• Profilga Kirish
  • 1751972643_633.png 1751972643_245.png 1751959824_218.svg 1751959824_520.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12653.48
    • RUB159.75
    • EUR14871.64
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +33°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    O‘zbekiston

    Ochlik e’lon qilgan andijonlik ayollarni tasvirga olgan fuqaro asli vaziyat qanday bo‘lganiga oydinlik kiritdi

    Facebook’dagi “Xalq fikri” guruhida Andijon viloyatining Baliqchi tumanida yashovchi ayollar to‘lanmagan kompensatsiya sabab ochlik e’lon qilgani haqida qilgan videomurojaat joylashtirilgandi.

    https://www.facebook.com/Sherzod.Qosimov.1234/videos/521596388616888/

    Videoda tumandagi katta avtomobil yo‘liga turib olgan “Ochlik e’lon qilamiz” yozuvlarini ko‘targan sakkiz ayol, bir erkak va ikki bolakay tasvirlangan, norozilik bildirayotgan ayollar: “Biz Prezident bilan gaplashamiz. Bugundan boshlab ochlik e’lon qilamiz va ko‘chada tunaymiz. Kerak bo‘lsa asfaltga yotib olib, mashina ostiga o‘zimizni tashlaymiz. Hammamiz jonimizdan to‘ydik. Va’dalardan zerikdik, Baliqchi tumani hokimligi bizni bir yildan beri aldab kelmoqda. Kompensatsiya pulimizni undirib berishsin”, — deb o‘z gaplarini bayon qilgandi.

    Yig‘ilganlar nomidan asosiy norozilikni bildirgan onaxonning so‘zlariga ko‘ra, tumanda odamlarning uylari buzilgan va hokimlik bir yildan beri ularga kompensatsiya to‘lamay kelgan. Shuningdek, bankdan kelgan mutasaddilar odamlarni urib-so‘kib, uylaridan haydab chiqarishga uringan.

    Holatni o‘rganish maqsadida “Daryo” muxbiri Baliqchi tumanida bo‘lib, jurnalistik surishtiruv o‘tkazdi.

    Foto: “Daryo”

    Foto: “Daryo”

    “Haqiqatdan ham bormagan joyimiz, kirmagan eshigimiz qolmadi. Eshitadigan insonning o‘zi bo‘lmadi. Hatto Bosh prokuraturagacha bordik. Har gal viloyat hokimi o‘tkazgan sayyor qabullarga borganimizda tuman hokimligidagilar muammoni hal etishga va’da berib, qaytarib yuborishardi. Lekin va’da bajarilmasdi. Bu yoqda esa MIB va bankdagilar kelib, kreditning qarzini to‘la deb turib olishardi. Alam qiladigani, yashab turgan uyimizdan chiqib ketishimizni talab qilishgan. To‘g‘risi, bunday yashashdan bezib ketganimizdan shu ishni qilganmiz. Tuman hokimiga rahmat, o‘sha kunning o‘zida oldimizga kelib, har birimiz bilan alohida suhbatlashdi. Ayrim qo‘shnilarimizning hujjat ishlari yakuni yetishiga barchaga kompensatsiya to‘lovlari to‘lanishini aytdi. Hech qancha o‘tmasdan va’dasini ustidan chiqdi. Endi e’tirozimiz yo‘q”, — deydi Muborak Muhiddinova.

    Fuqaro Abdurahmon Sirojiddinovning aytishicha, videoni joriy yil 29-iyul kuni 170 dan ortiq murojaatiga bepisandlik bilan qaragan mutasaddi tashkilotlarga ko‘rsatish maqsadida o‘zlari istiqomat qilgan ko‘cha boshida olgan.

    — Video qo‘shnilarimizdan tashqari boshqa hech kimga o‘tkazib berilmagan, — deydi u. — Saqlashdan maqsad qandaydir muammo chiqsa, zarurat tug‘ilganda foydalanish bo‘lgan. Tarqalishiga keladigan bo‘lsak, ijtimoiy tarmoqqa kim joylashtirganini ayta olmayman. Tarqatgan odam bilan suhbatlashganimizda tanishlari unga “hokimiyat seni aldayapti, ertaga uysiz qolishing mumkin” degan fikrni bergani ma’lum bo‘ldi. Bundan kayfiyati tushib ketgan, shuningdek, yugur-yugurlardan charchagan qo‘shnimiz shoshqaloqlik qilib, jo‘natib yuborgan. Niyatimiz muammoni ommaga oshkor qilish bo‘lmagan. Chunki masala bundan salkam ikki oy avval yechilgan.

    Baliqchi tuman hokimining sanoatni rivojlantirish, kapital qurilish, kommunikatsiyalar va kommunal xo‘jalik masalalari bo‘yicha o‘rinbosari Sarvar Mitillayevning ma’lum qilishicha, tumanda aholini ijtimoiy muammolarini o‘rganish bo‘yicha tuzilgan respublika va viloyat ishchi guruhi tomonidan 2018-yilning may-iyun oylari davomida Chinobod shaharchasi, “Iftixor” mahallasida joylashgan 65-umumiy uyda yashovchi fuqarolardan uy eskirganligi sababli qaytadan qurish uchun amaliy yordam so‘rab murojaat qilingan.

    Kadr: “O‘zbekiston 24”

    Kadr: “O‘zbekiston 24”

    Umumiy maydoni 25 sotix bo‘lgan ushbu uylarni o‘rganish davrida 1930-yilda xom g‘ishtdan qurilganligi, haqiqatan ham yashash uchun yaroqsiz ahvolga kelib qolganligi, xususan, sanitar-gigiyenik, yong‘in xavfsizligi talablariga to‘liq javob bermasligi aniqlangan.

    Shundan so‘ng 2018-yilning 3-iyun kuni tuman hokimligi va fuqarolar ishtirokida yig‘ilish o‘tkazilgan. Unda eski uylar o‘rnida zamonaviy uy-joy qurilib, o‘z egalariga topshirilishi belgilangan.

    Shunga asoslanib, Baliqchi tumani hokimining 2760-Q sonli qarori qabul qilingan. Unda qator me’yoriy hujjatlar asos qilinib, yashash uchun yaroqsiz bo‘lgan xonadonlarning mulkdorlariga “Go‘ravon” MFY hududida qurilishi rejalashtirilayotgan uylardan tekinga berish mo‘ljallangan.

    Kelishuvga ko‘ra, xonadon egalarining o‘zlari tomonidan binolar buzilib, undan chiqqan qurilish materiallari olib chiqib ketilgan.

    Kadr: “O‘zbekiston 24”

    Kadr: “O‘zbekiston 24”

    Buzish ishlari yakunlanganidan so‘ng qolgan yer maydoni tuman hokimining 2018-yil 26-avgustdagi qarori bilan “Qishloq qurilish invest” Andijon filialiga yangilangan namunaviy loyihalar bo‘yicha ko‘p qavatli arzon uy-joylar qurish uchun vaqtincha foydalanish huquqi bilan ajratib berilgan. Pudrat shartnomasiga ko‘ra, o‘tgan yilning dekabr oyida yuqorida ko‘rsatilgan manzilda “Ixtisoslashgan Shahrixon qurilish” xususiy korxonasi tomonidan bir, ikki va uch xonali 16 xonadondan iborat 2 qavatli hamda ikkita 2 sotixli namunali uy-joylar qurib bitkazilgan.Xonadonlar sobiq umumiy uyda yashagan fuqarolarga “Qishloq qurilish bank” ATB Andijon mintaqaviy filiali tomonidan berilgan kreditlar asosida sotilgan.

    Kadr: “O‘zbekiston 24”

    Kadr: “O‘zbekiston 24”

    Kredit shartnomasiga ko‘ra, xonadonlar uchun dastlabki badal to‘lovi sifatida umumiy summaning 10 foiz qismi fuqarolarning o‘zlari tomonidan, fuqarolar M.Matqobulova, A.Abdullayev, U.Muhitdinova hamda R.Lashmanovaga esa homiylik hisobidan to‘langan.

    Tuman hokimligi huquqshunosi Abdumuxtor Turobjonovga ko‘ra, mazkur vaziyat tuman prokuraturasi tomonidan viloyat yer-mulk kadastri davlat korxonasi va boshqa tashkilotlardan tegishli mutaxassislar jalb etilib o‘rganilgan va natijasiga asosan, yo‘l qo‘yilgan qonun buzilish holatlarini bartaraf etish haqida taqdimnoma kiritilgan.

    Foto: “Daryo”

    Foto: “Daryo”

    O‘rganish davomida sobiq 65-umumiy uyda istiqomat qilgan 4 nafar fuqaroning 5 ta xonadonga nisbatan o‘zlarining qonuniy egaligida ekanligini tasdiqlovchi hujjatlari mavjudligi aniqlangan. Qolgan 11 nafar fuqaroga o‘zlari istiqomat qilib kelgan xonadonlarga nisbatan egalik huquqini tasdiqlovchi hujjatlarni taqdim etishlari lozimligi tushuntirilgan. Videodagi ayollarning 7 nafari, ya’ni M.Muhitdinova, A.Muhitdinov, M.Ahmedova, M.Abdullayeva, M.Isaqova, R.Rasmanova va Yo.Yusupova buzilgan xonadonlari uchun tovon puli talab qilgan bo‘lsa-da, egalik huquqini tasdiqlovchi hech qanday huquqiy hujjat taqdim etmagan.

    — Uyi buzilgan fuqarorlarning aksariyati tuman hokimligi tomonidan “Go‘ravon” mahallasidan tekinga berilayotgan uylarni rad qilib, evaziga hozirda o‘zlari kredit shartnomasi asosida sotib olgan uylari uchun to‘lovlarni to‘lab berishni so‘rashgan, — deydi Abdumuxtor Turobjonov. — Shu sababli, tuman hokimining 2019- yil 7-sentabr kuni farmoyishi qabul qilinib, unga ko‘ra mazkur uylar uchun bank muassasasiga to‘lovlar bosqichma-bosqich to‘lab berilishi belgilangan.

    Foto: “Daryo”

    Foto: “Daryo”

    Abdurahmon Sirojiddinov video ijtimoiy tarmoqlarga joylashtirilgandan so‘ng qoldirilayotgan izohlarga noroziligini bildirdi. Bu haqda o‘zining fikrlarini bayon qildi:

    — Ijtimoiy tarmoqlardagi izohlarda bizni noshukurlikda ayblashayotganiga guvoh bo‘lmoqdamiz. “Ayrimlar qonunlarga qarshilik ko‘rsatishmoqda”, degan fikrlarni ham o‘qimoqdamiz. Yurtdoshlarimizdan videoga diqqat bilan quloq tutishlarini iltimos qilamiz. Biz tomondan Prezident siyosatiga, viloyat hokimligiga hech qanday qarshilik bo‘lmagan, aksincha, dardimizga quloq tutishlarini, yordam berishlarini so‘raganmiz, xolos. Bundan tashqari, faqat bizni ayblashlari ham noo‘rinligini aytib, murojaatlarimizni eshitmagan, o‘z vaqtida javob bermagan mutasaddilarning ham aybi borligini eslatib o‘tmoqchiman. Viloyat va tuman hokimi muammoyimizni ikki oy avval yechib berganini ham alohida qayd etmoqchiman.

    20.09.2019, 22:45   Izoh (0)   41461
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    Urgutda shifoxona yopildi, chaqaloq yo‘lda tug‘ildi (video)

    20.09.2019, 22:29

    O‘zbekistonda “Qahramon ona” ordeni qayta ta’sis etilishi mumkin

    20.09.2019, 21:59

    Fotoreportaj: Mudofaa vazirligi harbiylarining Humo Arena’dagi chiqishlari

    20.09.2019, 21:14

    Maktabgacha ta’lim vazirligi Isuzu HC-40 avtobuslarida faoliyat yuritadigan “mobil bog‘chalar”ni tashkil etadi. Loyiha O‘zbekistondagi 14 ta tumanda sinovdan o‘tka...

    20.09.2019, 20:43

    Toshkentda 52 kishining arizasi asosida Human xususiy bandlik agentligi rahbariga nisbatan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi

    20.09.2019, 20:27

    Buxoroda YHXB inspektori ayol haydovchiga noto‘g‘ri jarima qo‘lladi. Ikki avtomobilning davlat raqami deyarli bir xil bo‘lgani aytilmoqda

    20.09.2019, 20:12
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    OKMKda yangi sulfat kislota sexi qurilmoqda


    Yandex Music’da jazirama kayfiyat uchun maxsus “Chilla” bo‘limi paydo bo‘ldi


    “Euromoney” talqinida “O‘zsanoatqurilishbank” O‘zbekistonning eng yaxshi banki deb e’tirof etildi


    Biznes va tadbirkorlik oliy maktabi magistratura dasturlariga qabul jarayonlari davom etayotganini ma’lum qiladi


    Sug‘urta sohasidagi uzoq kutilgan islohotlar: manfaatlar qonun himoyasida 


    Mobiuz — 8 milliondan ortiq abonentlar tanlovi 


    Kia Sonet va ADM Global: O‘zbekiston avtomobil klasterini mahalliylashtirilishiga qariyb 260 mln AQSH dollari miqdorida sarmoya


    “O‘zbekinvest” sug‘urta kompaniyasi 2025-yilning I yarim yilligi yakunlarini eʼlon qildi


    Mirzo Ulug‘bek tumanida joylashgan yirik ko‘chmas mulk auksionga qo‘yildi


    O‘zbekistonda tibbiy sug‘urta nima uchun zarur: shifokor qarashi va Neo Insurance tajribasi


    Navoiy innovatsiyalar universiteti 2 milliard so‘mlik grant dasturini e’lon qildi 


    “Biznesni rivojlantirish banki” BMT Taraqqiyot Dasturi bilan hamkorlik qiladi


    Vaqt sinovidan o‘tgan tarmoq: 33-yillik faoliyat, 12 million foydalanuvchi tanlovi va mobil aloqaning yangi arxitekturasi


    “Biznesni rivojlantirish banki” 2025 yilda 138 mingdan ortiq fuqaro bandligini ta’minladi


    Visa Kapitalbank bilan Xitoyga: WeChat Pay va Alipay orqali naqd pulsiz to‘lovlar – erkin, oson va xavfsiz

     

    Tavsiya etamiz

    Bir kechada oddiy ofitsiantdan millionerga aylangan ayol: lotereyadan yutilgan 10 mln dollar mashmashasi

    27 iyul, 09:25
    Audio Icon

    Andijoncha hotamtoylik: “Dunyo sadolari”ga sarflanayotgan milliardlar va shubhali shartnomalar

    24 iyul, 21:25

    “Rossiya allaqachon katta og‘alik maqomini yo‘qotib bo‘ldi”. Ukraina urushi postsovet hududida nimalarni o‘zgartirdi?

    24 iyul, 15:15

    Nildan Frot daryosigacha: maxfiylikdan tobora reallikka aylanib borayotgan “Katta Isroil” konsepsiyasi

    22 iyul, 12:22
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Ichki ishlardan pensiyaga chiqqanlar pul evaziga huquqbuzarliklar profilaktikasiga jalb etiladi

    O‘zbekiston | 27 iyul, 10:05

    Bir kechada oddiy ofitsiantdan millionerga aylangan ayol: lotereyadan yutilgan 10 mln dollar mashmashasi

    Dunyo | 27 iyul, 09:25

    Toshkentda 100 MVt quvvatli elektr energiyasini saqlash tizimi quriladi

    O‘zbekiston | 27 iyul, 08:55

    AQSH Ukraina dronlarini sotib olish uchun 30 mlrd dollarlik shartnoma tuzishi mumkin

    Dunyo | 27 iyul, 08:31

    Nigeriyada gumanitar vaziyat: 6 oyda qariyb 700 bola ochlikdan halok bo‘ldi

    Dunyo | 26 iyul, 23:57

    AQSHda shtatlarga migrantlarni saqlash markazlari qurish uchun 608 mln dollar beriladi

    Dunyo | 26 iyul, 23:47

    Qatar Yevropa Ittifoqiga gaz ta’minotini to‘xtatish bilan tahdid qildi

    Dunyo | 26 iyul, 23:19

    “Qaytmas bo‘lib ketdi”. Rossiyaning yagona aviatashuvchisi sotilishi yoki utilizatsiya qilinishi mumkin

    Dunyo | 26 iyul, 23:07

    UFC on ABC 9. Abu-Dabidagi musobaqaning ilk janglarining birida o‘ziga xos natija qayd etildi

    Sport | 26 iyul, 23:06
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.