Shimoliy Koreyada yirik kalibrli yangi turdagi boshqariluvchi reaktiv snaryad sinovdan o‘tkazildi, deb xabar beradi “Gazeta.ru”.
Mavjud ma’lumotlarga ko‘ra, sinov 31-iyul kuni mamlakat yetakchisi Kim Chen In boshchiligida o‘tkazilgan. Muhandislar, olimlar va KXDR rasmiylari ushbu sinovni hayajon va g‘urur bilan qabul qilgan.
Ta’kidlanishicha, yangi turdagi snaryad yer ustida amalga oshiriladigan harbiy operatsiyalarda muhim rol o‘ynaydi.
Janubiy Koreya KXDR yangi raketa sinovini o‘tkazgani sababli 31-iyulda Milliy xavfsizlik Kengashining favqulodda yig‘ilishini chaqirgan.
Izoh (0)