• Profilga Kirish
  • 1751972643_633.png 1751972643_245.png 1751959824_218.svg 1751959824_520.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12634.34
    • RUB162.37
    • EUR14821.34
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +22°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    O‘zbekiston

    Maktabgacha ta’lim vazirligi Isuzu HC-40 avtobuslarida faoliyat yuritadigan “mobil bog‘chalar”ni tashkil etadi. Loyiha O‘zbekistondagi 14 ta tumanda sinovdan o‘tkaziladi

    2019-yil 30-iyul kuni Maktabgacha ta’lim vazirligi Isuzu HC-40 avtobuslari bazasida faoliyat ko‘rsatuvchi sayyor maktabgacha ta’lim tashkilotlari loyihasini muhokamaga qo‘ydi, deb xabar beradi Maktabgacha ta’lim vazirligi matbuot xizmati.

    Foto: Maktabgacha ta’lim vazirligi matbuot xizmati

    Foto: Maktabgacha ta’lim vazirligi matbuot xizmati

    Loyiha “O‘zavtosanoat” AJ moliyaviy va texnik ko‘magida amalga oshiriladi.

    2019-yilning 2-iyulida Maktabgacha ta’lim vazirligi va “O‘zavtosanoat” AJ o‘rtasida maktabgacha ta’limning muqobil shakllarini joriy etish sohasida hamkorlik bo‘yicha memorandum imzolandi. O‘zbekistonda Isuzu HC-40 avtobuslari negizida ishlovchi mobil MTTlarni ishlab chiqish va joriy etish hamkorlikning asosiy yo‘nalishi hisoblanadi. Mazkur loyiha bolalar maktabgacha ta’lim bilan qamrab olinishini kengaytirish, shuningdek, MTT mavjud bo‘lmagan olis qishloq joylarda, tog‘li hududlar va aholi punktlarida qamrovni oshirish imkonini beradi.

    Foto: Maktabgacha ta’lim vazirligi matbuot xizmati

    Foto: Maktabgacha ta’lim vazirligi matbuot xizmati

    “Maktabgacha ta’lim vazirligiga ko‘p hollarda olis tumanlarda yashovchi fuqarolar MTTlar mavjud emasligi yuzasidan shikoyatlar bilan murojaat qilishadi. Afsuski, budjet miqdori cheklanganligi munosabati bilan biz har bir aholi punktida MTT ochish imkoniyatiga ega emasmiz va bolalar soni eng ko‘p bo‘lgan joylarni tanlashga majburmiz. MTV ishchi guruhi holatni o‘rganib chiqdi. Tahlil ushbu maqsad uchun joylarda binolarning ajratilishi muammo yechimi bo‘la olmasligini ko‘rsatdi.

    Aholi xonadonlari bir-biridan juda uzoq masofada joylashgan tumanlar mavjud. Statsionar nuqtalar bor-yo‘g‘i 3 kilometr radiusda yashovchi bolalarni qamrab olish imkoniyatini beradi xolos. Har bir oila o‘z transport vositasiga ega emasligi esa har kuni MTTlarga qatnash muammosini tug‘diradi. Bundan tashqari, tog‘li hududlarga talab etilgan kommunikatsiyalarni yetkazib borish muammosi mavjud. Biz albatta bolalar uchun isitish tizimi, suv ta’minoti va kanalizatsiyani ta’minlab bera olish mumkin bo‘lmagan joylarda MTTlar ochmaymiz. Biroq, vazirlik barcha bolalar uchun sifatli maktabgacha ta’lim olish imkoniyatini yaratishga intilmoqda, shu munosabat bilan biz O‘zbekiston uchun mutlaqo yangi mobil MTTlar loyihasini ishga tushirmoqdamiz. Bunday tajriba Shvetsiya, Yangi Zelandiya, Hindistonda muvaffaqiyatli qo‘llanib kelinmoqda. Maxsus avtobuslar yaqin kelajakda MTT qurilishi murakkab bo‘lgan, borish qiyin bo‘lgan joylarda muayyan yo‘nalish bo‘yicha harakatlanadi. Sayyor MTTlar “yoz­­­-qish” rejimida ishlovchi sovutgichlar, quyosh panellari, hojatxonalar, o‘yinchoqlar, rivojlantiruvchi materiallar bilan ta’minlanadi. Shunga ko‘ra, kichik aholi punktlarida yashovchi bolalar bilim olishi, mahorat va ko‘nikmalarini rivojlantirishi, maktabga tayyorlanib borishi mumkin bo‘ladi. Loyihaning boshlang‘ich bosqichida respublika bo‘ylab 14 ta avtobus: Toshkent viloyatida ikkita va hududlarda bittadan avtobus ishga tushiriladi”, — deydi Maktabgacha ta’lim vaziri Agrippina Shin.

    Foto: Maktabgacha ta’lim vazirligi matbuot xizmati

    Foto: Maktabgacha ta’lim vazirligi matbuot xizmati

    Sayyor MTTlarda ta’lim-tarbiya jarayoni hudud ehtiyojlari va iqlim sharoitlarini hisobga olgan holda ikki-uch smenada olib boriladi. Har bir avtobus uchun tarbiyalanuvchilar yashash joyiga yaqin bo‘lgan joyda o‘yingohlar (qumdon, o‘yin maydonchalari va boshqalar) bilan jihozlangan uchtadan turargoh tashkil etiladi.

    Sayyor MTTlar qisqa muddatli guruhlar uchun mo‘ljallangan bo‘lib (kuniga ko‘pi bilan 3 soat), ovqatlanishni tashkil etish majburiyati nazarda tutilmagan. Loyiha uchun MTTlar mavjud bo‘lmaganligi sababli bolalar maktabgacha ta’lim olish imkoniyatiga ega bo‘la olmayotgan hududlar tanlab olindi. Sayyor MTTlar olis qishloqlarda bolalarni maktabgacha ta’lim bilan qamrab olish muammosini tezkor hal qilish imkoniyatini yaratadi.

    Foto: Maktabgacha ta’lim vazirligi matbuot xizmati

    Foto: Maktabgacha ta’lim vazirligi matbuot xizmati

    “Barcha mashg‘ulotlar o‘yin tarzida o‘tkaziladi. Mashg‘ulotlar chog‘ida avtobus harakatda bo‘lmasligi bolalar lat yeyishi ehtimolini to‘la bartaraf etadi. Mobil MTT maxsus turargohga yetib kelgach bolalarga qulay sharoitni ta’minlash uchun xodimlar mebellarni tashqariga chiqarib, tent yordamida shiypon o‘rnatiladi. Tarbiyalanuvchilar vaqtning asosiy qismini ochiq havoda o‘tkazadi va bunday yondashuv Finlyandiyada o‘zini oqlagan. Kuchli sovuq yoki issiq bo‘lgan taqdirda mashg‘ulotlar avtobus ichiga ko‘chiriladi.

    Bu loyihaga shahar o‘lchovlari bilan baho berish mumkin emas. Shahar aholisi jamoat transporti va talab darajasidagi infratuzilma mavjud bo‘lgan sharoitda yashaydi. Biz chekka qishloqlar aholisi bilan uchrashganimizda, ulardan farzandlari maktabgacha ta’lim olishi uchun sharoit yaratib berish bo‘yicha so‘rovlarni ko‘p eshitamiz. Ular ham farzandlari ilk yoshidanoq ta’lim olishi va rivojlanishini istaydilar. Vazirligimiz ularni mana shunday imkoniyat bilan ta’minlash uchun barcha harakatlarni amalga oshiradi”, — deydi Maktabgacha ta’lim vaziri.

    Loyihaning sinov bosqichi uchun 14 ta tumanda 42 ta maydoncha belgilab olindi:

    • Andijon viloyati — Andijon tumani
    • Buxoro viloyati — Qorako‘l tumani
    • Jizzax viloyati — Baxmal tumani
    • Qashqadaryo viloyati — Chiroqchi tumani
    • Namangan viloyati — Yangiqo‘rg‘on tumani
    • Navoiy viloyati — Nurota tumani
    • Samarqand viloyati — Urgut tumani
    • Surxondaryo viloyati — Qumqo‘rg‘on tumani
    • Sirdaryo viloyati — Boyovut tumani
    • Toshkent viloyati — Ohangaron, Yangiyo‘l tumanlari
    • Farg‘ona viloyati — Uchko‘prik tumani
    • Xorazm viloyati — Xazorasp tumani
    • Qoraqalpog‘iston Respublikasi — Ellikqal’a tumani

    20.09.2019, 20:43   Izoh (0)   25940
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    Toshkentda 52 kishining arizasi asosida Human xususiy bandlik agentligi rahbariga nisbatan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi

    20.09.2019, 20:27

    Buxoroda YHXB inspektori ayol haydovchiga noto‘g‘ri jarima qo‘lladi. Ikki avtomobilning davlat raqami deyarli bir xil bo‘lgani aytilmoqda

    20.09.2019, 20:12

    Markaziy Osiyo mamlakatlari 2030-yilgacha mo‘ljallangan energetika strategiyasini ishlab chiqishga kelishib oldi

    20.09.2019, 20:02

    Toshkent shahar hokimi o‘rinbosari O‘zbekistonda “Yandeks.Taksi”ni yopish taklifi bilan chiqdi

    20.09.2019, 19:57

    Sergelida 2 ta davlat bog‘chasi ochildi. Ular Janubiy Koreya modeli asosida loyihalashtirilgan

    20.09.2019, 18:58

    Buxoroda mahalla raisi 600 AQSh dollari va 1,9 mln so‘m pora bilan ushlandi

    20.09.2019, 18:27
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    “KAFOLAT sug‘urta kompaniyasi” AJning moliyaviy barqarorlik reytingi “Fitch Ratings” tomonidan “Ijobiy” prognozi bilan “B+” darajasida tasdiqlandi


    Turizmdagi trendlar 2025: Xitoyda Markaziy Osiyoga – Qozog‘iston, O‘zbekiston, Qirg‘izistonga qiziqish o‘smoqda


    InfinBANK’dan VISA kartasi endi Swoo Pay ilovasida


    Kia O‘zbekiston bozorini egallamoqda: 2025-yilning birinchi yarmida rekord darajadagi sotuvlar


    Neo Insurance — sug‘urta bozoridagi raqamli o‘zgarishlarning 2 yillik natijasi 


    Chiqim va kirim: nazorat sari ilk qadam


    O‘zbekistonda yangilangan HAVAL H6 rasman ishga tushirildi


    Central Asian University RUR va THE Impact Rankings 2025 xalqaro reytinglarida o‘z mavqeini mustahkamlamoqda


    Beeline Uzbekistan hududlarda raqamli rivojlanishni jadallashtirmoqda


    BI Sad’O Business loyihasida ochiq eshiklar kuni bo‘lib o‘tdi va CHILLA aksiyasi boshlandi


    Centrum Air 25-iyuldan Toshkent — Seul to‘g‘ridan-to‘g‘ri reyslarini boshlaydi 


    O‘zbekiston Milliy banki xalqaro kapital bozorida 400 mln AQSH dollarlik obligatsiyalarni muvaffaqiyatli joylashtirdi


    Ipak Yo‘li Bankdan Tradeloan: xalqaro bitimlarni moliyalashtirish


    Ipotekaga xonadon, sovg‘a sifatida esa — omborxona!


    Ichkaridan nazar: Imzo fabrikasi qanday ishlaydi?

     

    Tavsiya etamiz

    Kreml soyasidagi jumboqlar: sirli ravishda vafot etgan rossiyalik tadbirkor va amaldorlar

    10 iyul, 20:40

    Isroilning G‘azodagi qirg‘ini yagona emas: Insoniyat tarixidagi eng yirik genotsidlar qanday sodir bo‘lgandi?

    10 iyul, 19:12

    Patriot: Isroil voz kechgan, Ukraina esa ko‘prog‘iga ega chiqishni istayotgan yarim asrlik tizim haqida nimalar ma’lum?

    8 iyul, 20:45

    “O‘lim sharbati”: SSSRda Stalindan so‘ng ikkinchi qudratli shaxs nomi berilgan qurol qanday paydo bo‘lgandi?

    6 iyul, 15:23
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    AQSHda Trampga qarshi tergovlarga yordam bergan xodimlar ishdan bo‘shatildi

    Dunyo | 12 iyul, 23:50

    “Hech kimdan qo‘rqmayman” — Toshkentda tadbirkor bolalar maydonini egallab oldi, aholi norozi

    O‘zbekiston | 12 iyul, 23:37

    “Barcha zapravkalarda elektr quvvatlagichlar o‘rnatiladi” — transport vaziri Ilhom Mahkamov

    O‘zbekiston | 12 iyul, 23:27

    Hindistonda rossiyalik ayol ikki bolasi bilan changalzorda yashayotgani aniqlandi

    Dunyo | 12 iyul, 23:10

    Abbosbek Fayzullayev va “SSKA” — Rossiya Superkubogi sohibi (video)

    Sport | 12 iyul, 22:42

    Fransiyada Yangi Kaledoniya nomli yangi davlat tuzish to‘g‘risida bitim imzolandi

    Dunyo | 12 iyul, 22:35

    Sun’iy intellekt orqali hayotingizni osonlashtirishning 9 ta usuli

    Layfstayl | 12 iyul, 22:00

    Donald Tramp Klublar o‘rtasidagi JCH finalida qatnashadi

    Sport | 12 iyul, 21:35
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.