• Profilga Kirish
  • 1751972643_633.png 1751972643_245.png 1751959824_218.svg 1751959824_520.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12581.97
    • RUB157.75
    • EUR14698.26
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +25°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    Dunyo

    Zimbabvening sobiq prezidenti Robert Mugabe vafot etdi. Nomi chiqqan afrikalik diktator haqida nimalarni bilamiz?

    Zimbabvening sobiq prezidenti Robert Mugabe 6-sentabr kuni 95 yoshda vafot etgani haqida xabarlar paydo bo‘ldi. Singapurda hayotdan ko‘z yumgan Robert so‘nggi yillarda og‘ir xastalikka chalingan bo‘lgan.

    Robert Mugabe 1980-yili, Zimbabve mustaqillikka erishganda bosh vazir bo‘lgandi. 7 yildan so‘ng bu lavozimni bekor qilib, o‘zini prezident etib tayinlaydi. Mugabe davlat rahbarligiga olti marotaba qayta saylangan va mamlakatni salkam 40 yil boshqargan. 2017-yildagi davlat to‘ntarilishidan so‘ng iste’foga chiqishga majbur bo‘lgan.

    “Meduza” nomi chiqqan afrikalik diktator Robert Mugabe haqida bilish lozim bo‘lgan jihatlarga e’tibor qaratdi.

    Robert Mugabe. Foto: Mike Hutchings / Reuters / Scanpix / LETA

    Robert Mugabe. Foto: Mike Hutchings / Reuters / Scanpix / LETA

    Robert Mugabe qanday qilib hokimiyat tepasiga kelgan?

    Mugabening asli kasbi o‘qituvchi, 1960-yillardan siyosatga aralasha boshlagan. O‘sha vaqtlarda Zimbabve Buyuk Britaniyaning o‘z-o‘zini boshqaruvchi mustamlakasi edi va segregatsiya (qora tanlilarni ajratib qo‘yish) siyosatini yurgizuvchi oq tanli ozchilik hukumati tomonidan boshqarilardi.

    1960-yillar oxiridan to 1979-yilga qadar mamlakat mustaqillik uchun urushni boshdan kechirgan, shu vaqtda ikki milliy partiya maydonga chiqqan. Mugabe ulardan biri — “Zimbabvening Afrika milliy ittifoqi” (ZAMI) yetakchisi edi. 1980-yili Zimbabve mustaqillikka erishganidan so‘ng, ZAMI parlament saylovlarida g‘olib chiqqan, Mugabe esa bosh vazir lavozimini egalladi. Oradan yetti yil o‘tib, 1987-yili u mamlakat konstitutsiyasiga o‘zgartirish kiritib, bosh vazir lavozimini bekor qildi, o‘zini esa prezident deb e’lon qiladi (keyinchalik u prezident saylovlarida besh marta g‘olib chiqqan).

    Foto: “Getty Images”

    Foto: “Getty Images”

    Mugabe yaxshi prezident bo‘lganmi?

    Mugabe hokimiyat tepasiga kelgan vaqtda Zimbabve iqtisodiyoti Afrikada eng qudratlilaridan biri edi. Hozir esa jahonning eng qashshoq 30 mamlakatidan biri. Biroq mustaqillikning va Mugabe hukmronligining ilk yillari zimbabveliklar o‘z rahbaridan norozi bo‘lmagan. Bunga bir necha sabab bor.

    Mugabe legitim parlament saylovi yakunlariga ko‘ra bosh vazirga aylangan. U inqilob ramzi va nafaqat Zimbabveda, balki undan tashqarida ham yaxshigina obro‘-e’tiborga ega edi. Bundan tashqari, barqaror iqtisodiyotga ega mamlakat rahbariga aylangach, u ijtimoiy sohaga katta e’tibor qaratgan: uning hukmronligining dastlabki 10 yilida ta’lim va sog‘liqni saqlashga ajratilgan xarajatlar uch barobarga oshgan.

    Umuman olganda, Mugabe siyosiy nuqtai nazardan so‘l qanot vakili edi: u eng kam ish haqi miqdorini belgilagan, yangi ish o‘rinlari yaratilishini rag‘batlantirgan, kreditlar bo‘yicha stavkalarni cheklagan.

    Biroq 2000-yilning boshida mamlakatda inqiroz boshlanib, 2008-yilda u o‘z cho‘qqisiga chiqdi. O‘shanda Zimbabve tashqi qarzi yalpi ichki mahsulot (YIM)ning 131 foizini tashkil etdi, YIMning o‘zi esa 18 foizga qisqardi. 2008-yil oxiriga borib inflyatsiya darajasi oyiga 79 milliard foizga yetdi; narxlar har 24 soatda ikki barobarga oshardi.

    2009-yili Mugabe milliy valyuta — Zimbabve dollaridan voz kechishga majbur bo‘lgan va hisob-kitoblar uchun AQSh dollari va Janubiy Afrika Respublikasi (JAR) randidan foydalanishga o‘tilgan. Shundan beri mamlakat YIMining hajmi 2016-yilda salkam 0 darajagacha tushgan bo‘lsa-da manfiy ko‘rsatkichgacha pasaygani yo‘q. Hozir esa Zimbabveda yana yangi inqiroz yuz berishi ehtimoli borligi aytilmoqda.

    Foto: “Getty Images”

    Foto: “Getty Images”

    Nima uchun mamlakatda bunday jiddiy inqiroz yuz bergan? Mugabe yana qanday ishlari bilan mashhur?

    Mugabe Zimbabvedan oq tanli fermerlarni haydagani bilan tanilgan. Aynan mana shu “tezkor yer islohoti” Zimbabvedagi inqirozning asosiy sababi hisoblanadi.

    Zimbabve o‘z mustaqilligini e’lon qilgan vaqtda, ya’ni 1980-yilda mamlakatdagi ekin maydonlarining 80 foizi 5 foiz oq tanli aholi qo‘lida edi. Yerlarni qayta taqsimlash inqilobning asosiy shiorlaridan biri bo‘lgan, biroq Buyuk Britaniya bilan imzolangan kelishuv bunday islohot o‘tkazilishini 10 yilga kechiktirgan edi. Davlatga majburiy tartibda sotilishi shart bo‘lgan fermalarning dastlabki ro‘yxati 1990-yillarning boshiga kelibgina tuzilgan.

    2000-yili qora tanli aholi oq tanlilarga tegishli bir necha fermalarni egallab olgan; sud aholining bu harakatlarini noqonuniy deb topgan. Bunga javoban Mugabe oq tanlilarni “davlat dushmani” deb atab, “tezkor agrar islohot” o‘tkazilishini e’lon qilgan. Keyingi uch yil ichida 4300 ta ferma 127 mingdan ziyod qora tanli dehqonlar qo‘liga o‘tgan. Mustamlakachilarning avlodlari mamlakatdan ommaviy ravishda qochishni boshlagan, yerlarning yangi xo‘jayinlarida esa fermerlik qilish bo‘yicha zarur bilim va ko‘nikma yo‘q edi. Oqibatda hosildorlik pasaygan, Zimbabve chet eldan oziq-ovqat sotib olishga majbur bo‘lgan.

    Shunga qaramay, Mugabe yer islohotidan voz kechmadi. 2017-yilga kelib, uning so‘zlariga ko‘ra, oq tanli aholi ixtiyorida bor-yo‘g‘i 73 ta ferma qolgan edi, xolos.

    Foto: “Getty Images”

    Foto: “Getty Images”

    Voris sifatida ko‘rilgan uning xotini qanday ishlari bilan mashhur?

    Aftidan, aynan Greys Mugabening siyosiy xohish-istagi sababli mazkur to‘ntarish yuz berdi. Bungacha u, asosan, o‘zining isrofgarchiligi (bu “fazilati” sharofati bilan u Gucci Greys laqabini orttirgan) va o‘zini munosib tuta bilmasligi bilan tanilgan edi. 2017-yil avgustida Greys Mugabe janubiy afrikalik model Gabriella Enjelsni urgan edi. Hodisa Yohannesburgdagi mehmonxona nomerida yuz bergan — model bu yerda Greysning o‘g‘illari bilan birga bo‘lgan. Enjelsning so‘zlariga ko‘ra, Zimbabve prezidentining xotini xonaga bostirib kirib, u yerda kim bo‘lsa hammani savalay ketgan; modelning peshanasi yorilgan. Qiz Greys Mugabeni tajovuzda aybladi, biroq Zimbabve birinchi xonimi sudga kelmadi — u JAR tomonidan taqdim etilgan diplomatik daxlsizlikdan foydalanib, vataniga qaytib ketgan.

    Mugabe qanday qilib uzoq vaqt hokimiyatni o‘z qo‘lida saqlab tura oldi?

    Oddiy — muxolifatni shafqatsizlik bilan jazolash va saylov natijalarini soxtalashtirish orqali. Bosh vazirga aylangach, Mugabe “Beshinchi brigada” nomli maxsus bo‘linma tuzgan, uning a’zolari 1987-yilga qadar muxolifatdagi “Zimbabvening Afrika xalq ittifoqi” (ZAXI) partiyasining 20 mingga yaqin a’zolari va tarafdorlarini hibsga olib, yo‘q qilgan. Ish ikki partiyaning birlashuvi va Zimbabvening bir partiyali mamlakatga aylanishi bilan yakuniga yetgan.

    Robert Mugabe va Morgan Svangirai. 2008-yil, 22-iyul. Foto: Xinhua / Photoshot / Scanpix / LETA

    Robert Mugabe va Morgan Svangirai. 2008-yil, 22-iyul. Foto: Xinhua / Photoshot / Scanpix / LETA

    Yillar o‘tishi bilan Zimbabvedagi saylovlarning erkinligi kamayib bordi, deydi Illinoys (AQSh) universiteti tarix professori Tereza Barns. Qoidabuzarliklar bo‘yicha eng mashhur saylov 2008-yilgisi hisoblanadi. O‘shanda muxolifatchi Morgan Svangirai prezident saylovining birinchi turida g‘alaba qozongan, biroq tarafdorlariga uyushtirilgan ketma-ket hujumlar sabab ikkinchi tur arafasida o‘z nomzodini saylovdan olgan. U o‘shanda “hokimiyatga erishish yo‘lida odamlarning o‘ldirilishi”ga jim qarab tura olmasligini aytib o‘tgan edi.

    Mugabe saylovning ikkinchi turida 85,5 foiz ovoz olgan — bu o‘sha vaqtda mamlakatda aqlbovar qilmas dahshatli giperinflyatsiya yuz berayotgan vaqtda qayd etilgan natija edi.

     

    Foto: “Getty Images”

    Foto: “Getty Images”

    Mugabeni hammayoqda mana shunday yomon odam deb hisoblashadimi?

    Afrikada Robert Mugabeni hali ham ozodlik uchun kurash timsoli sifatida qadrlaydiganlar bor. U aksariyati o‘zi kabi o‘tmishda mustaqillik uchun kurashgan prezidentlar bilan yaqin munosabatda bo‘lgan.

    Zimbabve prezidentining G‘arb bilan munosabatlari yaxshi emasligi tushunarli hol. 1990-yillar oxirida AQSh va Yevropa Ittifoqi Mugabe tuzumiga qarshi sanksiyalar joriy etgan, Xalqaro valyuta jamg‘armasi, Jahon banki va G‘arbdagi boshqa donorlar Mugabeni iqtisodiyotni qulatganlikda ayblab, moliyaviy yordamni to‘xtatgan. Bunga javoban, u AQSh va Buyuk Britaniyaning fikri bilan hisoblashish niyati yo‘qligini bildirgan. “Meni bu lavozimga tayinlagan Parvardigorgina undan meni olishi mumkin! MDK (Zimbabvedagi muxolifatchi partiya) ham, britaniyaliklar ham meni bu lavozimdan ololmaydi”, — degan edi u 2008-yilgi saylovlar arafasida.

    Foto: “Getty Images”

    Foto: “Getty Images”

    Mugabe harbiy to‘ntarishdan so‘ng nima qildi?

    Davolandi. Qanday kasallikdan davolangani noma’lum. Biroq Zimbabvening prezidenti Emmerson Mnangagvaga Robert Mugabe Singapurda davolanayotgani, sog‘lig‘i yomonlashgani va keksaligi sabab yurolmay qolgani haqida ma’lum qilgandi.

    07.09.2019, 07:20   Izoh (0)   37886
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    Aleksandr Lukashenko Ilon Mask unga Tesla sovg‘a qilgani haqida maqtangandi. Maskning esa bu sovg‘adan xabari yo‘q

    06.09.2019, 18:07

    Zimbabvening sobiq prezidenti Robert Mugabe 95 yoshida vafot etdi

    06.09.2019, 16:00

    Avstraliyalik ayol koma holatida bo‘la turib sog‘lom qizchani dunyoga keltirdi

    06.09.2019, 11:58

    Indoneziyaning yangi poytaxti Kalimantan junglilarida quriladigan bo‘ldi

    06.09.2019, 10:48

    Amerikalik erkak “Dorian” to‘fonidan qo‘rqib, mashinasini uyining oshxonasiga yashirdi (foto)

    05.09.2019, 23:59

    Vladimir Putin qonun doirasida namoyishlarga ruxsat berdi

    05.09.2019, 23:45
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    “Yangi O‘zbekiston” bog‘i yo‘llari yopilgani haqidagi xabarlar asossiz 


    Namangan, Farg‘ona va Andijon Pepsi Music Fest quvvati bilan birlashdi!


    Way II kompaniyasidan ikkinchi dividend to‘lov


    #BirBirimizga: O‘zbekistondagi e’lonlar xizmati qanday qilib har bir narsaga ikkinchi umr beruvchi kampaniyani ishga tushirdi


    “Bog‘ibaland”da anjir sayli: Samarqandda milliy meva bayrami bo‘lib o‘tdi 


    HONOR talabalarni qo‘llab-quvvatlovchi aksiyani e’lon qildi 


    “Omad mavsumi” UZCARD bilan: uch bosqich, uchta sayohat va bosh sovrin — elektromobil 


    APEX BANKdan biznes uchun individual xizmat ko‘rsatish — bu qulaylik bilan biznes yuritish demakdir


    Central Asian University xalqaro Vasiylik kengashi tashkil etilganini e’lon qiladi 


    IMZOning Engelberg premium derazalari Niderlandiyaga eksport qilindi


    Uzbekistan Airways bilan Istanbulga foydali parvoz qiling!


    Way II kompaniyasi o‘z investorlariga dividend to‘lovlarini amalga oshirdi


    Suvchilar maktabi — Prezident tashabbusining amaliy natijasi


    Yengillik kuch bilan birlashganda: 2025-yilning talabalar uchun mo‘ljallangan to‘rtta ASUS noutbuki 


    Onix 100 million so‘m keshbek aksiyasini qayta yo‘lga qo‘ydi 

     

    Tavsiya etamiz

    Audio Icon

    “U imperiyani qutqarishi kerak edi” Tarixdagi eng yirik va qudratli jangovar kema – Yamato haqida

    15 avgust, 09:15

    Arash mojarosi: bir o‘zbek undan pulini ololmay sarson, boshqasi esa ko‘p pul bermoqda

    14 avgust, 21:02

    “Stalinning barmog‘i” — Zangezur yo‘lagi Ozarbayjon uchun qanchalik muhim?

    14 avgust, 14:19

    Toshkentda issiqlik ta’minoti va issiq suv tariflari yana oshirilishi mumkin

    13 avgust, 09:46
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Ilon Maskning foto va video yaratish uchun mo‘ljallangan neyron tarmog‘i bepul bo‘ldi

    Dunyo | 15 avgust, 23:40

    Ota-onalarga OTM kontraktini to‘lashda beriladigan soliq imtiyozida endi yosh farq qilmaydi

    O‘zbekiston | 15 avgust, 23:35

    Tramp Lukashenko bilan 1300 nafar mahbusni ozod qilishni muhokama qildi

    Dunyo | 15 avgust, 23:20

    Qoraqalpog‘istonni rivojlantirish uchun 200 mln dollargacha xorijiy mablag‘ jalb etiladi

    O‘zbekiston | 15 avgust, 23:07

    Xitoy BMTning Eronga nisbatan zudlik bilan sanksiyalar kiritishiga qarshi chiqdi

    Dunyo | 15 avgust, 22:51

    O‘zbekiston va Qozog‘iston o‘rtasida aviaqatnovlar soni ko‘payadi

    O‘zbekiston | 15 avgust, 22:35

    “Rossiya Ukraina bilan o‘t ochishni to‘xtatishga rozi bo‘lish imkoniyatiga ega bo‘ldi” — Germaniya kansleri

    Dunyo | 15 avgust, 22:18
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.