• Profilga Kirish
  • 1744009905_435.svg 1744009905_642.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12694.97
    • RUB161.6
    • EUR14878.5
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +35°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    Sport

    “Arsenal” 80 mln yevroga sotib olgan Nikolya Pepe haqida

    Fransiya chempionatini diqqat bilan kuzatib bormaydigan inson Nikolya Pepe kimligini bilishi va yil davomida grand klublar uning uchun 80 million yevro taklif qilganini tushunishi juda qiyin, albatta. Undan ham kutilmagani, Yevropa Chempionlar Ligasi yo‘llanmasidan quruq qolgan va tejamkorlikka e’tibor qaratishi kutilgan “Arsenal” shuncha pul sarfladi.

    Foto: Getty Images

    Foto: Getty Images

    Endi esa Unai Emeri bir xarid bilan jamoa hujum chizig‘ini Angliya Premyer ligasidagi eng kuchlilaridan biriga aylantirishi mumkin. Ishonmaysizmi? Keling, Nikolya bilan yaqindan tanishib olamiz:

    Nikolya Pepe kim o‘zi?

    U butun Fransiya chempionati, shu jumladan PSJni ham yanchib tashlagan futbolchi. Pepe – bir mavsumlik o‘yinchi emas, u avval ham yaxshi o‘yin ko‘rsatgan. U deyarli mukammal darajadagi hujumkor futbochi bo‘lgan. Pepe o‘tgan mavsum 41 ta o‘yinda ishtirok etib, 36 ta golda qatnashdi (22+14) va to‘purarlar poygasida faqat Kilian Mbappedan ortda qoldi. Qizig‘i, PSJ ham Pepega da’vogarlardan biri edi va vinger hammasidan ko‘proq Parijga ketishni maqsad qilgandi. Biroq arab shayxlari uchun ham uning narxi qimmatlik qildi.

    Ma’lum shart bilan “Lill” futbolchisiga Fransiya chempionatining o‘tgan mavsumdagi eng yaxshi o‘yinchisi maqomini berish mumkin. Uning harakatlari hayron qoldirmay qo‘ymaydi. Raqibning ikki-uch futbolchisini aldab o‘tish Pepe uchun muammo emas (har bir o‘yinda o‘rtacha 2,7 dribling – Liga 1 dagi beshinchi ko‘rsatkich).

    U ikki-uchta uzatma bilan darvozabon bilan yuzma-yuz kelishi va vaziyat taqdirini hal qilish imkoniyatiga ega. Fransiyalik ekspertlarning fikricha, Eden Azar davridan buyon “Lill”da bu darajadagi kuchli futbolchi bo‘lmagan.

    Nikolyaning sevimli ishi – markaz tomon harakatlanish. U “Liverpul”dagi Sadio Manega juda o‘xshab ketadi. Faqat boshqa qanotda to‘p suradi. U “Arsenal”da Lyakazett—Obameyang duetini to‘ldiradi. Salohiyatlarni hisoblab chiqqanda bu uchlik hozirda Yurgen Klopp qo‘l ostidagi “trio”ga juda o‘xshab ketadi.

    Foto: Getty Images

    Foto: Getty Images

    Umuman olganda, “Arsenal” o‘z safiga mukammal zamonaviy vingerni qo‘shib oldi. U hujumda ham, himoyadagi pressingda ham juda yaxshi harakat qiladi.

    Futbolchining tarjimayi holi haqidaYoshligida Pepe hech qachon katta iqtidor sifatida e’tirof etilmagan. Uning futboldagi yo‘li Fransiyaning 5-divizioni vakili “Puate” klubida boshlangan. 2013-yilda u “Anje” tizimiga o‘tgan. Albatta, avvaliga uchta liga yuqorida to‘p suruvchi jamoaga moslashib ketish oson kechmadi. Dastlab Nikolya to‘rtinchi divizionda harakat qiladigan “Anje”ning ikkinchi jamoasida harakat qildi, Liga 2 o‘yinlarida esa ora-orada zaxiradan maydonga tushib turardi.

    Uning faoliyatida 2015/16-yilgi mavsum muhim rol o‘ynadi, o‘sha mavsum ivuarlik futbolchi uchinchi liga vakili “Orlean”da ijara asosida to‘p surdi. Pepe yuqori ligaga yo‘l olgan jamoaning haqiqiy yetakchisiga aylandi. Bunga parallel ravishda “Anje” ham oliy ligaga yo‘l olgan va Liga 1 da debyut qilish imkoniyatiga ega bo‘lgandi.

    “Lill” 2017-yilning yozida hujumchini 10 million yevro evaziga sotib oldi. Oliy divizionning 33 ta o‘yinida 3 ta gol va 1 ta golli uzatmaga muallif bo‘lgan futbolchi uchun 10 million to‘layotganda klub nimani o‘ylagan edi? O‘sha payti bu savolni juda ko‘pchilik bergandi. Bir yarim yildan so‘ng uning narxi kamida to‘rt barobarga oshib ketishini o‘sha payt kim ham o‘ylabdi...Avvaliga yangi klubida Pepega oson bo‘lgani yo‘q. Marselo Belsa negadir uni markaziy hujumda o‘ynatdi, Pepe esa noyabrga qadar gol ura olmadi. Barchasi “Lill” boshqaruviga Kristof Galte kelganidan keyin o‘zgardi.

    Foto: Getty Images

    Foto: Getty Images

    “Sent-Etyenn” sobiq ustozi Pepeni o‘ng qanotga qaytardi, afrikalik futbolchi esa unga ajoyib harakatlari bilan minnatdorchilik bildirdi. “Lill” Liga 1 ni tark etish arafasida turgandi, biroq Pepe tomonidan amalga oshirilgan 13 ta gol va 5 ta samarali uzatma jamoani qutqarib qoldi. Endi bu yigit “Lill”ni Yevropa Chempionlar Ligasiga olib chiqdi.

    Pepega nima yetishmaydi?

    Tabiatan Pepe juda iqtidorli. Ammo u kuchli liga va musobaqalarda ishtirok etmagan. Shu sabab, u ba’zida keraksiz paytda darvoza tomon zarba beradi, ba’zida esa noo‘rin vaziyatda driblingga kirishadi. Qo‘shimchasiga, Nikolya jamoaviy o‘yinchi emas: gohida u sheriklariga umuman e’tibor bermaydi va yakka o‘zi raqib bilan kurashga kirishadi.

    Buning oqibati o‘laroq, Pepe Fransiya chempionatida to‘pni yo‘qotish bo‘yicha yetakchi hisoblanadi. (har bir o‘yinda o‘rtacha 2,9 marta). Biroq shu bilan birga, unga nisbatan Neymar va Mbappega qaraganda ko‘proq qo‘pollik ishlatiladi.

    Foto: Getty Images

    Foto: Getty Images

    Angliyaga moslashish uchun Pepega vaqt kerak bo‘ladi. Obameyang ham Fransiya chempionatida o‘ynagan, biroq keyin Bundesligada tajriba orttirgan. Lyakazett esa Chempionlar Ligasida yetarli ko‘nikmani olgan. Pepe o‘z kamchiliklarini tezda yo‘qotishi kerak. Qiyin tomoni Nikolya bu ishni o‘zi uchun odatiy bo‘lmagan sharoitda amalga oshirishi kerak.

    Bu “Arsenal” uchun yaxshi xaridmi?

    Bir qaraganda – ha. Amaliyotda Pepeda yetarli kamchiliklar bor. Bu yerda ikkita variant bor: u bora-bora yorqin o‘yin namoyish qiladi yoki bir-ikki yildan keyin boshini quyi solgan holda “Arsenal”ni tark etadi. Bunday hodisa Jervinyo bilan bo‘lgandi. U ham “Lill” klubidan kelgan ivuarlik futbolchi edi.

    “Arsenal” Pepe uchun talab qilingan pulni to‘rt yil mobaynida to‘lab beradi. Shunday ekan, londonliklar qo‘rqmasdan yana bir-ikki nafar futbolchi bilan o‘z saflarini kuchaytirib olishlari mumkin bo‘ladi.

    Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @daryo_sport’ga obuna bo‘ling!

    06.08.2019, 11:10   Izoh (0)   20083
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    OKMK transfer oynasi yopilishi arafasida “Paxtakor” futbolchisini o‘z safiga qo‘shib oldi

    06.08.2019, 11:07

    “Chelsi” sobiq himoyachisi Londonning boshqa klubi bilan shartnoma imzoladi

    06.08.2019, 10:06

    “Manchester Siti” va “Yuventus” futbolchilarini almashtiradigan bo‘ldi

    06.08.2019, 09:51

    Fotomaqola: Yaponiya 2020-yilgi Olimpiada o‘yinlariga qanday tayyorgarlik ko‘rmoqda?

    05.08.2019, 17:46

    “Manchester Yunayted” 80 mln funtga himoyachi sotib oldi

    05.08.2019, 16:46

    “Liverpul” darvozaboni klubni tark etdi

    05.08.2019, 11:05
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    Qayerga investitsiya kiritish mumkin? Qanday aktiv turlari mavjud? 


    Kapitalbank investitsiyalari – O‘zbekiston yoshlari kelajagiga sarmoya


     Navoiy innovatsiyalar universiteti: zamonaviy bilim sari ishonchli qadam 


    Qashqadaryoning Chimyoni – Miraki haqida siz bilmagan faktlar


    Faqat tekshirilgan foydalanuvchilar: nima uchun to‘lov ilovalari  shaxsni tasdiqlashni so‘raydi


    Fitch Ratings “Biznesni rivojlantirish banki” ATB kredit reytingini oshirdi 


    Qashqadaryo va Buxoroda amalga oshirilgan quyosh energiyasi loyihalariga 1 yil to‘lishi munosabati bilan rasmiy tadbir bo‘lib o‘tdi


    BI Group va Asakabank O‘zbekistonda tijorat ko‘chmas mulki uchun biznes ipotekasini ishga tushirdi


    Yoz osmonning o‘zidayoq boshlanadi: Silk Avia Toshkentdan Issiqko‘lga kunlik aviaqatnovlarni yo‘lga qo‘ymoqda


    “Kia Go!”: Kia Sonet egalarining uchrashuvi – yil davomida birga


    Toshkentda Sting brendi homiyligida "Formula-1" filmining premyerasi bo‘lib o‘tdi


    “AloqaBank” yoshlar bilan ishlashga oid dasturlarni kengaytirmoqda


    Toshkent va Bangkok o‘rtasida to‘g‘ridan-to‘g‘ri aviaqatnov: Centrum Air yangi xalqaro yo‘nalishni ishga tushiradi 


    NRG Uzbekistan zamonaviy va keng majmua — Maftun Makon turar joy mavzesini qurish bo‘yicha ulkan loyihani amalga oshirmoqda


    “Kia Go!”: Kia Sonet egalarining uchrashuvi – yil davomida birga

     

    Tavsiya etamiz

    NATO tarixi – dunyodagi eng qudratli harbiy tashkilotning obro‘si pasaymoqdami?

    26 iyun, 20:31
    Audio Icon

    Joy hammaga yetardi: Jeyms Kemeronga ko‘ra, “Titanik” yo‘lovchilarining omon qolish imkoniyati bo‘lgan

    25 iyun, 23:50

    “Trampning Titanigi to‘xtaydi” — Eron elchisi

    25 iyun, 13:39

    AQSHning Yaqin Sharqdagi harbiy bazalari soni nechta va qayerda joylashgan?

    24 iyun, 19:05
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Falastin tinchlikka erishish uchun AQSH va Saudiya Arabistoni bilan hamkorlik qilmoqda

    Dunyo | 1 iyul, 18:35

    Fitch Ratings “Biznesni rivojlantirish banki” ATB kredit reytingini oshirdi

    Reklama | 1 iyul, 18:00

    Buxorodagi bog‘chada tarbiyachi bolalarni ayovsiz kaltakladi (video)

    O‘zbekiston | 1 iyul, 18:20

    Tailand Konstitutsiyaviy sudi mamlakat bosh vazirini vaqtincha lavozimidan chetlatdi

    Dunyo | 1 iyul, 18:10

    O‘lim bilan yuzma-yuz: og‘ir kasalliklarni yengib hayotgan qaytgan Gollivud yulduzlari

    Kino | 1 iyul, 18:01

    Sun’iy yo‘ldosh tasvirlari Eron yadroviy obyektlarida ishlar davom etayotganini ko‘rsatdi (foto)

    Dunyo | 1 iyul, 17:45

    NRG Uzbekistan zamonaviy va keng majmua — Maftun Makon turar joy mavzesini qurish bo‘yicha ulkan loyihani amalga oshirmoqda

    Reklama | 1 iyul, 16:30

    Turkiyaning deportatsiya markazlaridan 50 nafar ayol O‘zbekistonga qaytariladi

    O‘zbekiston | 1 iyul, 17:35

    Garvard universiteti yahudiy talabalarning fuqarolik huquqlarini buzgan — Oq uy

    Dunyo | 1 iyul, 17:05

    Pep Gvardiola yozda “Manchester Siti”ni tark etishi mumkin bo‘lgan futbolchilar haqida gapirdi

    Sport | 1 iyul, 16:59
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.