Rossiya prezidenti Vladimir Putinni “quvib yuborish” maqsadida piyoda Moskvaga yo‘l olgan yoqutistonlik shaman Aleksandr Gabishev besh oydan buyon o‘z maqsadi tomon harakatlanmoqda, deb xabar beradi “Liga.Novosti”.
Gabishev Putinni “qora kuchlar samarasi”, “tabiat yomon ko‘radigan iblis” deb va uni quvib yuborish uchun jangchi-shamanning kuchi kerakligini ta’kidlamoqda.
“U bor joyda falokat va teraktlar ham bor. U o‘zga sayyoralik. Bizlardan emas. Yerlik emas. Uning atrofidagilar — adashganlar. Xalqning yarmini adashtirgani sabab uning ikkinchi ismi — Lukaviy. U bu borada juda kuchli”, — deydi Gabishev.
Shamanning so‘zlariga ko‘ra, Xudo unga Kremlga piyoda borishni buyurgan. 6-mart kuni yo‘lga chiqqan Gabishev 2021-yilning avgustida Kremlga yetib borishni rejalashtirgan.
Izoh (0)