“Milan”ni boshqarayotgan Elliott Management kompaniyasi klubni biznesmen Bernaru Arnoga 960 million yevroga sotishni mo‘ljallamoqda, deya xabar qilmoqda La Repubblica.
Avvalroq klub egalari aksiyalarni 1,2 milliard yevroga baholayotgani xabar qilingandi.
Eslatib o‘tamiz, “Milan”ning xitoylik egalari bankrotga uchragach, klub Elliott Management tasarrufiga o‘tgandi. Biroq futbol biznesida faoliyat yuritishni istamayotgan kompaniya “Milan”ni sotib yuborishni istamoqda. Kelishuv yil so‘ngiga qadar rasmiylashtirishi kutilmoqda.
Manbada ta’kidlanishicha, Arno klub boshqaruviga Massimiliano Allegrini olib kelmoqchi. Italiyalik mutaxassis 2010—2014-yillar mobaynida milanliklar bosh murabbiyi bo‘lgandi.
Izoh (0)