Boks bo‘yicha yarim o‘rta vazn toifasida WBA chempioni Menni Pakyao 2020-yil Birlashgan Arab Amirliklarida birinchi yarim o‘rta vazn sobiq chempioni Amir Xonga qarshi jang o‘tkazishi mumkin.
“Men keyingi yili BAAda jang o‘tkazishni reja qilyapman.
Buning uchun yaxshi raqib topish zarur. Amir Xon men bilan kurashishni istamoqda. Biz bu haqda o‘ylab ko‘ramiz. Bu yaxshi jang bo‘lardi”, — deydi Pakyao.
Eslatib o‘tamiz, 40 yoshli filippinlik bokschi o‘zining so‘nggi jangida yarim-o‘rta vazn sobiq chempioni Kit Turmanni mag‘lub etgandi.
Yanada ko‘proq boks va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @daryo_sport’ga obuna bo‘ling!
Izoh (0)