“Maxsustrans” davlat unitar korxonasi Toshkent shahri aholisining chiqindilar bo‘yicha murojaatlarini onlayn ko‘rib chiqilishini yo‘lga qo‘ydi. Bu haqda korxona matbuot xizmati “Daryo”ga xabar berdi.
Endilikda korxonaning Telegram messenjeridagi maxsus @maxsustrans_support kanali orqali poytaxt aholisi o‘zlarini qiynayotgan muammolar bilan murojaat qilishi mumkin.
“Korxona mutasaddilari murojaatni darhol ko‘rib chiqib, o‘ziga tegishliligi bo‘yicha darhol chora ko‘rilishini ta’minlaydi”, — deyiladi korxona matbuot xizmati xabarida.
Izoh (0)