Professional boksning ikkinchi yarim yengil (-55,34 kg) vazn toifasi vakili o‘zbekistonlik Murodjon Ahmadaliyev (6 ta g‘alaba, 5 ta nokaut) 13-sentabr kuni AQShning Nyu-York shahrida ikki yo‘nalish chempioni bo‘lib turgan Daniel Romanga qarshi chempionlik jangida ishtirok etadi. Bu haqda Olamsport xabar qildi.
Ta’kidlash joiz, bir muddat avval ushbu jang huquqiga egalik qilish bo‘yicha promouterlar o‘rtasida o‘tkazilgan savdoda Murodjon Ahmadaliyevning ishini yurituvchi “Mir Boksa” kompaniyasi g‘olib chiqqandi.
Ma’lum bo‘lishicha, Andrey Ryabinskiyga tegishli kompaniya oldida jangni o‘tkazish uchun uchta shahar varianti mavjud edi. Ular — Los-Anjeles (19-sentabr), Toshkent (21-sentabr) va Sankt-Peterburg (28-sentabr). Lekin yakunda chempionlik jangi uchun 13-sentabr sanasi va Nyu-York shahri tanlangan.
Bu haqda bokschining o‘zi esa quyidagilarni ma’lum qilgan:
Jang sanasi ham aniq bo‘ldi. 13-sentabr kuni Nyu-Yorkda ikkita chempionlik kamari uchun jang o‘tkaziladi. Ushbu jangning Toshkentda o‘tkazilishini juda ham istagandik. Lekin yakunda Nyu-York varianti ma’qullandi. Mayli, eng muhimi men chempionlik jangida ringga chiqaman.Murodjon Ahmadaliyev, bokschi
Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @daryo_sport’ga obuna bo‘ling!
Izoh (0)