Andijon viloyati — 7,6 ming;
Toshkent viloyati — 7,2 ming;
Xorazm viloyati – 6,9 ming;
Namangan viloyati — 6,2 ming;
Qoraqalpog‘iston – 5,7 ming;
Buxoro viloyati – 5,7 ming;
Jizzax viloyati – 3,6 ming;
Navoiy viloyati – 2,7 ming;
Sirdaryo viloyati – 2,4 ming.
Maʼlumot uchun, 2024-yilning yanvar oktyabr oylarida yurtimizda FHDY organlarida jami 215 mingta nikoh holatlari qayd etilgan. Bunda 50 yosh va undan katta yoshda nikoh qurgan erkaklar 4 153, ayollar esa 1 161 nafar bo‘lgan.
Izoh (0)