• Profilga Kirish
  • 1751972643_633.png 1751972643_245.png 1751959824_218.svg 1751959824_520.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12413.79
    • RUB154.86
    • EUR14468.27
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +25°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    Sport

    Sulsher Lempardga qarshi. “Manchester Yunayted”—“Chelsi” to‘qnashuvi haqida

    Angliya Premyer ligasi muxlislarni yangi mavsum starti bilan xursand qilibgina qolmay, balki ilk turdanoq ikki grand jamoani “Old Trafford” uchrashtirib, futbol ahliga katta spektaklni hadya etmoqda. Quyida ushbu uchrashuvga oid qiziqarli ma’lumotlarni birgalikda tanishib chiqishni tavsiya qilamiz.

    Foto: Twitter

    Foto: Twitter

    “Chelsi”

    Yozgi transferlar vaqtida Londonning “Chelsi” klubi ko‘plab o‘zgarishlarni boshdan o‘tkazdi. Jamoani ilk mavsum Yevropa Ligasi g‘olibligiga boshlab borgan Mauritsio Sarri ko‘ch-ko‘ronini ko‘tarib, Turinning “Yuventus”iga o‘tib ketdi. Uning o‘rnini esa klub afsonasi, bir mavsum davomida Chempionship klubi — “Derbi Kaunti”ni boshqargan Frenk Lempard egalladi. “Derbi” Frenk qo‘l ostida Premyer ligaga qaytishiga bir bahya qoldi. Klub so‘nggi bosqichda “Aston Villa”ga imkoniyatni boy berib, yo‘llanmadan quruq qoldi. Bundan tashqari “aristokratlar” uchun eng katta yo‘qotish — Eden Azarning “Real”ga o‘tib ketishi bo‘ldi. 28 yoshli belgiyalik futbolchi so‘nggi mavsumlarda klubning yaqqol yetakchisiga aylanganini ko‘rsata olgandi. Endi esa London klubi asosiy yulduzi va yetakchisisiz hujumdagi muammolarni hal etishi kerak bo‘ladi.

    Frenk Lempard esa uning uchun eng asosiysi — jamoaga sodiq qolish ekanligini ta’kidlashdan charchamayapti. Agar futbolchi klubda asosiy tarkib uchun kurashishni xohlamaydimi, u bemalol ketishi mumkin. Gap kim haqida ketayotganligini bildingiz — David Luis. Transferlar oynasining so‘nggi kuni braziliyalik himoyachi Londonning boshqa bir klubi “Arsenal”ga o‘tib ketdi. Lempard esa uning ketishiga hech qanday qarshilik ko‘rsatmadi. Endi esa “Chelsi”da bir necha yillardan beri o‘zini ko‘rsatish imkoniyatidan mahrum bo‘lib kelgan Kurt Zuma Luisning yo‘qligini bildirmaslikka harakat qiladi. Har holda fransuz “Everton”dagi o‘yinlari orqali bunga yetarli darajada qodirligini ham ko‘rsata oldi.

    “Manchester Yunayted”

    “Qizil iblislar” murabbiy borasida hech qanday o‘zgarishlarni amalga oshirgani yo‘q. Mankunianlar rahbariyati Ole-Gunnar Sulsherga ishonishda davom etishini ma’lum qildi. Va bu ishonchini yozgi transferlar oynasida ham namoyish etdi. Jumladan, “qizillar” o‘z safini Aaron Uan-Bissaka, Harri Maguayr kabi qimmatbaho himoyachilar bilan to‘ldirib oldi. Sulsher “Liverpul”da Virjil van Deyk himoyani qanday tartibga solgan bo‘lsa, Maguayrning ham Manchesterda shunday ish qila olishiga ishonmoqda. Buni esa vaqt ko‘rsatishi tabiiy hol. Van Deyk allaqachon o‘ziga sarlangan millionlarni oqlab yubordi. Maguayr esa bosimni yengib o‘tgan holda, niderlandiyalikdan qolishmasligini isbotlashga harakat qiladi.

    “Yunayted” transferlar oynasining so‘nggi kunida Romelu Lukakuni “Inter”ga sotib yubordi. Ammo klub uning o‘rniga biror hujumchini sotib olmadi. “Qizil iblislar” Markus Reshford hamda Antoni Marsial belgiyalik hujumchining yo‘qligini bildirmasligiga ishonmoqda.

    Taxminiy tarkiblar

    Foto: Twitter

    Foto: Twitter

    “Manchester Yunayted”: De Xea — Uan-Bissaka, Lindelyof, Maguayr, Shou — Maktominey, Pogba — Jeyms, Lingard, Marsial — Reshford

    “Chelsi”: Kepa — Aspilikueta, Zuma, Kristensen, Emerson — Jorjinyo, Kante — Pedro, Maunt, Pulishich — Jiru.

    O‘ynamaydi: Bayi, Sanches — Loftus-Chik, Hadson-Odoi.

    So‘roq ostida: Pogba — Ryudiger, Villian.

    Qiziqarli ma’lumotlar

    1. “Manchester Yunayted” barcha musobaqlar doirasida so‘nggi 6 ta o‘yindan beri o‘z maydonida “Chelsi”ga mag‘lub bo‘lmadi;
    2. APLning so‘nggi 5 ta o‘yinida “Manchester Yunayted” g‘alaba nimaligini bilmadi;
    3. “Manchester Yunayted” APLda mavsumni 26 marta o‘z maydonida boshlagan. Shundan faqat bitta o‘yinda (2014/15-yilgi mavsum “Suonsi”ga) mag‘lub bo‘lgan. 19 ta o‘yinda g‘alaba, 6 ta o‘yinda esa durang;
    4. “Chelsi” va “Yunayted” APLda mavsum debyutidagi o‘yinlarni eng ko‘p yutgan ikki klub hisoblanadi. “Qizil iblislar”da 18 ta, “aristokratlar”da esa 17 ta g‘alaba;
    5. Bu “Manchester Yunayted” hamda “Chelsi” uchun avval klubda o‘ynagan futbolchilarning endilikda murabbiy sifatida bir-biriga qarshi ilk o‘yini bo‘ladi. Sulsher—Lempard.
    6. “Chelsi” “qizil iblislar” ustidan “Old Trafford”da 6 marta g‘alaba qozongan. Har oltitasida ham London klubini har xil murabbiy boshqargan.

    Murabbiylar o‘yindan oldin

    Foto: Twitter

    Foto: Twitter
    Men Frenk Lempardning bizga qarshi o‘ynamasligidan xursandman. Agar u o‘ynaganida, albatta, gol urgan bo‘lardi (kuladi). Men unga har qanday murabbiyga bo‘lgani kabi munosabat bilan yondashaman. Endi biz o‘yinchi emas, balki murabbiylarmiz.Ole-Gunnar Sulsher, “Manchester Yunayted” bosh murabbiyi

    Foto: Twitter

    Foto: Twitter
    Klubdagi vazifalarimdan biri — atmosferani his qilib, kerak bo‘lgan vaqtda zarur so‘zlarni topa olishdan iborat. Ayni damda taktika borasida ishlarimiz yakuniga yetdi. Endi hammasi uni amalga oshirish va ishga bo‘lgan munosabatni shakllantirishdan iborat. Hammasi jamoaviy mehnatga bog‘liq.

    Frenk Lempard, “Chelsi” bosh murabbiyi

    APL

    1-tur

    11-avgust, yakshanba

    “Manchester Yunayted”—“Chelsi” 20:30

    Hakam: Entoni Teylor

    Asror Abdunazarov tayyorladi.

    11.08.2019, 16:58   Izoh (0)   19839
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    Superliga. “Paxtakor” “Buxoro”ni yirik hisobda yengdi, OKMK Namanganda g‘alabaga erishdi

    10.08.2019, 22:17

    “Milan” Susoning narxini ma’lum qildi

    10.08.2019, 21:47

    Superliga. “Lokomotiv” so‘nggi daqiqadagi gol evaziga mag‘lubiyatdan qutulib qoldi, “Dinamo” esa autsayderga mag‘lub bo‘ldi

    10.08.2019, 20:51

    “Bavariya” JCh—2018 vitse-chempionini o‘z safiga qo‘shib oladi

    10.08.2019, 20:40

    Katta transferlarni amalga oshirgan “Arsenal” ikki futbolchisini sotib yuboradi

    10.08.2019, 19:28

    “Real” hujumchisi A Seriya klubiga o‘tishi mumkin

    10.08.2019, 18:42
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    Kelajak – bugungi qilgan harakatingiz samarasidir. O‘zingizga ishonch esa har qanday yutug‘ingizning boshlanishi 


    HONOR talabalarni qo‘llab-quvvatlovchi aksiyani e’lon qildi 


    Pepsi Taste Challenge 2025: Pepsi yana oldinda — O‘zbekistonda 59,28% ovozga sazovor bo‘ldi 


    Universalbank o‘zini o‘zi band qilgan fuqarolar uchun yangi “Mikrokredit 300 ”ni ishga tushirdi 


    HAVAL O‘zbekistonda yangi modellarni namoyish etdi: HAVAL H6 Facelift va HAVAL H9 taqdimot kechasi


    “Biznesni rivojlantirish banki” 1 trln 273 mlrd so‘mlik ipoteka krediti ajratdi


    UZTELECOM simli internetni modernizatsiya qilmoqda: abonentlar GPON va FTTx orqali 100 Mbit/s dan yuqori tezlikka ega bo‘ladilar


    Kapitalbank va Korporativ sport assotsiatsiyasi hamkorlik memorandumini imzoladi


    Smart Business O‘zbekistonda UZCARD va Humo kartalarini qabul qilish uchun yagona yechimni taqdim etadi 


    Imzo Glass mahsulotlari Buyuk Britaniyaga eksportga yuborildi


    Mobiuz Andijon, Namangan va Farg‘ona viloyatlarida 5G ning yangi imkoniyatlarini ochmoqda


    “Trastbank” kichik biznesni rivojlantirish uchun 1 mlrd so‘mgacha kredit taklif etadi


    Accor Toshkentda Swissôtel Tashkent ochilishini nishonlamoqda, shveysariya uslubidagi hashshamatni O‘zbekiston poytaxtiga olib kelmoqda


    BI Group O‘zbekistonda turar joy binosining zilzilabardoshligini ochiq sinovdan muvaffaqiyatli o‘tkazdi


    Uzbekistan Airways bilan Istanbulga foydali parvoz qiling!

     

    Tavsiya etamiz

    Yahudiylarning “Tarixiy vatan” va “Buyuk Isroil” haqidagi puch da’volari: Falastin aslida kimga tegishli?

    23 avgust, 13:22

    “Rusning sharmandali blitskrigi”. Urush taqdirini belgilab bergan Kiyev jangi qanday yakunlangan edi?

    22 avgust, 20:08

    Islom Karimovning sobiq matbuot kotibi “Otamdan qolgan dalalar” filmi taqiqlanish sababini oshkor qildi

    21 avgust, 11:58

    Turkiyada oyoq suyaklarini sindirib, bo‘yni o‘stirish operatsiyasi ommalashmoqda (foto)

    21 avgust, 11:52
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    NASA hamkorligida yaratilgan sun’iy intellekt Quyoshdagi chaqnashlarni 2 soat oldin prognoz qila oladi

    Dunyo | 23 avgust, 22:50

    “AQSH bosimiga qarshi birdammiz”: Xitoy Hindistonni qo‘llab-quvvatladi

    Dunyo | 23 avgust, 22:10

    Superliga. “Nasaf” “Surxon”dan ustun keldi, “OKMK” “Xorazm” darvozasiga 3 ta gol kiritdi

    Sport | 23 avgust, 21:50

    Xitoyda ko‘prik qulashi oqibatida 12 nafar ishchi halok bo‘ldi (video)

    Dunyo | 23 avgust, 21:35

    Rauf Parfi, Muhammad Yusuf va boshqa marhum ijodkorlar ordenlar bilan mukofotlandi

    O‘zbekiston | 23 avgust, 21:11

    Muftiy Nuriddin Xoliqnazarov “Oliy darajali imom Buxoriy” ordeni bilan taqdirlandi

    O‘zbekiston | 23 avgust, 20:46

    Ispaniyadagi plyajlar zaharli va noyob shilliqqurt sabab yopildi

    Dunyo | 23 avgust, 20:10
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.