Indoneziya prezidenti Joko Vidodo Kalimantan junglilarida yangi poytaxt qurish rejasini e’lon qildi, deb xabar beradi “RIA Novosti”.
Jakartadagi ekologik va iqtisodiy muammolar sabab Indoneziya hukumati poytaxtni boshqa joyga ko‘chirish bo‘yicha qaror qabul qilgan. Hozirda shaharning bir qismi yiliga o‘n santimetrdan cho‘kib bormoqda va bu yerda suv toshqinlari xavfi mavjud.
Ma’lum qilinishicha, yangi poytaxt hududida zilzila, sunami, ko‘chkilar va vulqon otilishi kabi tabiiy ofatlar ehtimolligi kam. Biroq hudud o‘rmon yong‘inlaridan zarar ko‘rgan.
Ayrim ekologik tashkilotlar yangi poytaxt tabiatga zarar yetkazishi mumkin deb hisoblamoqda. Atrof-muhitni himoya qilish departamenti loyihaning ekologik jihati ustida ish olib bormoqda va uni noyabrda yakunlaydi. Loyiha ma’qullansa, qurilish 2021-yildan boshlanadi.
Yangi poytaxtni 32,7 milliard dollarga qurish rejalashtirilgan bo‘lib, hozircha unga nom topilmadi.
Izoh (0)