O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi PR-markaziga rahbar tayinlandi. Bu haqda agentlik saytida ma’lum qilindi.
Investitsiya va tashqi savdo vazirligi huzuridagi Xorijiy investitsiyalarni jalb qilish agentligi direktorining sobiq o‘rinbosari Akrom Muhamatqulov endilikda PR-markaz faoliyatini boshqaradi.
U “Buyuk Kelajak” XNNTning davlat boshqaruvi yo‘nalishida eksperti, Migratsiya siyosatini rivojlantirish xalqaro markazida mas’ul lavozimda, shuningdek, Xenli end Partners kompaniyasida davlat organlariga maslahat berish bo‘yicha katta maslahatchisi sifatida faoliyat ko‘rsatgan.
Akrom Muhamatqulov Vena Diplomatiya Akademiyasi (DA Wien), Markaziy Yevropa universiteti (CEU) hamda Markaziy Osiyodagi Amerika universitetilarini (AUCA) tamomlagan.
Ma’lumot uchun, PR-markaz rahbari xorijiy ommaviy axborot vositalari, ijtimoiy tarmoqlar, media-maydonlar, forumlar, anjumanlarda O‘zbekistonda amalga oshirilayotgan islohotlarning keng yoritilishini ta’minlash; strategik kommunikatsiya, ommaviy nashr va mamlakatning ijobiy imidjini shakllantirish; milliy brendni faol targ‘ib qilish va tanitish; shuningdek, O‘zbekistonning investitsiya va sayyohlik salohiyatini mustahkamlashga mas’ul bo‘ladi.
Izoh (0)