11-avgust, yakshanba kuni “Roma” va “Real” klublari o‘rtasida o‘rtoqlik o‘yini bo‘lib o‘tdi.
Rimdagi “Stadio Olimpiko”da bo‘lib o‘tgan bahsda maydon egalari zafar quchdi.
Uchrashuvning 16-daqiqasida Marselo madridliklarni oldinga olib chiqqan bo‘lsa, 34-daqiqada Diyego Perotti muvozanatni tikladi.
39-daqiqada Kazemiro Marseloning uzatmasini golga aylantirdi. Biroq oradan bir daqiqa o‘tib Edin Jeko yana hisobni tenglashtirdi. Ikkinchi bo‘limda mehmonlar bir qancha imkoniyatlarga ega bo‘ldi, ammo Pau Lopesning seyvlari rimliklarni mag‘lubiyatdan qutqarib qoldi.
Asosiy vaqtda durang qayd etilgach, penaltilar seriyasi belgilandi. Unda omad “Roma”ga kulib boqdi — 5:4.
O‘rtoqlik o‘yini
11-avgust, yakshanba
“Roma” (Italiya) — “Real Madrid” (Ispaniya) 2:2 (2:2, 0:0), penaltilar seriyasi - 5:4
Gollar: 0:1 – 16 Marselo, 1:1 – 34 Perotti, 1:2 – 39 Kazemiro, 2:2 – 40 Jeko.“Roma”: Lopes, Fasio, Florensi (Spinassola, 63), Kolarov, Jezus, Kristante, Pellegrini (Diavara, 62), Dzanyolo (Antonuchchi, 76), Under, Perotti (Klyuyvert, 67), Jeko (Shik, 76).
“Real Madrid”: Kurtua, Karvaxal (Odriosola, 62), Varan, Militao, Marselo, Modrich, Valverde (Vinisius Junior, 46), Azar (Isko, 71), Kazemiro (Kroos, 62), Nacho (Yovich, 46), Benzema (Beyl, 61).
Ogohlantirishlar: Militao (63).
Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @daryo_sport’ga obuna bo‘ling!
Izoh (0)