• Profilga Kirish
  • 1744009905_435.svg 1744009905_642.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12705.79
    • RUB159.2
    • EUR14704.41
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +37°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    Dunyo

    Hozirgi zamon mustamlakachilari. Xitoy va Turkiya ularning safiga qo‘shiladimi? Britaniya iqtisodiyoti xavf ostida. Jahon matbuoti sharhi

    “Daryo” o‘tayotgan haftada dunyo matbuotida keng yoritilgan, ko‘pchilikning qiziqishiga sabab bo‘lgan maqolalar sharhiga to‘xtalib o‘tadi.

    Emigratsiyani tanlayotgan amerikaliklar

    The Economist nashri Lotin Amerikasi mamlakatlaridagi demografik vaziyatni sharhlar ekan, nima uchun bu mamlakatlar aholisi mintaqani tark etayotganini izohlaydi. Emigratsiya sabablari sifatida jinoyatchilik darajasi yuqori ekani, iqtisodiyot ayanchli ahvolda ekani va korrupsiya kabi salbiy omillar keltiriladi.

    Foto: Google Photos

    Foto: Google Photos

    Masalan, venesuelaliklarni xorijga ketishga majburlovchi bir qancha sabablari bor. Hukumat o‘tgan davr ichida rasmiylarga norozilik bildirgan 5 287 shaxsni jismonan yo‘q qildi, inflyatsiya darajasi o‘ta yuqoriligicha qolmoqda, 2018-yilning dastlabki choragida aholining turmush darajasi o‘ta yomonlashdi. Mamlakatning 13 foiz aholisi qariyb 4 milliondan ortiq venesuelaliklar mamlakatni tark etdi.

    Salvador, Gonduras va Gvatemala fuqarolari ham ommaviy ravishda o‘z mamlakatlarini tark etmoqda. Zo‘ravonlik, qashshoqlik odamlarni holdan toydirdi va noqonuniy muhojir tashuvchi “tadbirkorlik” faoliyati rivojlanmoqda. Muhojirlar masalasi AQSh chegarasida yanada og‘riqli muammolarni keltirib chiqarmoda.

    AQShda joylashgan Gallup ijtimoiy so‘rov markazi o‘tkazgan so‘rovnomalarga binoan Lotin Amerikasining 19 mamlakatidan 15 tasida istiqomat qilayotganlar “mamlakatingizdan ko‘chib ketishni istaysizmi?” degan savolga “Ha” deb javob bergan.

    Braziliyada jinoiy to‘dalar orasida kelib chiqqan ixtiloflarda 2017-yilning o‘zida 63 380 nafar shaxs halok bo‘lgan natijada braziliyaliklarning 33 foiz aholisi o‘z mamlakatini tark etish istagini bildirgan.

    Qit’aning boshqa mamlakatlarida esa davlatni boshqarishdagi rasmiylarning uquvsizligi norozilikning bosh sababidir. 2010-yilda Lotin Amerikasining yalpi ichki mahsuloti  o‘sishi 6 foizni tashkil etdi. 2016-yildan buyon Braziliya va Argentinada iqtisodiy inqiroz davom etmoqda. Mintaqaning ikkinchi eng yirik mamlakati bo‘lgan Meksikada ham iqtisodiy o‘sish hajmi sekin bormoqda.

    Lotin Amerikasi aholisini emigratsiyaga yuz tutishiga sabab bo‘layotgan uchinchi omil esa korrupsiya bo‘lib qolmoqda. Braziliyada sanoat korchalonlari moddiy manfaat ko‘rish uchun siyosatchilarga ko‘p miqdorda pora bergani mamlakatda katta rezonansga sabab bo‘dli. Peruning sobiq prezidenti Alan Grasia Braziliyadagi poraxo‘rlikka aloqadorlikda ayblanib mahkama jarayonlariga tortilishidan avval o‘z joniga qasd qilib vafot etdi. Amerikaliklar o‘z mamlakatidagi siyosiy tizimdan noroziligi 2010-yildagi 52 foizdan o‘tgan yili 71 foizga o‘sdi.

    Braziliyada korrupsiyaga qarshi kurash siyosatini ko‘tarib chiqqan populist konservator Jair Bolsanaro va Meksikada so‘llar yetakchisi Andres Manuel Lopes Obradorlar hokimiyat tepasiga keldi. Ular o‘z oldiga qo‘ygan muammolarni hal eta oladimi, vaqt masalasidir.

    Britaniyada nima sodir bo‘lmoqda: xorijliklarga izoh

    Buyuk Britaniya satirik sayti The Daily Mash keyingi paytlarda Tumanli Albionda kechayotgan siyosiy jarayonlarni kulgi ostiga olib, “yetakchi britan siyosatchilaridan sog‘lom fikrdan boshqa hamma narsani kutish mumkin” deb yozmoqda.

    Foto: The Daily Mash

    Foto: The Daily Mash

    “Siz xorijlikmisiz? Unda nega barcha parlamentlarning ibtidosi pul yuvish masalasida alban piramidasidanda tezroq yemirilmoqda?” – deb savol qo‘yadi va masalani izohlashga urinadi.

    Ayni paytda mamlakat rahbari kim?

    Nazariy jihatdan mamlakatni Boris Jonson boshqarmoqda. Uni boshqa siyosatchilardan osongina ajratib olasiz, u kulgi xonasidagi go‘dakka o‘xshaydi va tez-tez o‘zining yovuz qiyofasini namoyish qilib turadi. Lekin amalda “Alouddin”da unga Ja’far rolini berishlarini orzu qiladigan kulrang kardinal Dominik Kammingsga o‘xshaydi.

    Muxolifatda kim?

    Texnik jihatdan – Jeremi Korbin. Lekin hech kim uni jiddiy rahbar sifatida qabul qilmaydi. Ayni paytda konservatorlarga biroz “tomi ketgan” konservatorlar muxolif bo‘lib turibdi. Sharqiy Yevropaning bir partiyali tizimini ko‘rganlar vaziyatni yanada yaxshiroq tushunadi.

    Saylov bo‘ladimi?

    Ayni paytda britancha siyosat Italiya siyosati kabi ichigacha chirib ketgan degan tasavvur paydo bo‘lgan. Shuning uchun Jonson to‘satdan Vestminsterni 5-kanalning realit-shousidagi maxarojaning qarorgohiga aylantirsa ham britaniyaliklar ajablanmaydi. Umuman olganda, balki shunday bo‘lar ham...

    Brexit yuz beradimi?

    Hozirda Brexit yuz berishi mumkin emasday ko‘rinadi. Biroq Marsni koloniyaga aylantirishni va’da berishgan, bu esa mutlaqo mumkin emas.

    Britaniyada yashamayotganimizga xursand bo‘lish uchun sabab bormi?

    Bo‘lmasamchi!

    Britaniya retsessiya arafasida

    Britaniya iqtisodiy faollik indeksi mamlakat retsessiyaga qarab yuz tutayotganidan guvohlik bermoqda, deb yozadi The Times nashri. Britaniya zavodlari va qurilish kompaniyalari qisqarmoqda, o‘z ichiga banklar, logistika va yuridik xizmatlarni olgan xizmat ko‘rsatish sohalari deyarli stagnatsiya holatida. Biznes doiralarining xavotirlari Brexit mojarosi tufayli kuchaygandan kuchaydi.

    Foto: The Times

    Foto: The Times

    Britaniya keyingi o‘n yil ichida retsessiya yoqasiga kelib qoldi. Tadqiqotlar esa siyosiy sohadagi mavhumlik xizmat ko‘rsatish sohasiga ulkan zarar yetkazayotganini ko‘rsatmoqda.

    Yalpi mahsulotning beshdan to‘rt qismini tashkil qiladigan bu sohadagi faollik sustlashdi va avgust oyida deyarli to‘xtab qoldi. IHS Market kompaniyasi ma’lumotiga ko‘ra, qirollik iqtisodiyoti oxirgi uch oy ichida 0,1 foizga qisqargan. Bu mart – iyun oylaridagi 0,2 foiz qisqarishdan so‘ng qatorasiga ikki chorak salbiy o‘sishni, boshqacha qilib aytganda, texnik retsessiyani anglatadi.

    Tadqiqotda Birlashgan Qirollik iqtisodiyoti 2009-yilgi moliyaviy inqirozdan keyingi davrda o‘z tarixidagi eng yomon davrni boshidan kechirayotgani aytiladi. Biznesdagi optimizm va yangi buyurtmalar miqdori kamaymoqda, bandlik o‘smayapti, firmalar xarajat bosimi ostida qolmoqda.

    Avgust oyida o‘tkazilgan tadqiqotlarni yakunlaydigan Ishchanlik faolligi indeksi ma’lumotlari e’lon qilingach, retsessiya boshlanayotgani haqida ogohlantirishlar ham paydo bo‘ldi. Xizmat ko‘rsatish sohasidagi ko‘rsatkichlar 51,4 dan 50,6 bandgacha pasaydi. 50 banddan past ko‘rsatkich iqtisodiyot retsessiyaga yuz tutganidan dalolat. Xizmat ko‘rsatish sohasida band bo‘lgan kompaniyalar Brexit bilan bog‘liq mavhumliklar va korporativ xarajatlar qisqarayotganini ro‘kach qilmoqda. Buyurtmalar to‘xtab qolgan, yangi mijozlar Britaniya taqdiri borasidagi noaniqlik nima bilan tugashini bilmaydi.

    Moliya vazirligi va Angliya banki iqtisodiyotdagi o‘zgarishlar qanday o‘zandan ketishini ayni paytda taxmin qila olishi mumkin.

    Hozirgi zamon davlatlarining dunyoni bo‘lib olishga bo‘lgan urinishi

    Mustamlakachilik ko‘pchilik nazarida o‘tmish sarqiti, lekin aslida bunday emas, deb yozadi Topwar geosiyosat tahlillari markazi nashri. Hozir ham 150 yil avval bo‘lgani kabi ta’sir doiralari uchun kurash davom etmoqda. Faqat hozirda eski mustamlakachi mamlakatlar safiga yangi da’vogarlar qo‘shilgan. Katta yettilik (G7) aslida eski mustamlakachilar boshlagan loyihaning davomi.

    Foto: Google Photos

    Foto: Google Photos

    Yaqinda Yaponiyaning Osaka shahrida G7 ning navbatdagi uchrashuvi bo‘lib o‘tdi. Bu yig‘inning asosiy qatnashchilari eski mustamlakachi davlatlar – Buyuk Britaniya, AQSh, Germaniya, Fransiya, Italiya va Yaponiya. Ammo bu ro‘yxatda Gollandiya, Belgiya, Ispaniya, Portugaliya, Daniya yo‘q. Sababi, hozirda bu davlatlar ilgarigidagidek ta’sir kuchiga ega emas.

    Eski mustamlakachi davlatlarning asosiy maqsadi – o‘z ta’sir doirasini saqlab qolish, dunyo iqtisodiyoti va siyosatida faollikka da’vo qilayotgan Xitoy, Rossiya va boshqa davlatlarning ta’sir doirasi o‘sib borishiga to‘sqinlik qilish. Bahona esa tayin – inson huquqlari bilan bog‘liq muammolar, manfaatlar to‘qnashuvi.

    Zamonaviy mustamlakachilik sayyoramizning turli mintaqalarida – Ukrainadan tortib Zimbabvegacha, Liviyadan Filippingacha, Venesueladan Shimoliy Koreyagacha o‘zini namoyish etmoqda. G‘arb davlatlari turli rejimlar, tizimlar va xalqlarga baho berish huquqini saqlab qolishga urinmoqda. Qaysi davlatlar quvg‘in, qaysi davlatlar ishonsa bo‘ladigan – belgilashga urinmoqda. Nahotki Saudiya Arabistoni Venesueladan ko‘ra ko‘proq inson huqulariga rioya etadi? Lekin ar-Riyod G‘arb o‘lchamlariga mos kelgani uchun ham dastaklanadi, Damashq esa bosim ostida.

    Xitoy va uning rejalari

    G‘arb uchun Xitoy yangi qudratli raqib bo‘lib qoldi. Osmon osti saltanati rahbari Si Szinpin 2049-yilga borib Chin o‘lkasini dunyoning eng qudratli davlatiga aylantirish istagini sir tutayotgani yo‘q. Ko‘p sohalarda Xitoy AQShni ortda qoldirayotgani ham ayni haqiqat.

    Xitoyning ta’sir doirasini kengaytirish siyosati Mao Szedun davriga borib taqaladi. O‘sha kezlarda mamlakatr Janubiy-Sharqiy Osiyo va Janubiy Osiyodagi maochilar guruhlarini dastaklash bilan mashg‘ul, bu guruhlar Xitoy xavfsizlik xizmati kuchlarining yordamini olar edi. Hozirda esa Xitoy Afrika, Lotin Amerikasi va Markaziy Osiyo mintaqasida yetakchi. Qachonlardir fransuz, ingliz, rus tilini o‘rgangan mamlakatlarda xitoy tilini o‘rganish trendda.

    Osiyoda Xitoy Hindiston bilan sovuq urush davridan beri bir ilib, bir sovub, munosabatlarga kirishayotgan Pokistonni qo‘llamoqda. Qozog‘iston, Qirg‘iziston, Tojikiston, Mo‘g‘uliston allaqachon Xitoy ta’sir doirasida.

    Rossiya: tanazzulga yuz tutgan imperiyami yoki kuchga kirib borayotgan arslon?

    Sovet Ittifoqi qulashi bilan G‘arb uchun qudratli hokimiyat ham tugagandek edi. Ammo oradan o‘n yil o‘tar-o‘tmas Rossiya o‘zining siyosiy ambitsiyalarini namoyish eta boshladi. Ayni paytda Rossiya Suriya, bir qator Afrika mamlakatlari (JAR, Liviya, Sudan, Misr) va Markaziy Osiyo mamlakatlari siyosiy voqealarda faol. Ammo ruslar iqtisodiyoti oqsayotgani ham bor gap.

    Yaqin Sharqdagi musulmon mamlakatlari

    Islom dunyosida ham bir qator faol mamlakatlar bor. Saudiya Arabistoni mintaqada yetakchi bo‘lishga da’vo qilmoqda. Saudiylarning o‘z rejalari ham bor. Saudiya Arabistoni sunniylar dunyosida – Marokashdan Indoneziyagacha, Qozog‘istondan Komor orollarigacha o‘z iqtisodiy ta’sirini yoyish istagida. Shu bois turli xil jamg‘armalar orqali ta’sirini yoymoqchi.

    Yetakchilikka intilayotgan yana bir davlat Erondir. Faqat Eron u G‘arb dastagidan benasib. Tehron shialar dunyosi – Iroq, Ozarbayjon, Livan, Suriya, Yaman, Bahraynda yetakchi bo‘lishga intilmoqda.

    Turkiya

    Rajab Toyyib Erdo‘g‘on hokimiyat tepasiga kelishi bilan Turkiya tashqi siyosatida Yangi Usmonli siyosatini dastak qilib oldi. Turkiya siyosatini kengaytirish maqsadida asosan turkiy tilli mamlakatlar – Markaziy Osyo respublikalari, Ozarbayjon, Rossiya tasarrufidagi Shimoliy Kavkaz, Volgabo‘yi respublikalarida, Bosniya, Albaniya, Gersogovinada faoliyat olib bormoqda. Bundan tashqari, rasmiy Anqara Yaqin Sharqda asosiy siyosiy kuch bo‘lish istagini bildirmoqda.

    Hozirgi davr imperiyalari haqida gapirar ekanmiz, saudiyalik publitsist Husayn Shoboqshining  Isroilni ham nazardan qochirmaslik kerak degan fikri yodga tushadi. Isroil, tor doiradagi siyosat bilan kifoyalansa-da, turli davlatlardagi yahudiylarning ta’siri bilan u yoki bu mamlakat ichki va tashqi siyosatiga ta’sir qilishni ma’qul ko‘radi.

    Jahongir Ergashev tayyorladi.

    07.09.2019, 10:21   Izoh (0)   63952
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    Robert Mugabe vafotidan keyin “Milliy qahramon” unvoni bilan taqdirlandi

    07.09.2019, 10:17

    Zimbabvening sobiq prezidenti Robert Mugabe vafot etdi. Nomi chiqqan afrikalik diktator haqida nimalarni bilamiz?

    07.09.2019, 07:20

    Aleksandr Lukashenko Ilon Mask unga Tesla sovg‘a qilgani haqida maqtangandi. Maskning esa bu sovg‘adan xabari yo‘q

    06.09.2019, 18:07

    Zimbabvening sobiq prezidenti Robert Mugabe 95 yoshida vafot etdi

    06.09.2019, 16:00

    Avstraliyalik ayol koma holatida bo‘la turib sog‘lom qizchani dunyoga keltirdi

    06.09.2019, 11:58

    Indoneziyaning yangi poytaxti Kalimantan junglilarida quriladigan bo‘ldi

    06.09.2019, 10:48
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    SAG 25 yilligi munosabati bilan Abu-Dabida hamkorlari uchun biznes tur tashkillashtirdi 


    Way II Toshkent xalqaro investitsiya forumida ishtirok etmoqda 


    TENET: “Stellar Residence” apartamentlari 24 oygacha bosqichma-bosqich to‘lov bilan 


    InfinBank Visa kartalari bilan endi WeChat Pay va Alipay orqali to‘lash mumkin


    InfinBANK AstraSend orqali xalqaro pul o‘tkazmalarini yo‘lga qo‘ymoqda


    Uzbekistan Airways bilan Kuala-Lumpur va Bangkokga sayohatni rejalashtiring


    Golden House’dan “O‘z Makon”: Toshkentdagi shahar hayotining yangi mezoni


    110% grant va xalqaro amaliyotlar: Central Asian University va AKFA Medline University Hospital rezidentura dasturiga qabul davom etmoqda


    Hyundai Tucson: 24 oyga bo‘lib to‘lash imkoniyati — qulay, tez, foydali


    Bekobodda "Biznesni rivojlantirish banki"ning  zamonaviy bank xizmatlari markazi ish boshladi


    American University of Technology: ikkita magistrlik diplomi va AQSHda o‘qish imkoniyati


    Mobiuz xodimlari onkologik va gematologik kasalliklar bilan kurashayotgan bolalarga yordam ko‘rsatdi


    President Tech Award: 1 000 000 dollarlik sovrin jamg‘armasiga ega innovatsion loyihalar milliy tanlovi boshlandi


    Mikrokreditbank xalqaro moliya institutlari bilan muhim kelishuvlarga erishdi


    G‘alabadan ilhom, kelajak sari dadil qadam – Jahon chempionatiga yo‘l olgan chempionlar uchun BYD avtomobillari tuhfa etildi

     

    Tavsiya etamiz

    35 yildan so‘ng topilgan sotqin – urush paytida nemislar tomonga o‘tib ketgan ayol qanday fosh bo‘lgandi?

    14 iyun, 17:20
    Audio Icon

    Isroil va Eron mojarosi: sabablari, xronologiyasi, oqibatlari (foto, video)

    14 iyun, 16:36

    G‘azodagi ayol va qizlar: Isroil qamali ostida ularning hayoti qanday kechmoqda? (foto)

    13 iyun, 08:31
    Audio Icon

    “Hokim uyingni ekskavator bilan buzib tashlayman deb po‘pisa qilyapti”, — Samarqandda uyi “snos”ga tushganlarga kompensatsiya to‘lab berilmadi

    11 iyun, 20:50
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    “O‘zgidromet” hafta boshida qanday ob-havo bo‘lishini ma’lum qildi

    O‘zbekiston | 15 iyun, 14:55

    Toshkentda Dynamic Tower qurilishi mumkin

    O‘zbekiston | 15 iyun, 14:13

    Aguero: “Ronaldu Klublar o‘rtasidagi Jahon chempionatini televizorda ko‘rayapti”

    Sport | 15 iyun, 14:00

    Misrdan gepatit C ga qarshi dori vositalari uchinchi partiyasi O‘zbekistonga yetib keldi

    O‘zbekiston | 15 iyun, 12:52

    “Liverpul” ikki hujumchisini 105 mln yevroga pullamoqchi

    Sport | 15 iyun, 12:37

    Parkentda 3 nafar bola suvga cho‘kib vafot etdi

    O‘zbekiston | 15 iyun, 11:48
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.