Xitoy janubidagi Guychjou provinsiyasida ko‘mir shaxtasida portlash sodir bo‘ldi, deb xabar bermoqda “TASS”. Oqibatda 4 kishi halok bo‘lgan, 3 kishi vayronalar ostida qolgan.
Qayd etilishicha, hodisa 31-iyulda mahalliy vaqt bilan soat 16:00 larda sodir bo‘lgan. Rasmiy xabarlarga ko‘ra, portlashga gazning sizib chiqishi sabab bo‘lgan.
Soat 08:30 larga qutqaruvchilar bir nafar konchini qutqargan. Qolgan konchilarni qidirish davom etmoqda. Huquq-tartibot organlari hodisa tafsilotlarini o‘rganmoqda.
Izoh (0)