“Liverpul” klubi Angliya Liga Kubogi musobaqasidan chetlatilishi mumkin, deya xabar qilmoqda The Athletic.
Gap shundaki, mersisaydliklar klubi musobaqa 3-bosqichi doirasida “MK Dons”ga qarshi kechgan bahsda (2:0) o‘ynash huquqiga ega bo‘lmagan futbolchini maydonga tushirgan bo‘lishi mumkin.
Bu voqea yuzasidan surishtiruv ishlari olib borilmoqda. Futbolchining ismi oshkor etilmagan. Agar “Liverpul” aybdor deb topilsa, u holda jazo sifatida jarimaga tortilishi yoki musobaqadan chetlatilishi mumkin.
“Klub futbolchimiz bilan yuzaga kelgan muammodan xabardor. Biz mutasaddilar bilan gaplashyapmiz va bu boradagi dalillarni taqdim etamiz. Bu vaziyat oxiriga yetmagunga qadar boshqa hech qanday ma’lumot bera olmaymiz”, — deydi “Liverpul” vakillaridan biri.
Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @daryo_sport’ga obuna bo‘ling!
Izoh (0)