Rossiya Mudofaa vazirligi “harbiy internet”ni sinovdan o‘tkazdi, deb xabar beradi “Gazeta.ru”.
Ta’kidlanishicha, sinov vaqtida Rossiya Markaziy harbiy okrugiga qarashli, orasidagi masofa 2 ming kilometrdan yuqori bo‘lgan dala boshqaruv punktlari o‘rtasida o‘zaro ma’lumotlar almashilgan. Ushbu holatda ma’lumotlar almashinuvi tezligi 300 megabit/soniyani tashkil etgan. Buning uchun maxsus texnikalar, shuningdek, 1,5 mingdan ortiq shifrlash va aloqa vositalaridan foydalanilgan.
“Yaratilgan tarmoq to‘liq avtonom bo‘lib, ‘tashqi’ internet bilan bog‘lovchi trafik almashish nuqtasiga ega emas”, — deyiladi xabarda.
Aniqlik kiritilishicha, sinov vaqtida katta hajmdagi fayllar, jumladan, video va audiolar ham uzatilgan.
Izoh (0)