6—22-sentabr kunlari Rossiyaning Yekaterinburg shahrida bo‘lib o‘tgan boks bo‘yicha Jahon chempionatida O‘zbekiston terma jamoasi muvaffaqiyatli ishtirok etdi.
O‘zbekistonlik bokschilar ushbu musobaqada 3 ta oltin, 1 ta kumush va 1 ta bronza medal bilan umumjamoa hisobida birinchi o‘rinni qo‘lga kiritgandi.
Mazkur musobaqada ishtirok etgan bir nechta bokschi va murabbiylar O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan faxriy unvon va medallar bilan mukofotlandi.
Xususan, Jahon chempionlari Bahodir Jalolov, Miraziz Mirzaxalilov “O‘zbekiston iftixori” unvoni bilan taqdirlangan bo‘lsa, Shaxobidin Zoirov “O‘zbekiston Respublikasida xizmat ko‘rsatgan sportchi” unvoniga sazovor bo‘ldi.
“O‘zbekiston iftixori”
Jalolov Bahodir Isomiddin o‘g‘li — Boks bo‘yicha O‘zbekiston milliy terma jamoasi a’zosiMirzaxalilov Mirazizbek Mirzakarim o‘g‘li — Boks bo‘yicha O‘zbekiston milliy terma jamoasi a’zosi
“O‘zbekiston Respublikasida xizmat ko‘rsatgan sport ustozi”
Kurbanov Marat Galiyevich — Boks bo‘yicha O‘zbekiston milliy terma jamoasi bosh murabbiyiQilichev To‘lkin Maxmurovich — Respublika ixtisoslashtirilgan olimpiya zaxiralari maktab-internatining boks bo‘yicha murabbiyi
Erkayev Baxodir Turgunovich — Farg‘ona viloyati ixtisoslashtirilgan bolalar va o‘smirlar sport maktabining boks bo‘yicha murabbiyi
“O‘zbekiston Respublikasida xizmat ko‘rsatgan sportchi”
Zoirov Shaxobidin Shokirovich — Boks bo‘yicha O‘zbekiston milliy terma jamoasi a’zosi“Kelajak bunyodkori” medali
Boturov Bobo-Usmon Shamsutdin o‘g‘li — Boks bo‘yicha O‘zbekiston milliy terma jamoasi a’zosiRo‘zmetov Dilshodbek Yusupbay o‘g‘li — Boks bo‘yicha O‘zbekiston milliy terma jamoasi a’zosi
Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @daryo_sport’ga obuna bo‘ling!
Izoh (0)