“Chelsi” sobiq himoyachisi Gari Keyxill “Kristal Pelas” o‘yinchisiga aylandi. Bu haqda klub rasmiy sayti xabar berdi.
33 yoshli futbolchi londonliklar bilan ikki yillik shartnoma imzoladi.
Keyxill kelishi bilanoq “Kristal Pelas”ning yangi mavsum uchinchi libosi namoyishida qatnashdi. Libos oq rangda bo‘lib, ko‘k hoshiyaga ega qizil dioganal chizig‘i bor.
Eslatib o‘tamiz, mazkur yozda Keyxill erkin agent maqomida “Chelsi”ni tark etdi. U ortda qolgan mavsum Angliya chempionatida bor-yo‘g‘i 2 ta o‘yin o‘tkazdi.
Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @daryo_sport’ga obuna bo‘ling!
Izoh (0)