Eron hukumati milliy valyuta – rialni denominatsiya qilish va nomini o‘zgartirish bo‘yicha rejani ma’qulladi, deb xabar beradi BBC.
“Bugun Vazirlar Mahkamasi milliy valyutamizdan to‘rtta nolni olib tashlash va uning nomini tumanga o‘zgartirish bo‘yicha qarorni qabul qildi”, — deydi Eron hukumati vakili Ali Rabiy.
Eron markaziy banki o‘z rejasini yanvar oyi boshida taqdim etgandi.
Eron Donald Tramp Amerika ma’muriyati boshqaruviga kelgach, Vashington tomonidan joriy qilingan iqtisodiy jazo choralari bois, valyuta inqirozini boshdan kechirmoqda.
Eron pul birligi rialning 1 dollarga nisbatan qadri 2015-yilgi 32 ming rialdan, sanksiyalar joriy qilingach, bugungi kunda 120 000 rialgacha ko‘tarilib ketdi.
Bu o‘z navbatida pul qadrsizlanishiga olib keldi. Mamlakatdagi narx-navo, jumladan, oziq-ovqat va dori-darmonlar qimmatlashdi. Aksar fuqarolar do‘konlarda u-bu xarid qilishga 1 million rialdan ko‘p sarflamoqda.
Izoh (0)