“Manchester Yunayted” Harri Maguayrni “Lester”dan 80 million funt evaziga sotib oldi. Bu haqda klub rasmiy sayti xabar berdi.
Maguayr bilan 6 yillik shartnoma imzolandi. U Manchester klubida yiliga 4,5 million funt atrofida maosh oladi.
Shu tariqa Harri futbol tarixidagi eng qimmat himoyachiga aylandi.
Ma’lumot uchun, Harri o‘tgan mavsum Angliya Premyer ligasida 31 ta o‘yin o‘tkazib, 3 ta gol urishga erishdi.
Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @daryo_sport’ga obuna bo‘ling!
Izoh (0)