Ruminiya prezidenti Klaus Yoxannis Buxarestda kommunizm dahshatlari muzeyini tashkil qilish haqidagi qonunni imzoladi.
Muzey parlament saroyida joylashadi va davlat budjetidan moliyalashtiriladi.
Unda Ruminiyaning 1945—1989-yillardagi ijtimoiy-iqtisodiy va madaniy hayoti bor bo‘yicha aks etishi rejalashtirilgan.
Muzey tashkil etilishidan ko‘zda tutilgan maqsad kommunistik tuzumning jinoyatlari, uni qabul qilmaganlarga qarshi qo‘llangan qiynoqlar haqida jamoatchilikni xabardor qilishdan iborat ekanligi aytilmoqda.
Izoh (0)