Yengil vazn toifasida UFC chempioni Habib Nurmagomedov keyingi jangini 2020-yilning mart yoki aprelida o‘tkazadi.
Bu haqida yakkakurashchining menejeri Rizvan Magomedov “TASS”ga ma’lum qildi.
Avvalroq rossiyalik sportchiga Jorj Sen-Pyer raqib bo‘lishi mumkinligi xabar qilingandi. Shuningdek, Toni Fergyuson ham Habibni bir necha bor jangga chorlagan.
Eslatib o‘tamiz, Nurmagomedov AbubDabi bo‘lib o‘tgan UFC 242 musobaqasida Dastin Poryeni mag‘lubiyatga uchratib chempionlikni himoya qilgandi.
Izoh (0)